Mavzu: Umurtqasizlar. Qorinoyoqli malyuskalar sinfi. Reja: Umurtqasizlar. Qorinoyoqli malyuskalar sinfi



Yüklə 411,06 Kb.
səhifə4/4
tarix06.01.2022
ölçüsü411,06 Kb.
#51059
1   2   3   4
Umurtqasizlar Qorinoyoqli malyuskalar sinfi

Hayvonlar, hayvonot dunyo-s i (AshtaNa) — organik olam sistemasidagi yirik boʻlimlardan biri. H.ning bundan 1 — 1,5 mlrd. yil ilgari okean suvida mikroskopik, xlo-rofillsiz amyobasimon xivchinlilar shaklida paydo boʻlganligi taxmin qilinadi. H.ning eng qad. qazilma qoldiqlari yoshi 0,8 mlrd. yildan oshmaydi. Koʻp hujayrali H. — boʻshliq-ichlilar, chuvalchanglar, tuban boʻgʻim-oyoqlilarnpnt dastlabki qoldiqlari soʻnggi kembriy qatlamlaridan boshlab (mil.dan 690—570 mln. yil av.) uchraydi. Kembriy davri boshlarida (mil.dan 570—490 mln. yil av.) tashqi mineral skeletli (chigʻanoqli yoki xitinli) dengiz umurtqasizlarining koʻpchilik guruxlari (trilobitalar, jabraoyoqlilar, mollyuskalar, arxeotsiatlar) rivojlangan. Kembriyning oxirida tashqi skeletga ega boʻlgan umurtqasizlar (toʻgarak ogʻizlilartsht qadimgi ajdodlari) kelib chiqqan. Silurda (mil.dan 445—400 mln. yil av.) H. oʻsimliklar bilan bir vaqtda quruqtik yuzasini egallay boshlaydi. Silurning keyingi davrida, dastlabki chayonlar, devon oxiridan boshlab (mil.dan 400—345 mln. yil av.) dastlabki quruqlikda yashovchi umurtqa-lilar — suvda hamda quruqlikda yashovchilar rivojlangan. Karbon davrida (mil.dan 345—280 mln. yil av.) quruqlikda umurtqasizlardan hasharotlar, umurtqalilardan tuban tuzilishga ega boʻlgan sudralib yuruv-chilar va suvda hamda quruqlikda yashovchilar, Mezozoyning trias, yura va boʻr davrlarida (mil.dan 230—66 mln. yil av.) sudralib yuruvchilar hukmronlik qilgan. Trias oʻrtalarida (mil.dan 230—195 mln. yil av.) di-nozavrlar, bu davr oxirida sut emi-zuvchilar kelib chiqqan. Qushlar yura davrining oxiridan (mil.dan 195— 136 mln. yil av.) maʼlum. Boʻr davrining oxiriga kelib (mil.dan 136— 66 mln. yil av.) koʻpchilik dengiz umurtqasizlari, dengiz va quruqlikda yashovchi sudralib yuruvchilar, jumladan. dinozavrlar qirilib ketadi; ular oʻrnini qushlar va sut emizuv-chilar egallaydi.

H. — geterotrof organizmlar, yaʼni ular tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi. H.da metabolizm faol kechishi tufayli ularning oʻsishi cheklangan. Evolyutsiya jarayonida har xil organlar funksional sistemasi: mus-kul, ayirish, nafas olish, qon aylanish, jinsiy va nerv sistemalarining shakllanishi H. uchun xos boʻlgan eng muhim xususiyatlardan hisoblanadi. Hayvonlar hujayrasi qattiq sel-lyuloza qobiqning boʻlishi bilan oʻsimliklardan farq qiladi. Biroq H. bilan oʻsimliklar oʻrtasidagi farq nisbiy. Mas, bir hujayrali hayvonlarning muskul, nerv va boshqa sistemalari boʻlmaydi; koʻp hujayrali hayvonlar orasida ham oʻtroq yashaydiganlari koʻp (mas, gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, mshankalar, assidiyalar, koʻp tukli chuvalchanglar). Ayrim organizmlarni oziqlanish usuli (fotosintez) va harakatlanishiga binoan bir vaqtning oʻzida H.ga ham, oʻsimliklarga ham kiritish mumkin (mas, evglenasimonlar, volvokslar va boshqalar). H. bilan oʻsimliklar oʻrtasida keskin chegaraning boʻlmasligi ularning kelib chiqishidagi umumiylik bilan bogʻliq. H. va oʻsimliklarning hujayralardan tuzilganligi, ular tanasida boradigan moddalar almashinuvi jarayonining umumiyligi, irsiyat va oʻzgaruvchanlik qonuniyatlarining oʻxshashligi va boshqa ana shundan dalolat beradi.

H. hujayraviy tuzilishga binoan bir hujayra va koʻp hujayralilarga ajratiladi. Bir hujayralilarda bitta hujayraning oʻzi tirik organizm uchun xos boʻlgan deyarli barcha xususiyatlarga ega. Tuban koʻp hujayralilar — plastinkasimonlar tanasi bir necha funksiyani (harakatlanish, qoplash, oziqlanish) bajaradigan, kam ixtisoslashgan hujayralardan iborat. Gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, taroqlilar tanasi 2 qavat (ektoderma va entoderma) boʻlib joylashgan nis-batan ixtisoslashgan hujayralardan iborat, lekin toʻqima va haqiqiy organlar shakllanmagan; birmuncha murakkab tuzilgan. H. toʻqima va organlari ontogenezda 3 ta murtak varaqlari (ektoderma, endoderma va mezo-derma) hisobidan hosil boʻladi. Mas, ektodermadan nerv sistemasi. sezgi organlari, teri va uning hosilalari; endodermadan ichak, nafas organlari, sekretsiya bezlari; mezodermadan suyak, muskul, qon aylanish, ayirish sistemasi organlari shakllanadi.

3 qavatli H. birlamchi ogʻizlilar (halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyokdilar) va ikkilamchi ogʻiz-lilar (ignatanalilar, xordalilar)ga ajratiladi. Anʼanaga koʻra barcha H. umurtqasizlar (koʻpchilik H.) va umurtqalilar (xordalilar)ga boʻlinadi. Tuzilishi va oʻzaro filogenetik bogʻlanishiga binoan hayvonot dunyosi kenja dunyo, tip, sinf va boshqa taksonlarga ajratiladi. Odatda, hayvonot dunyosi 16—25 (baʼzan 10—33 ta) tipga ajratiladi. Ayniqsa tuban tuzilgan umurtqasizlarni sistemaga solishda koʻp chalkashliklar mavjud. Mas, 20-asrning 60-yillarigacha bir hujayralilar faqat bitta tip sifatida oʻrganilgan boʻlsa, hozirgi davrda bir necha (5—7 ta) tipga ajratiladi. Barcha koʻp hujayralilar tiplari (qarang Tip) bitta koʻp hujayralilar kenja dunyosiga, bir hujayralilar esa bir hujayralilar kenja dunyosiga kiritiladi. H.ning 1,5 mln. (boshqa maʼlumotlarga koʻra 3—4,5 mln.) turi maʼlum. Yer yuzida H. yaxshi oʻrganilmagan. Har yili toʻgarak chuvalchanglar, hasharotlardan yuzlab yangi turlar koʻrsatib berilmoqda. Aniqlangan H.ning 2/3qismini hasharotlar tashkil etadi.



Tabiatda va odam hayotida H. katta ahamiyatga ega. H. — barcha ekosistemalarda oziqlanish zanjirining asosiy tarkibiy qismi. H. oʻsimliklar bilan oziqlanib, oʻzlashtirgan moddalarining yana tuproqqa qaytarilishiga, binobarin oʻsimliklarning oʻsishiga imkon beradi. Oʻsimlik va H. qoldigʻi bilan oziqlanadigan H. Yer yuzini organik qoldiqlardan tozalab, tabiiy sanitarlik vazifasini bajaradi. Yirtqich H. tabiatda zararkunanda H.ning sonini cheklab turishga yordam beradi. H. odam hayotida ham katta ahamiyatga ega. Ulardan bir qancha turlari ovlanadi; uy hayvonlari goʻsht, sut, jun, teri va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari olish maqsadida va transport vositasi sifatida boqiladi. H. orasida qishloq xoʻjaligi, odam va H.ga ziyon keltiradigan parazit turlari ham koʻp. Odam faoliyatining tabiatga taʼsiri tobora kuchayib borishi bir xil turlar sonining keskin qisqarib ketishiga olib keldi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra hozirgi davrda har kuni H.ning bitta turi yoʻqolib bormoqda. H.ni muhofaza qilish va ulardan foydalanish maqsa-dida deyarli barcha mamlakatlarda qonunlar qabul qilingan; maxsus qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga 184 hayvon turi kiritilgan.
Yüklə 411,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin