Mavzu: Uzoq muddatli aktivlar tarkibini shakllantirish va avtomatlashtirish asoslari Reja



Yüklə 28,66 Kb.
tarix27.09.2023
ölçüsü28,66 Kb.
#149464
Mavzu uzoq muddatli aktivlar hisobini avtomatlashtirish


MAVZU: Uzoq muddatli aktivlar tarkibini shakllantirish va avtomatlashtirish asoslari


Reja:



  1. Uzoq muddatli aktivlarni tasniflash va tavsiflashning munozarali jihatlari

  2. Uzoq muddatli aktivlar tushunchasini iqtisodiy mazmuni va Mohiyati.

  3. Uzoq muddatli aktivlar hisobini avtomatlashtirish.

Kishilarning kundalik hayotida muayyan tirikchilik vositalarini iste’mol qilish ehtiyoji mavjuddir. Bu hayot faoliyatining muntazamligini ta’minlovchi oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqalarga bo’lgan ehtiyojdir. Kishilar ehtiyojini qondirish manbai bo’lgan materiallar, xom ashyo va jihozlarning o’ziga ham ehtiyoj mavjuddir. Kishilar ehtiyojini qondirish usuli esa naflilik deb ataladi. Iqtisodiy nazariya kursidan ma’lumki, barcha naflilikka ega bo’lgan narsalar - bu ne’matdir.


Ehtiyoj bilan ne’mat o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik quyidagi holat bilan xarakterlanadi. Ehtiyojlar cheksiz bo’lgan holda ne’matlar cheklangandir. CHeklangan ne’matlar iqtisodiy ne’matlar deb ataladi. Iqtisodiy ne’matlar orasida boshqa ne’matlarni ishlab chiqaruvchi ne’matlar, ya’ni resurslar alohida o’rin egallaydi. Iqtisodiy nazariyada ular, odatda ishlab chiqarish omillari, deb e’tirof etiladi. Ishlab chiqarish omillari kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlari uchun umumiy bo’lgan bo’lsa-da, ularga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif berilib, turlicha tushuntiriladi. Jumladan, siyosiy iqtisod darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari tan olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat buyumlari (er-suv, yer osti boyliklari kabi tabiiy boyliklar) ishlab chiqarish vositalari deyiladi va ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb e’tirof etiladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ko’pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to’rt omili: yer, ishchi kuchi, kapital va tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi. Ishlab chiqarish omillaridan biri bo’lgan kapital iqtisodchi olimlar tomonidan atroflicha tadqiq qilingan. Mumtoz iqtisodchi David Rikardoning fikricha: “Kapital bu mamlakat boyligining ishlab chiqarishda ishtirok etadigan qismi bo’lib, mashina va jihozlar hamda xom ashyo materiallaridan iboratdir Tomas Malьtusning fikricha, “kapital- bu mamlakat zahirasining shunday qismidirki, undan moddiy ne’mat ishlab chiqarish va uni aqsimlash maqsadida foydalaniladi”
Dj.Klark, L.Valras va I.Fisher “kapital -bu daromad, foyda va foiz keltiruvchi qiymat”, deb qaraydilar. Ammo K.Makkonnell, S. Bryu7, S.Fisher, R.Dornbush, R.SHmalenzilar8 kapitalni barcha ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida qo’llaniladigan moddiy vositalardan, ya’ni mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, transport vositalari kabilardan iborat, deb tovar va pulni bunga kiritmaydilar. Ko’rinib turibdiki, ushbu iqtisodchilar kapitalistik iqtisodiy tuzumning ijtimoiy mohiyatini ochish uchun masalaga bir tomonlama yondashib, ishlab chiqarish omillarining qiymatiga e’tiborni kuchaytirgan. Mamlakatimiz olimlaridan SH.SHodmonov, R.Alimov, T.Jo’raevlar G’arb olimlarining ayrimlari tomonidan kapitalni bir tomonlama, ya’ni uning qiymat tarafini e’tiborga olganliklari, boshqalari esa iqtisodiy tushunchalarning tarixiyligini e’tibordan chetda qoldirib, uning moddiy ob’ektini, narsa va hodisalarning ashyoviy tomonini ko’rsatganliklarini va shuning uchun kapital doimiy, o’zgarmas tushuncha, deb e’tirof etganliklarini ta’kidlab, kapital mazmunini quyidagicha bayon qilishgan: “Biz bu ikki xil tushunchani bir tanganing ikki tomoni, bir tushunchaning, ya’ni kapital tushunchasining ikki tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy ko’rinishi, ikkinchi tomoni esa uning qiymat ko’rinishi ekanligini e’tiborga olamiz va uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital deb ishlatamiz” Qo’yilgan kapital kompaniyaning faoliyatini kengaytirib, kelgusida rivojlanish uchun zarur foyda olish imkoniyatini yaratadi. Foyda olish uchun yo’naltirilgan kapital ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda bo’lib, bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o’tadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z ixtiyoridagi pul kapitaliga ishlab chiqarish vositalari va mehnat buyumlarini sotib olishi va unga ishlov beruvchi ishchi kuchini yollashi bilan kapital xarakatining birinchi bosqichi boshlanadi. Bu bosqichda pul shaklidagi mablag’lar unumli kapitalga aylanadi. Ishlab chiqarish jarayoni kapital harakatining ikkinchi bosqichini tashkil qilib, unda unumli kapital tovar shaklini oladi. Bu yerda vujudga elgan tovar qiymati ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga sarflangan qiymatdan ko’p bo’ladi. Kapital harakatining uchinchi bosqichiishlab chiqarilgan tovarlarni sotishni o’z ichiga oladi. Bunda tovarlar pulga aylanib, dastlab pul shaklida sarf qilingan mablag’ yana pul shaklida, ammo orttirilgan qiymat hisobiga ko’proq miqdorda qaytadi. Kapitalning bunday bosqichlardan o’tishi, uning doiraviy aylanishini tashkil etadi.
Kapital doiraviy aylanishining mazmuniga ko’ra ikki qismga: asosiy va aylanma kapitalga bo’linadi. Asosiy kapital qiymati bir necha doiraviy aylanishdan so’ng o’zining boshlang’ich qiymatini tiklasa, aylanma kapital bir doiraviy aylanishdan so’ng o’zining boshlang’ich shakliga qaytadi. Kapitalning asosiy va aylanma kapital sifatida farqlanishi keltirilgan belgilar asosida amalga oshadi. Kapital qiymatining aylanish usuliga ko’ra, asosiy kapital qiymati ikki qismga ajratilgan bo’lib, mahsulotga o’tgan qismi tovarlar va xizmatlar (ishlar) bilan birga muomalada bo’ladi va doiraviy aylanish jarayonida tovar shaklidan pul shakliga o’tadi va jamg’arilgan amortizatsiya summasi ko’rinishida to’planadi. Kapitalning mahsulotga o’tmagan qismi ishlab chiqarish doirasida mavjud moddiy va nomoddiy kapitalda gavdalanganicha qolaveradi. Aylanma kapitalning aylanishi esa bir doiraviy aylanish davriga to’g’ri kelganligi uchun mehnat predmetlari qiymati to’la –to’kis aylanib, yangi mahsulot qiymati tarkibiga kiradi.Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida bir necha yillar mobaynida ishtirok etishi munosabati bilan ularning qiymati yaratilgan tovarlarga asta-sekin qismlab o’tkazilib boriladi. Bu yerda ishlab chiqarish jarayonida daromad olishga sababchi bo’lgan asosiy kapital bir hisobot davriga to’g’ri keladigan xarajatlar sifatida asta-sekinlik bilan uzoq yillar davomida mahsulot (tovar) qiymatiga o’tkazib boriladi. Aylanma kapital esa ushbu hisobot davriga tegishli bo’lgan daromadning asosini tashkil qilgan bo’lib, o’z qiymatini mahsulot qiymatiga to’lig’icha o’tkazadi.
Ishlab chiqarish jarayonida harakat qilish xususiyatiga ko’ra asosiy kapital buyum jihatdan mahsulot tarkibiga kirmaydi, balki uzoq davr mobaynida o’zining natural-buyum shaklini saqlab qoladi. Aylanma kapital esa o’zining natural-buyum shaklini to’lig’icha mahsulot tarkibiga o’tkazadi.
Qiymatni qayta tiklash usuliga ko’ra asosiy kapitalning ishlab chiqa-rishdan olingan daromadga o’tkazilgan qiymati bir necha doiraviy aylanish-lar davomida qatnashadi va amortizatsiyalanadi, pul shaklidan yangi asosiy kapital shakliga aylanadi. Aylanma kapital esa har bir doiraviy aylanishdan so’ng ashyoviy buyum sifatida qayta tiklanadi. Hozirgi kunda iqtisodchi olimlar o’rtasida munozaraga sabab bo’layot-gan masalalardan biri - bu kapitalni iqtisodiy kategoriya emas, balki buxgalteriya hisobi kategoriyasi sifatida e’tirof etish lozimligidir. Bizningcha, bunday munozaragao’rin bermaslik lozim. Chunki, kapital, avvalambor, iqtisodiy kategoriya va sifatida barcha iqtisodiy fanlarning asosi bo’lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi ham iqtisodiy fan sifatida iqtisodiy tushuncha va qonuniyatlarni o’z maqsadi va vazifalari doirasida tadqiq etadi. Kapital tushunchasi buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan ham o’rganilishi tabiiydir. Buxgalteriya hisobi darsligida kapitalni ta’sischilar tomonidan qo’yilgan ulushlar majmuasi va korxona tomonidan jamg’arilgan foyda deb qaralgan.Amerikalik olimlarning fikricha, kapital − bu mulkdorning ixtiyoridagi moddiy va nomoddiy shakldagi mablag’lar va pul mablag’lari kabi iqtisodiy resurslardir.12 Ushbu mulohazalar kapitalning iqtisodiy kategoriya ekanligini to’liq yorita olmaydi. Balki, bu ta’riflar kapital mohiyatini buxgalteriya hisobi kategoriyasi sifatida ochib beradi xalos.Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasida kapital tushunchasiga berilgan ta’riflar ko’proq nazariy, umumlashgan holda bo’lib, uning o’z-o’zidan ko’payish xususiyatini aks ettiradi. Buxgalteriya hisobidagi ta’rif-larda esa uning aniq namoyon bo’lish shakllariga, buyumlashganligiga ko’proq urg’u beriladi. Bunday yondashish hech ham iqtisodiyot nazariyasiga zid emas. Buxgalteriya hisobida qiymatning qaerda ko’payishi va qanday ko’payish jarayoni, uning manbalari aniq bandlarda ko’rinib turadi. Demak, buxgalteriya hisobida kapitalga iqtisodiyot nazariyasida berilgan ta’rif yanada puxta tizimlashgan shaklda oydinlashadi. Bizning fikrimizcha, buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan asosiy kapital bu - avvalo iqtisodiy kategoriya bo’lib, tayyorlash, ishlab chiqarish va sotish hamda noishlab chiqarish sohasida ishtirok etayotgan va kelgusida iqtisodiy naf keltiradigan aktivlardir. Asosiy va aylanma kapitalga ajaratish mezoni negzida ularning ma’lum bir qiymatga bog’liqligi emas, balki iqtisodiy naf keltira olishi yotishi kerak. Xo’jalik yuritishning rivojlanish tarixiga nazar tashlaydigan bo’l-sak, asosan ishlab chiqarish vositalarigina asosiy kapital sifatida gavda-langanligini va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan olinadigan daromadlar sababchisi ekanligini ko’rishimiz mumkin. Jamiyatning rivojlanish bosqichida iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlardagi o’zgarishlar natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatidagi ishlab chiqarish omillaridan bo’lgan kapitalning tarkibiy qismi bo’lgan asosiy kapital qatorida nomoddiy aktivlar, moliyaviy qo’yilmalar kabi aktivlar vujudga kela boshladi. Ushbu aktivlarning xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatidagi ishtiroki va daromad olishdagi ulushlari asosiy kapitalga aynan o’xshamasada, lekin korxona faoliyatida bir doiraviy aylanishdan ko’ra ko’proq muddatda ishtirok etishlari va daromad olishga sababchi bo’lishlari asosiy kapitalga nisbatan o’xshashlikni keltirib chiqaradi.
Shuning uchun ham asosiy kapitaldan farqlanuvchi aktivlarni vujudga kelishi endilikda buxgalteriya hisobida asosiy vositalar sifatida tan olingan va aksariyat korxonalarning buxgalteriya balansida faqatgina asosiy vositalarni aks ettirilishiga barham berildi. Asosiy vositalar bilan teng qatorda nomoddiy aktivlar, moliyaviy va kapital qo’yilmalar, kechiktirilgan xarajatlar va debitorlik qarzlarini ham aks ettirish zaruriyati kelib chiqdi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ishtirok etadigan resurslar buxgalteriya hisobi amaliyotida aktivlar deb e’tirof etilib, ular shartli ravishda uzoq muddatli (asosiy kapital) va joriy aktivlar (aylanma kapital) kabi guruhlarga ajaratiladi. Bunday guruhlarga ajratishning asosini “Buxgalteriya hisobi to’g’risida qonun” tashkil qiladi. Ushbu qonun kapital hisobining huquqiy kontseptsiyasidir.
Aktivlarni uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlar guruhlariga ajratilishi, ularning bevosita xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatidan olinadigan daromadlar bilan bevosita bog’liqligi kapital hisobining iqtisodiy kontseptsiyasini tashkil etadi. Uzoq muddatli aktivlarning buxgalteriya hisobi ob’ekti sifatidagi kontseptsiyasini ishlab chiqishda, avvalambor, ularning iqtisodiy mohiyati asos qilib olinishi lozim. Uzoq muddatli aktivlarni tan olish va hisobda aks ettirish keng ma’nodagi aktivlarning mohiyatini tadqiq qilish muammolari bilan bevosita bog’liqdir. Mamlakatimiz buxgalteriya hisobi amaliyotida aktivlar korxonaga tegishli xo’jalik mablag’lari deb tan olingan va e’tirof etilgan. Ammo bu e’tirof asosan asosiy kapitalga talluqli bo’lgan. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida davrda uzoq muddatli aktivlar tarkibiga kiradigan buxgalteriya hisobining boshqa ob’ektlari ham paydo bo’lganki, ularning iqtisodiy mohiyati albatta asosiy kapitalning mohiyatidan farqlanadi. Jumladan, nomoddiy aktivlar, moliyaviy qo’yilmalar, uzoq muddatli debitor qarz va muddati uzaytirilgan xarajatlar ham korxona faoliyatida uzoq muddat ishtirok etishadi. Shulardan nomoddiy aktivlar bevosita ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmasa ham, bilvosita daromad olishga sababchi bo’lib muayyan iqtisodiy naf keltiradi. Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar va investitsion mulk sifatida e’tirof etilayotgan aktivlar esa kelgusida daromad olish maqsadida kapitalni investitsiya qilishning yana bir yo’nalishi bo’lib hisoblanadi. Ushbu jihatlar uzoq muddatli aktivlarni tasniflash va tavsiflash asoslarini qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi.
Prezident SH.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek: Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd etish lozim: iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlash.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakat iqtisodiy tizimida ro’y bergan o’zgarishlar, mulkdorlar sinfini paydo bo’lishi, mulkka bo’lgan egalik hissini vujudga kelishi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar qirralarining kengayishi buxgalteriya hisobi ob’ektlarining ham ko’payishiga, chunonchi, uzoq muddatli aktivlar turlarini ko’payishiga olib keldi. Bu, o’z navbatida, uzoq muddatli aktivlarni hisobga olish va auditini o’tkazish bilan bog’liq muammolarini keltirib chiqardi. Tadqiqot jarayonida kuzatishlarning dalolat berishicha, mustaqillikning dastlabki yillarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya hisobi balansini birinchi bo’limida asosan salmoqli ulushni asosiy vositalar egallagan bo’lsa, keyinchalik nomoddiy aktivlar, moliyaviy investitsiyalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va kechiktirilgan xarajatlar kabi moddalari ham paydo bo’ldi. Uzoq muddatli aktivlarning tarkibiy tuzilishi (foizlar hisobida) Respublikamizning me’yoriy –xuquqiy xujjatlarida, chunonchi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonunda, 1- son BXMS “hisob siyosati va moliviy hisobot”da keltirilgan uzoq muddatli aktivlarning tavsifi bizning fikrimizcha ular mazmun mohiyatini yaqqol ochib bera olmaydi. Fikrimizcha, buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunning 4-moddasida “Asosiy” deb boshlangan jumlani “Uzoq muddatli va” degan jumla bilan almashtirish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari 1-son BXMS “ ”ning punktini “Uzoq muddatli aktivlar – bu korxona tomonidan uzoq muddat mobayinida (12 oydan ko’p) foydalanish uchun ulush, hadya ko’rinishida hamda xarid qilib olinadigan, kelgusida iqtisodiy naf keltira olishi va nazorat qilinishi mumkinligi bilan tavsiflanadigan mablag’lardir” degan ta’rif bilan to’ldirish zarur. J.G.Siegel va D.Minarslar esa «Muddati uzaytirilgan xarajatlar»-ni alohida to’rtinchi guruh qilib ajratganlar. Ushbu mualliflar uzoq muddatli moddiy aktivlar tarkibini uchta guruhga ajratishadi. Birinchi guruhga yerni (R.L. Dixondan tashqari) kiritganlar. Ikkinchi guruhni mualliflar turlicha nomlaydilar. Bunda, ushbu guruhni R.N.Entoni va B.Nidlz – bino va asbob-uskunalar, T.P.Edmonts - mashina, bino va asbob-uskunalar deb ataydilar. Uchinchi guruhga tabiiy resurslarni kiritadilar.
Nomoddiy aktivlar tarkibini belgilashda, ko’pchilik olimlar tomonidan bir xil yondashishni kuzatishimiz mumkin. Ammo boshqa ayrim moddalarni ko’pchilik olimlar e’tirof etishmagan. Masalan, “muddati uzaytirilgan xarajatlar” (Deferred Charges)ni faqat R.N. Entoni va boshqalar (1 ustun) nomoddiy aktivlar qatoriga kiritgan. J.S. Siegel va boshqalar (2 ustun) esa bu moddani alohida to’rtinchi guruh sifatida e’tirof etishgan. Xuddi shuningdek, “uzoq muddatli oldindan to’lovlar” moddasini R.L. Dixon nomoddiy aktiv sifatida e’tirof etgan. Biz R. Entoni va R.L. Dixonning yuqorida qayd qilingan fikrlariga qo’shila olmaymiz, ya’ni uzoq muddatli debitorlik qarzlarni nomoddiy aktivlar tarkibiga kiritib bo’lmaydi. CHunki, uzoq muddatli debitorlik qarzlari buyumlashmagan aktivlar toifasiga mansub bo’lsa ham, kelgusida daromad keltirishni emas, balki korxonaga tegishli bo’lgan aktivlargagina haqdorlikni xarakterlaydi. Nomoddiy aktivlar kelgusida iqtisodiy naf keltirish xususiyatiga egadir. SHuning uchun uzoq muddatli debitor qarzlarni va muddati kechiktirilgan xarajatlarni alohida «Muddati uzaytirilgan debitor qarzlar va kechiktirilgan xarajatlar” nomi bilan to’rtinchi bo’limga kiritish lozim. O’z mohiyatiga ko’ra, muddati uzaytirilgan qarzlar moddiy yoki nomoddiy aktiv ham emas, bevosita daromad olishni maqsad qilib uzoq muddatga mo’ljallab qilingan investitsiya ham emas, balki kelgusida bilvosita daromad olishni ko’zda tutib amalga oshirilgan sarf-xarajatdir. Bizning mamlakatimizda “Er” va “Tabiiy resurslar” xususiy mulk ob’ekti hisoblanmaydi. Bugungi kunga kelib yer uchastkalarini xususiylashtirish ob’ekti deb qabul qilish masalasi ko’tarilmoqda. Fikrimizcha, korxonalar yerga mulkiy egalik qilish huquqi bo’lganda ularni asosiy vositalar tarkibiga kiritish, doimiy va muddatli foydalanish uchun yerni ijaraga olish huquqiga ega bo’lgan holda esa foydalanish huquqi qiymatini nomoddiy aktiv sifatida tan olish va aks ettirishni maqsadga muvofiq, deb o’ylaymiz. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan uzoq muddatli aktivlarning tasniflanishi yetarlicha o’rganilmagan Fikrlarni umumlashtirib shu narsani aytish mumkinki, uzoq muddatli aktivlarni hisobga olish va ular to’g’risidagi ma’lumotlar asosida xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga boshqaruv uchun zarur bo’lgan qarorlarni qabul qilish maqsadida ularni quyidagi tartibda tasniflash va tavsiflash mumkin. Uzoq muddatli aktivlarning to’g’risidagi ma’lumotlarni ixcham va yetarli darajada olish imkoniyatini tug’dirish hamda tahlil qilishni osonlashtirish uchun buxgalteriya hisobi balansining “Uzoq muddatli aktivlar” nomli 1 bo’limini quyidagicha ko’rinishda ifodalash maqsadga muvofiq bo’ladi. Uzoq muddatli aktivlar korxona faoliyatida ishtirok etadigan muhim iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. Yangi iqtisodiy munosabatlar sharoitida mazkur iqtisodiy kategoriya yetarlicha chuqur o’rganilmagan. SHuning uchun uning toifalarini aniqlovchi asosiy tavsiflarni har tomonlama ko’rib chiqish zarur.
Ko’pchilik iqtisodchilar uzoq muddatli aktivlarni ishlatish muddati 1 yildan ortiq bo’lgan aktivlar sifatida tasniflaydilar: uzoq muddatli kapital qo’yilmalar, nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, boshqa uzoq muddatli aktivlar. Bunday tarzda tasniflash buxgalteriya hisobi qoidalariga asoslanadi. Uzoq muddatli aktivlarni tan olish, baholash va hisobga olishda ularni buxgalteriya balansida aks ettirishning statik va dinamik usullari muhim ahamiyatga kasb etadi. Aktivlar qiymatini ushbu usullar talablaridan kelib chiqib balansda aks ettirish natijasida mos ravishda statik balans va dinamik balans tuziladi. Statik usulga ko’ra buxgalteriya balansini tuzishda uzoq muddatli aktivlarning aynan shu vaqtdagi qiymati asos qilib olinadi. Statik hisobning asosiy maqsadi korxonaning barcha aktivlarini sotishdan olgan foydani o’sha paytda mavjud bo’lgan kreditorlik qarzlarni to’lash uchun yetarligi to’g’risida axborot berishdan iborat. Statik balansning ustuvor maqsadi bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub’ektni mablag’ bilan ta’minlovchi shaxslar o’rtasida taqsimlash uchun yaroqli bo’lgan aktivlarning qiymatini namoyish qilish hisoblanadi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi nizolar bo’yicha qabul qilgan ajrimlar mazmunida balansning asosiy vazifasi mulkni baholashga qaratilgan. Hisobotlar, eng avvalo, korxonalarning o’z majburiyatlari bo’yicha to’lov qobiliyatiga ega ekanligi haqida ma’lumot berishi lozim, deb hisoblangan. Statik balansning bosh maqsadi kreditorlar manfaatlarini himoya qilish va ro’y berishi mumkin bo’lgan bankrotlikning oldini olish deb ta’riflangan. SHuning uchun hisobot tuzishda bozor narxlarini asos qilib olish va korxona faoliyatining pirovard moliyaviy natijasini faqat u tugatilgandan keyin hisoblab chiqish mumkin, deb e’tirof etilgan.
Real to’lov vositalari faqatgina korxona aktivlarini sotish orqali aniqlanishi mumkin bo’lgani uchun, kreditorlar:
hisobot tuzishda bozor narxlarini asos qilib olish kerakligini;
korxona faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasini faqat u tugatilgandan keyin hisoblab chiqish lozim deb ta’kidlashganlar.
Asosiy vositalar analitika hisobi Asosiy vositalar bu tashkilotning xo‘jalik faoliyatini yuritish jarayonida ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalar bajarish uchun, hamda mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ish bajarishuchunishlatadigan uzoq-muddatli moddiy aktivlar deb hisoblanadi.Asosiy vositalarga tegishli ma'lumotnomalar, xujjatlar va hisobotlar OSmenyusida yoki ish joyining Osnovnie sredstva bo‘limida joylashgan. OSmenyusida asosiy vositalar sotib olish uchun alohida xujjat mo‘ljallanmagan. Shuning uchun asosiy vosita kelib tushishini Postuplenie tovarov i uslug xujjatining Oborudovanieoperatsiya turi yoki Ob'ekti stroitel'stva operatsiya turi yordamida kiritish lozim. Postuplenie tovarov i uslug xujjati Postuplenie dop. Rasxodov xujjat shakllantirish uchun asos bo‘lishi mumkin. Bir xujjat asosida boshqa xujjat shakllantirish uchun asosiy xujjatni kursor bilan belgilab, Deystvie menyusidan Vvesti na osnovanii pozisiyasini tanlash kerak. Postuplenie dop. Rasxodovxujjatda ko‘rsatilgan xarajatlar ko‘rsatilgan ob'ektlar qiymati va miqdori bo‘yicha teng taqsimlanadi. Asosiy vosita hisobga olinganda, odatda foydalanish uchun topshirilganda, asosiy vosita narhi shakllangan hisoblanadi. Xujjatlarni tug‘ri ro‘yxatga olish uchun Prinyatie k uchetu OS xujjatida xamma lavxani to‘ldirish kerak. Asosiy vositalar buyicha hisobOsnovnie sredstvama'lumotnomasida yuritiladi. Bu ma'lumotnomada asosiy vositalar to‘g‘risida o‘zgarmas va tashkilotning hususiyatiga bog‘liq bo‘lmagan ma'lumotlar saqlanadi: nomi, asosiy vosita hisob guruhi (Binolar, Mashina va uskunalar, Transport vositalari), ishlab chiqaruvchi to‘g‘risidagi ma'ulmot va h.k.
Bu ma'lumotlarni asosiy vositani hisobga olishdan oldin ma'lumotnomaga kiritish lozim.
Inventar raqamlari bilan farq qiladigan bir xil turdagi asosiy vositalar bo‘yicha ma'lumot kiritish uchun ma'lumotnoma ro‘yxatining shaklida mahsus Gruppovoe dobavlenie tugmasi bor.
Gruppovoe dobavlenie shaklida quyidagilarni to‘ldirish kerak:
Yangi element qo‘shilayotgan guruxni;
Ma'lumotnomaga qushilayotgan yangi elementning raqamlash birinchi kodi;
Yaratilayotgan elementlar soni;
Ma'lumotnomaning element nomi.
Xamma rekvizitlar kiritilganidan so‘ng Dobavit' tugmasini bosish lozim, shunda ma'lumotnomaga yangi elementlar qo‘shiladi. Uskuna olish Uskuna kelib tushishi Postuplenie tovarov i uslug xujjatining Oborudovanie operatsiyasi yordamida kiritiladi (menyu Pokupka).
Uskunalar quyidagi hisob schetlarida hisobga olinadi:
0820 «Asosiy vositalarni sotib olish» - o‘rnatish kerak bo‘lmagan uskuna;
0700 «Ӯrnatilgan uskuna» - o‘rnatish kerak bo‘lgan uskuna.
Oborudovaniejadval qismida uskuna nomi, miqdori, qiymati, QQS ko‘rsatiladi. Xujjatni ro‘yxatdan o‘tkazganda uskunani hisobga oluvchi schet debeti bo‘yicha o‘tkazma shakllanadi. 0700 «Ӯrnatilgan uskuna» scheti analitika hisobi Skladi ma'lumotnomasi saqlash joyi va sotib olingan uskuna partiyasi bo‘yicha olib borilishi mumkin. Ӯrnatish kerak bo‘lgan uskuna qiymati qurilish ob'ektiga kiritilishi lozim. Buning uchun OS menyusida joylashgan Peredacha oborudovaniya v montaj xujjat ishlatilatish kerak.

Xujjatning jadval qismiga o‘rnitish uchun berilgan nomenklatura to‘g‘risida ma'lumot kiritiladi.


Natijada ishlatilgan nomenklatura tannarxi xujjatda ko‘rsatilgan qurilayotgan o b'ekt narxiga qo‘shiladi.


Yüklə 28,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin