Mavzu: Vektorlar sistemasining chiziqli bog’liqlik va erklilik tariflari. Bazis. Vektorlarni ortogonal bazis bo’yiga yoyilmasi



Yüklə 99 Kb.
səhifə4/5
tarix14.06.2023
ölçüsü99 Kb.
#130251
1   2   3   4   5
Vektorlar sistemasining chiziqli bog’liqlik va erklilik tariflari. Bazis. Vektorlarni ortogonal bazis bo’yiga yoyilmasi.

3. Rn fazoda bazis va koordinatalar. Kanonik bazis

n o`lchovli haqiqiy arifmetik Rn fazoning bazisi deb, har qanday chiziqli erkli n o`lchovli n ta vektorlarning tartiblangan tizimiga aytiladi. n o`lchovli n ta a1, a2, …, an vektorlardan iborat tartiblangan tizim Rn fazo bazisi va a uning ixtiyoriy vektori bo`lsin. U holda a vektor tanlangan bazis vektorlari bo`yicha ularning yagona chiziqli kombinatsiyasi = x1a1 + x2a2 + … + xnan ko`rinishida yoyilishi mumkin. x1, x2, …, xn haqiqiy sonlarga a vektorning a1, a2, …, an bazisdagi koordinatalari deyiladi.


Xususan, haqiqiy koordinatalar tekisligi (R2) bazisi deb, tekislikda tanlangan ixtiyoriy tartiblangan ikkita nokollinear vektorlarga aytiladi.
R2 fazoda tanlangan 0 nuqta va a1, a2 bazis birgalikda tekislikda Dekart koordinatalari sistemasi deyiladi (1-rasm).



1-rasm 2-rasm


Ixtiyoriy aЄR2 vektor tanlangan a1, a2 bazis vektorlari bo`yicha yagona usulda yoyilishi mumkin.


Haqiqiy real uch o`lchovli fazo (R3) bazisi deb, unda ixtiyoriy tan-langan uchta tartiblangan nokomplanar vektorlarga aytiladi.
R3 fazoda tanlangan 0 nuqta va a1, a2, a3 bazis birgalikda fazoda Dekart koordinatalari sistemasi deyiladi (2-rasm). Ixtiyoriy aЄR3 vektor tanlangan a1, a2, a3 bazis vektorlari bo`yicha yagona usulda yoyilishi mumkin.
n-o`lchovli haqiqiy arifmetik fazo (Rn) ortogonal bazisi deb, vektorlari juft-jufti bilan o`zaro ortogonal bo`lgan bazisga aytiladi.
Rn fazo ortonormallangan bazisi deb esa, har bir vektori normallangan ortogonal bazisga aytiladi.
n-o`lchovli n ta e1(1; 0; …; 0), e2(0; 1; …; 0), …, en(0; 0; …; 1) vektorlardan iborat ortonormallangan bazisga Rn fazo kanonik bazisi deyiladi.
Xususan, i(1; 0), j(0; 1) bazis R2 fazo kanonik bazisi deyilsa, i(1; 0; 0), j(0; 1; 0), k(0; 0; 1) bazis esa R3 fazo kanonik bazisi deyiladi.
Tekislikda (fazoda) ortonormallangan bazisli Dekart koordinatalar sistemasiga to`g`ri burchakli koordinatalar sistemasi deyiladi (9.3-rasm, 9.4-rasm).


3-rasm 4-rasm


Rn fazoda berilgan ixtiyoriy chiziqli erkli vektorlar sistemasini fazo bazisigacha to`ldirish mumkin.





Yüklə 99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin