2. . Himoyalangan yer uchun ko'chat yetishtirish Umumiy usullar. Himoyalangan yer uchun ko'chat yetishtirilayotganda karantin va profilaktika qoidalariga qat'iy amal qilinadi. Ko'chat yetishtiriladigan issiqxona va uni bo'limi fumigantlar yoki formalin bilan ishlanishi kerak. Idishlar, inventar va urug'lar dezinfeksiya qilinadi. Ko'chat yetishtirish bo'limiga sabzavot yetishtiriladigan issiqxonalar tomonidan kirish berkitilib, ko'cha tomondan vaqtincha o'rnatilgan eshik orqah kiriladi. Kirish eshigi oldiga oyoq kiyimlarni dezinfeksiya qilish uchun dorih idish qo'yiladi. Ishchilar maxsus oyoq kiyimi va xalat oladilar, begonalarni ko'chat bo'limiga kirishi taqiqlanadi. O'simliklarni himoya qilish xodimlari profilaktik chora-tadbir-larga amal qilishni kuzatish bilan birga, tekshiruvlar va ishlov berishlarni amalga oshiradilar.
Ko'chatlarni yetishtirishda ekishga yaroqhgi yuqori sifatli bo'lgan oldindan tekshirilgan va ekish oldidan ishlov berilgan urug'lardan foydalaniladi. Urug'-ni yuqori sifath bo'lishi va ular uchun qulay sharoitni yaratib berilishi sarf-lanadigan umg' miqdorini ma'lum darajada kamaytirishga imkoniyat beradi. 1 ga issiqxona maydoniga ko'chat tayyorlash uchun 150-180 g pomidor urug'i va 0,8-1,0 kg bodring urug'i yetarlidir. Urug'larni zararsizlantirish uchun ularga ikki bosqich-da termik ishlov berish eng samarali hisoblanadi. Pomidor va bodring urugTari termostatda oldin uch sutka mobaynida 50°C da, so'ng 76-78°C da bir sutka mobay-nida qizdiriladi. Pomidor duragaylarining urug'lari, tamaki mozaika virusiga gen jihatidan chidamh bo'lsa qizdirilmaydi.
Urug' ekish oldidan ko'zdan kechirilib, puch hamda ezilganlari qo'lda terib tashlanadi. Urug' yuzisidagi zamburug' sporalari va bakteriyalarini yo'qotishda ekish oldida pestitsidlar bilan ishlov beriladi. Quruq zararsizlantiruvchi zaharlar urug'larni ekishdan 2-3 hafta oldin, suyuq zaharlar — ekish oldidan ishlatiladi. Urug'larga ishlov berishda «O'zbekiston Respubhkasi qishloq xo'ja-ligida foydalanishga mxsat etilgan pestitsidlar va agroximikatlar ro'yxatiga» kiritilgan zaharlar ishlatilishi kerak. Ukrainada va Rossiya Federatsiyasida bodring urug'larini zararsizlantirishda 0,15 % h trinatriy fosfat bilan bir soat davomida zararsizlantirilib, keyin 50 daqiqa davomida oqar suvda yuviladi. Urug'larni zararsizlantirishda ushbu mamlakatlarda 80 % TMTD dan ham foydalaniladi. Unda bodring umg'ini 1 kg ga 4 g, pomidornikiga 8 g ishlatiladi.
Umg' aynan ekish oldidan 15-20 daqiqa davomida 0,5-1,0 % kahy permanganat eritmasi bilan ishlov beriladi, so'ng toza suvda yuviladi.
Bodring va pomidor urug'lari 0,005 % natriy gumat eritmasida 24 soat mobaynida ivitilsa, shuningdek, ularni mikroelementlar eritmasida ivitish ham ularda modda almashuvini va o'simlik o'sishini tezlashtiradi. Mikroelementlar idishida ilova qilingan tavsiyalarga asosan qo'llanishi kerak.
Ko'chat himoyalangan yerlarga barcha aylanishlar uchun albatta tuvakcha yoki kubiklarda yetishtirilishi kerak. Pomidor bodring, chuchuk qalampir, qovun ko'chatlari uchun tuvakchalar, qishkibahorgi aylanish uchun 10Ч10Ч10 sm, qolgan aylanishlar uchun esa 8Ч8Ч8 sm li kattalikda tayyorlanadi. Zavodda tayyorlangan torfh tuvakchalardan foydalanish eng qulaydir. Bundaylari bo'lmasa boshqa materialdan tayyorlanganlaridan ham foydalaniladi. Uni qattiq qog'ozlar va pohetilen englardan tayyorlash mumkin. Oziqa kubikchalarini ham tayyorlash mumkin.
Tuvakchalarni to'ldirish va kubiklarni tayyorlash uchun toza torfdan yoki tup-roqchirindi qorishmasi qo'shib tayyorlangan aralashma eng yaxshi komponent (tar-kibiy qism) hisoblanadi. O'zbekiston sharoitida oziqa aralashmasining asosiy tarkibiv qismi chirindi bo'hb, uni aralashmani umumiy hajmiga nisbatan 1/2 dan 2/3 qismgacha olinadi va unga chim tuproq, kompostirlangan g'ovaklashtimvchi materiallar yoki qum qo'shib tayyorlanadi.
G'ovaklashtimvchi materiallarni dastlabki kompostlashtirishda, tuproq va chirindi miqdorini kamaytirib, uni 40 %gacha ohsh mumkin. 1 m3 aralashmaga quyidagi miqdorda o'g'itlar solinadi (g): ammiakh sehtra-300, qo'shsuperfos-fat - 400, ammoniy sulfat - 400, kahy sulfat — 400-500, mis kuporosi — 1,5, ammoniyli molibden — 3, marganets sulfat - 2,25, natriy sulfat - 0,7, rax sul-fati - 0,7. Bodring ko'chatini o'sitirishda urug' tuvakchaga ekilib pikirovka qilmasdan yetishtiriladi. Pomidor ko'chati pikirovka qilinib hamda pikirovka qilmasdan yetishtiriladi. Pikirovka qilmay o'stirilganda urug' tuvakcha yoki kubiklarga ekiladi. Pikirovka qilib yetishtirilganda urug' tuproqqa ekiladi, so'ng maysalar tuvakchalarga pikirovka qilinadi. Maysazor ko'chat tuprog'idan tayyorlangan eni 1,5 m bo'lgan egatlarga joylashtiriladi. Urug', tuproq ustidagi marker izlari bo'ylab olingan egatchalarga, 1 sm chuqurlikka ekiladi. 1 ga li issiqxonaga pomi-dor ko'chatini tayyorlash uchun 50 m2 maydonli maysazor zarur.
Urug' sepilgan yoki pikirovka qilingan tuvakchalar lentalariga o'rnatiladi. Ularni eni 1,4-1,6 m uzunhgi 30 m gacha bo'ladi. Lentada joylashtirilgan tuvak-chalar soni issiqxonani eni 6,4 m bo'limlarda 4-5 ming dona bo'hb, bo'limning yannidan oshmashgi lozim.
Ildiz tizimini ildiz chirish va nematoda bilan zararlanishdan saqlash uchun tuvakchalarni tuproq ustiga yozilgan yangi yupqa pohetilen plyonkasi ustiga teriladi. Ekish chuqurchalari va tuvakchalarni orahqlariga oziqah aralashma sepiladi. Lentadagi tuvakchalar usti plyonka bilan berkitihb, maysalar hosil bo'lislii bilanoq ohb qo'yiladi. Qiyg'os maysa hosil qilishi va bir tekis ko'chat yetishtirishni ta'minlash uchun urug' unib chiqqunclia haroratni bodring, qovun, tarvuz uchun - 27°C, pomidor, qalampir, baqlajonga-24°C, salat, karamh o'sim-liklar uchun esa-20-22°C ushlab turiladi.
Joyini o'zgartirish himoyalangan yerlarga ko'chat yetishtirish texnologiyasini zarur elementlarida bo'hb, yorug'lik tizimini yaxshiladi.
Chet el mamlakatlarida himoyalangan yerlar uchun ko'chat yetishtirishda nematoda kasalhgiga ehidamli payvandtaglarga payvandlash usuhdan keng foydalanihnoq-da. Bodring maysalari asosiy so'hsh kasalhgi turlariga chidamh bo'lgan uzun bargh qovoqqa (Cucurbita ficifola) pomidor maysalari chidamh, asosiy so'hsh kasalhgi turlariga chidamh KN, K, KV payvandtaklarga ulanadi. O'zbekistonda ushbu usul ko'p mehnat talab etganligi boisdan keng tarqalmagan. Toshkent DAU va Butunjahon sabzavotchilik markazini Markaziy Osiyo va Kavkaz respubhkalari bo'limi hamkorlikdagi dastlabki tadqiqotlari bu usulni samaradorhgini tasdiqladi. G'arbiy Yevropada ixtisoslashgan firmalarda payvandlash jarayoni mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan bo'lib millionlab payvandlangan ko'chatlar sotiladi. Payvandlangan ko'chatlardan tuproqli issiqxonalarda foydalanish gidropon issiqxonalarga nisbatan samaralidir.
Himoyalangan yerlar uchun ko'chat tayyorlashda mikroiqlim me'yorlarini yetishtiriladigan ekin talabiga mosligi ko'zda tutilishi kerak.
Tuvakchali ko'chat yetishtirishda chetdan keltirilgan tuproqlar ishlatilsa azotli o'g'itlar bilan sug'orish natijasida oziqa moddalarni yuvilib ketishi sababh 1-2 oziqlantiriladi. Himoyalangan yerga ko'chat tayyorlanganda uni doimiy joyiga ko'chirib ekishdan oldin chiniqtirilmaydi, chunki u bir xil sharoitda ko'chirib o'tkaziladi.
Ekish uchun sog'lom, rivojlanishi bir xil bo'lgan ko'chatlar tanlab olinadi, kasallanish alomatlari bo'lgan va sifatsizlari chiqitga chiqariladi. Ko'chatlar yashiklarga 10-12 tupdan joylashtirilib maxsus etajerkalarni tokchalariga qo'yib issiqxonalarga tashiladi.