Mavzu: Virusli gepatit Reja: 1.Virusli gepatit haqida tushuncha 2.Virusli gepatit va ularning oldini olish 3.Virusli gepatitdan qanday himoya qilish kerak? 1.Virusli gepatit - oʻtkir yuqumli kasallik; jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq yoki "pivo"ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga (gilvata rangiga) kirishi, jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi. V. g . deganda bir-biriga oʻxshash olti xil gepatit tushuniladi, bular A, V, S, D, Ye, G viruslari qoʻzgʻatadigan kasalliklardir. Ular yuqishiga qarab ogʻiz orqali (A, Ye) va parenteral yoʻl bilan yuqadigan (B, S, D, G) xillarga ajratiladi. A va Ye virusli gepatitlarda viruslar bemorning axlati orqali tashqariga chiqadi. Shuning uchun axlat, suv, oziq-ovqat mahsulotlari, bemor foydalangan buyum va narsalardan ifloslanish juda xavfli hisoblanadi. Parenteral yoʻl bilan yuqadigan V. g .lar shprits, igna va b. tibbiy asboblarni yetarli zararsizlantirmaslik oqibatida, shuningdek qon va qon preparatlari quyish hamda turli tibbiy muolajalar (ginekologik, stomatologik va b.) vaqtida yuqishi mumkin. V. g .lar davriy kechishi bilan harakterlanadi, uning yashirin, boshlangʻich, avj olgan, orqaga qaytish va sogʻayish davrlari ajratiladi. Kasallikning yashirin davri uning turiga qarab har xil: A va Ye virusli gepatitlarda 7 kundan 60 kungacha, parenteral yoʻl bilan yuqadigan xillarida 2 haftadan 6 oygacha, baʼzan 1 yilgacha davom etishi mumkin. V. g .lar yengil, oʻrta va ogʻir, shuningdek asoratsiz va asoratli, oʻtkir, surunkali hamda vaqt-vaqti bilan qaytalanib turadigan shakllarda kechadi; baʼzan aralash xillari ham kuzatiladi. Homilador ayollar va bolalarda kasallik ogʻirroq kechadi. V. g .larning shakli-shamoyili turlicha: grippga oʻxshash, dispeptik, astenovegetativ, artralgik alomatlar, aralash sindromlar bilan hamda latent (klinik belgisiz). Kasallik grippga oʻxshab boshlanganda bemor toʻsatdan qaltiraydi, eti uvishadi. boshi ogʻriydi, harorati koʻtariladi, aʼzoyi badani qaqshaydi, yoʻtaladi va h.k. Dispeptik alomatlar bilan boshlanganida bemor koʻngli aynib qusadi, meʼda sohasida bir oz ogʻriq boʻladi, baʼzan ichi ketadi; uning madori qurib, ishtahasi pasayadi, oʻng qovurgʻasi ostida ogʻriq paydo boʻladi. Astenovegegativ alomatlar bilan boshlanganda bemorning boshi aylanadi, ogʻriydi, koʻp terlaydi, oʻta injiq, yigʻloqi boʻlib qoladi. V.glarning boshlangʻich davri qanday sindrom bilan kechishidan qatʼi nazar, shu kasallikka xos 3 belgi kuzatiladi: 1) siydikning pivo rangida boʻlishi; 2) axlat rangining oqarishi; 3) koʻpchilik (deyarli 90%) hollarda jigarning kattalashishi.
Kasallikning "sariqlik davri" ham oʻziga xos tarzda kechadi. Koʻz oqi sargʻayishi bilan V. g .ning avj olgan davri boshlanadi; A shaklida bemor sargʻayishi bilan uning ahvoli ancha yengillashib tuzalinqiraydi. Parenteral yoʻl bilan yuqadigan V. g .larda, ogʻiz orqali yuqadiganlariga nisbatan sariqlik davri uzoqroq choʻziladi, bemor tezda tuzalavermaydi, darmoni quriydi, koʻngli ayniydi, baʼzi hollarda badani qichiydi (xolestatik xili). V. g .larning xiliga qarab uning klinik alomatlari turlicha namoyon boʻlishi mumkin: sariqsiz oʻtadigan shaklida pigment almashinuvi buzilmaganligi sababli bemor sargʻaymaydi, siydigi va axlatining rangi oʻzgarmaydi, qonda bilirubin miqdori meʼyorida boʻladi. Bilinar-bilinmas belgilar bilan oʻtadigan shaklida bemorning koʻzi qisqa muddat sal sargʻayadi, bilirubin miqsori ham tezda oʻz asliga keladi. Subklinik shaklida klinik belgilar deyarli kuzatilmaydi, uni faqat lab. tekshiruvlaridan bilish mumkin. V. g .ning virus tashib yuruvchilik shakli ancha murakkab, u yashirin holda kechib, bora-bora surunkali tus oladi. Kasallikning surunkali xili ancha ogir asoratlarga (oʻtkir jigar ensefalopatiyasi, gemorragik, shish-assitik sindrom va b.) sabab boʻlishi mumkin.
V. g . tashhisi (diagnozi) asosan bemordan olingan maʼlumotlar, kasallikka xos alomatlar, qon tahlili va b. asosida qoʻyiladi. V. g .ning boshlangʻich davri dispeptik, kataral va soxta revmatoid sindromlarda kuzatiladigan belgilarga oʻxshab ketganligi bois, uni ana shu kasalliklardan farqlay bilish lozim.
V. g .larning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga bekamu koʻst amal qilish, kasallikni oʻz vaqtida aniqlab, bemorni kasalxonaga yotqizish va u bilan yaqin boʻlganlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda u tutgan idish-tovoq va buyumlarni dezinfeksiya qilish muhim. Kasalxonadan chiqqan bemorlar maʼlum muddat dispanser nazoratida boʻlishlari lozim. Kasallikning oldini olish maqsadida A va V gepatitlarga qarshi vaksinatsiya qilinadi (emlanadi). U yangi tugʻilgan chaqaloqlarga, 2-marta esa 1 oyligida teri ostiga yuboriladi. Revaksinatsiya bola 6 oyligida oʻtkaziladi. Emlash natijasida 95% bolalarda kasallikka qarshi immunitet paydo boʻladi; epidemiologik jarayonlarga qarab kattalarga ham vaksina yuboriladi, u birinchi bor qilingandan keyin oradan 1 oy va 6 oy oʻtgach qayta emlanadi. Emlash natijasida immunitet paydo boʻlib, u 15— 20-yilgacha saqlanadi va kasallik tar-qalishining oldini oladi, virus tashuvchilik himoyalanadi. Profilaktika maqsadida bolalarga gammaglobulin (normal immunoglobulin) dan ukol qilinadi. Davolash asosan bemorning umumiy ahvoli va kasallikning klinik belgilariga qarab olib boriladi; yengilroq xilida deyarli dori-darmonlar berilmaydi, kun tartibi va parhezga (qarang Parhez bilan davolash) rioya qilish tavsiya etiladi. Kasallikning boshqa shakllarida ham parhez va kun tartibiga amal qilishdan tashqari, glyukoza, vitaminlar, tuzli eritmalar, qon hamda plazma va qon oʻrnini bosuvchi suyuqliklar, zarur hollarda gormonlar, antibiotiklar va h. k. buyuriladi. Bemorga vitaminlar, uglevodlar, oqsilga boy ovqatlar, shuningdek turli meva sharbatlari beriladi.
2.Bir-biriga о‘xshash olti xil virsli gepatit bо‘lib, bular A, V, S, D, E, G viruslari qо‘zg‘atadigan kasalliklardir.
Yuqishiga qarab, og‘iz orqali (A, YE) va parenteral yо‘l bilan yuqadigan (V, S, D, G) xillarga ajratiladi.
A va YE virusli gepatitlarda viruslar bemorning axlati orqali tashqariga chiqadi. Shu bois axlat, suv, oziq ovqat mahsulotlari, bemor foydalangan buyum va narsalardan ifloslanish juda xavfli hisoblanadi.
Parenteral yо‘l bilan yuqadigan virusli gepatitlar shprits, igna va boshqa tibbiy asboblarni yetarli zararsizlantirmaslik oqibatida, shuningdek, qon va qon preparatlari quyish hamda turli tibbiy muolajalar (ginekologik, stomatologik) vaqtida yuqishi mumkin.
Virusli gepatitlar davriy kechishi bilan xarakterlanadi. Uning yashirin, boshlang‘ich, avjolgan, orqaga qaytish va sog‘ayish davrlari ajratiladi.
Kasallikning yashirin davri uning turiga qarab har xil: A va YE virusli gepatitlarda 7 kundan 60 kungacha, parenteral yо‘l bilan yuqadigan xillarida 2 haftadan b oygacha, ba’zan 1 yilgacha davom etishi mumkin.
Virusli gepatitlar yengil, о‘rta va og‘ir, shuningdek, asoratsiz va asoratli, о‘tkir, surunkali hamda vaqt-vaqti bilan qaytalanib turadigan shakllarda kechadi.
Homilador ayollar va bolalarda kasallik og‘irroq kechadi.
Virusli gepatitlarning shakli-shamoyili turlicha: grippga о‘xshash, dispeptik, astenovegetativ, artralgik alomatlar, aralash sindromlar bilan hamda latent (klinik belgisiz).
Kasallik grippga о‘xshab boshlanganda bemor tо‘satdan qaltiraydi, eti uvishadi, boshi og‘riydi, harorati kо‘tariladi, a’zoyi badani qaqshaydi, yо‘taladi va h. k.
Dispeptik alomatlar bilan boshlanganida bemor kо‘ngli aynib qusadi, me’da sohasida biroz og‘riq bо‘ladi, ba’zan ichi ketadi, madori qurib, ishtahasi pasayadi, о‘ng qovurg‘asi ostida og‘riq paydo bо‘ladi.
Astenovegegativ alomatlar bilan boshlanganda bemorning boshi aylanadi, og‘riydi, kо‘p terlaydi, о‘ta injiq, yig‘loqi bо‘lib qoladi.
Virusli gepatitlarning boshlang‘ich davri qanday sindrom bilan kechishidan qat’i nazar, shu kasallikka xos 3 xil belgi kuzatiladi:
1) siydikning pivo rangida bо‘lishi;
2) axlat rangining oqarishi;
3) kо‘pchilik (deyarli 90 %) hollarda jigarning kattalashishi.
Kasallikning «sariqlik davri» ham о‘ziga xos tarzda kechadi. Kо‘z oqi sarg‘ayishi bilan virusli gepatitning avj olgan davri boshlanadi; A shaklida bemor sarg‘ayishi bilan uning ahvoli ancha yengillashib tuzala boshlaydi. Parenteral yо‘l bilan yuqadigan virusli gepatitlarda, og‘iz orqali yuqadiganlariga nisbatan sariqlik davri uzoqroq chо‘ziladi. Bemor tezda tuzalavermaydi, darmoni quriydi, kо‘ngli ayniydi, ba’zi hollarda badani qichiydi (xolestatik xili).
Virusli gepatit tashxisi, asosan, bemordan olingan ma’lumotlar, kasallikka xos alomatlar, qon tahlili va boshqa asosida qо‘yiladi.
Kasallikning boshlang‘ich davri dispeptik, kataral va soxta revmatoid sindromlarda kuzatiladigan belgilarga о‘xshab ketganligi bois, uni ana shu kasalliklardan farqlay bilish lozim.
Virusli gepatitlarning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish, kasallikni о‘z vaqtida aniqlab, bemorni kasalxonaga yotqizish va u bilan yaqin bо‘lganlarni tibbiy kо‘rikdan о‘tkazish hamda u tutgan idish-tovok va buyumlarni dezinfeksiya qilish muhim.
Shifoxonadan chiqqan bemorlar ma’lum muddat dispanser nazoratida bо‘lishlari lozim.
Kasallikning oldini olish maqsadida A va V gepatitlarga qarshi ltent emlanadi. U yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, 2-marta esa 1 oyligida teri ostiga yuboriladi.
Revaksinatsiya bola b oyligida о‘tkaziladi. Emlash natijasida 95 % bolalarda kasallikka qarshi immunitet paydo bо‘ladi.
Epidemiologik jarayonlarga qarab kattalarga ham vaksina yuboriladi, u birinchi bor qilingandan keyin oradan 1 oy va b oy о‘tgach qayta emlanadi.
Emlash natijasida immunitet paydo bо‘lib, u 15-20 yilgacha saqlanadi va kasallik tarqalshining oldini oladi, virus tashuvchilik himoyalanadi.
Davolash, asosan, bemorning umumiy ahvoli va kasallikning klinik belgilariga qarab olib boriladi. Yengilroq xilida deyarli dori-darmonlar berilmaydi, kun tartibi va parhezga rioya qilish tavsiya etiladi.
Kasallikning boshqa shakllarida ham parhez va kun tartibiga amal qilishdan tashqari, glyukoza, vitaminlar, tuzli eritmalar, qon hamda plazma va qon о‘rnini bosuvchi suyuqliklar, zarur hollarda gormonlar, antibiotiklar va h.k. buyuriladi. Bemorga vitaminlar, karbon suvlar, oqsilga boy ovqatlar, shuningdek, turli meva sharbatlari tavsiya etiladi.
3. Virusli gepatit A kasalligi – bu oʻtkir yuqumli jigar kasalligi boʻlib, qoʻzgʻatuvchisi gepatit A kasalligi virusi hisoblanadi. Har yili oʻn millionga yaqin odam ushbu kasallikka chalinadi.
Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar boshqalarga nisbatan koʻproq kasallanadi. Inkubatsion davri, yaʼni virusning organizmga tushishi va kasallikning ilk belgilari paydo boʻlishi 15 kundan 50 kungacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Kasallikning yuqish yoʻli alimentar yoʻl bilan – virus bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari, suv, oʻyinchoqlar va iflos qoʻl orqali yuqadi. Virus tashqi muhitga chidamli 60°C haroratgacha boʻlgan chuchuk va shoʻr suvda bir necha oylab saqlanishi mumkin. Gepatit A kasalligi jigar toʻqimalarini yalligʻlanish va nekrozli oʻzgarishlar va intoksikatsiya (zaharlanish) sindromlarini paydo boʻlishi, jigar va taloqni kattalashishi, jigar faoliyatining klinik va laborator buzilishlari, sariqlik belgilarining paydo boʻlishi, siydik rangini toʻq rangga kirishi va axlatni rangsizlanishi bilan xarakterlanadi. Kasallik klinikasida quyidagi simptomlar namoyon boʻladi: holsizlik va darmonsizlik, ishtaha yoʻqolishi, koʻngil aynish va qayt qilish, mushaklarda ogʻriq. Yashash va ish joylarining sanitariya jihatdan qoniqarsiz holatda boʻlishi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, aholining zichligi, oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash qoidalarini buzilishi, sifatsiz ichimlik suvidan foydalanish viruslarning koʻpayishiga sharoit yaratadi.