Mavzu: Urg‘u va uning turlari: so’z urg‘usi (leksik urg‘u), gap urg’usi (mantiqiy urg‘u); bog‘liq va erkin urg‘u. Reja: Urg‘u va uning turlari. So‘z urg‘usi va gap urg‘usi. Erkin va bog‘liq urg‘ular
Mavzu: Urg‘u va uning turlari: so’z urg‘usi (leksik urg‘u), gap urg’usi (mantiqiy urg‘u); bog‘liq va erkin urg‘u. Reja: 1.Urg‘u va uning turlari. 2.So‘z urg‘usi va gap urg‘usi. 3. Erkin va bog‘liq urg‘ular.
So'z bo‘g‘inlaridan biri yoki gap tarkibidagi bo‘laklardan birining boshqalariga qaraganda cho'ziq (kuchliroq) ovoz yoki ohang bilan talaffuz qilinishi urg‘u deyiladi. Urg‘u tushgan bo'g'in urg‘uli bo‘g‘in hisoblanadi, urg‘u odatda, unli tovushga tushadi. Masalan: daraxtlar kurtak chiqara boshladi.
So‘z bo‘g‘inlaridan biriga tushadigan urg‘u so‘z (leksik) urg‘u deyiladi. Masalan: bola, lola, kitob, ishchilar, talabalar, mulkdor. So‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan urg‘u ham shunga mos holda ko‘chadi. Masalan: g‘alla-g‘allakor, paxta-paxtakor. Ko‘pgina so‘zlarda urg‘u oxirgi bo‘g‘inda bo‘lgani uchun o‘zbek tilining so‘z urg‘usi bog‘liq urg‘u sanaladi.
Shuningdek, urg‘usi birinchi yoki o‘rtadagi bo‘g‘inga tushadigan so‘zlar ham o‘zbek tilida anchagina bor. Bunday so‘zlar tubandagi turkumlarda kuzatiladi: 1) Ravishlarda: yangi, hozir, doim, hamisha; 2) Olmoshlarga: hamma, barcha, nimadir, biroq, bir narsa; 3)Modal so'zlarda; albatta, ehtimol, aftidan; 4) Ayrim yordamchi so'zlarda; ammo, lekin, hatto, balki. O‘zbek tilida urg‘u olmaydigan unsurlar ham bor.
Gap (logik) urg‘u. Gap bo‘laklaridan birining boshqalariga nisbatan kuchli ohang bilan aytilishi logik (gap) urg‘usi deyiladi. Misollar 1. Bugun majlis bo‘ladi (ertaga emas, balki bugun). 2. Bugun majlis bo‘ladi (faqat majlis bo‘ladi), 3. Bugun majlis bo‘ladi (bo‘lmaydi emas, bo‘ladi) gap so‘zlaraning turli bo‘g‘inlariga tushishi mumkin bo‘lgan urg‘u erkin urg‘u deyiladi. Masalan, gazeta, respublika, vistavka, lampa, ruchka, auditoriya, konstitutsiya va boshqalar.
O‘rniga ko‘ra so‘z urg‘usi ikki xil bo‘ladi:
1.Bog‘langan urg‘u
2. Erkin urg‘u.
1. Bog‘langan urg‘uli tillarda urg‘u so‘zdagi biror bo‘g‘inga doimiy bog‘langan bo‘ladi. Masalan, turkiy tillarda urg‘u so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Bu xususiyat o‘zbek tiligi ham xos: kitob, daraxt, bola, ota, shahar kabi. 2. Erkin urg‘uli tillarda urg‘u so‘zning turli bo‘g‘inlariga tushadi. Rus tili ana shunday urg‘uli tillar guruhiga kiradi. So‘z urg‘usi bevosita so‘zga aloqador bo‘lgan, so‘z tarkibidagi bo‘g‘inlardan biriga tushadigan urg‘udir.