Mavzu: Vitaminlarning biokimyoviy va molekulyar biologik roli Reja



Yüklə 31,12 Kb.
səhifə3/3
tarix02.01.2022
ölçüsü31,12 Kb.
#40992
1   2   3
Vitaminsimon moddala

Vitaminsimon moddalar deb vitaminlarga o'xshash biologic xususiyatga ega bo’lgan, ammo ko‘p miqdorda ishlatiladigan moddalarga aytiladi. Vitaminsimon moddalarga essensial yog' kislotalar (vitamin F), ubixinon, holia, bioflavonoidlar, inozit lipoat kislota, kamitin, orotat kislota, pangam kislotasi, S-metilmetionin,
paraaminobenzoy kislotalari kiradi.

Ubixinon Ubixinon inson to'qim alarida mevalonat kislota va fenilalanin hamda tirozin almashinuvidan hosil bo‘lgan mahsulotlardan sintezlanadi. Nafas olish zanjirida proton va elektronlar tashilishida ishtirok etadi.

Uning taqchilligi insonlarda kuzatilmagan, ba’zi paytlarda unga bo‘lgan ehtiyoj ortadi. Essensiai yog’ kislotalar (vitamin F). Bu vitamin organizmda sintezlanmaydigan to‘yinmagan, ammo hayot uchun zarar bo‘lgan yog’ kislotalar yig‘indisi hisoblanadi. U ten epiteliysi o'sishi va regeneratsiyasi, prostaglandinlar sintezi uchun kerak. To'yinmagan yog’ kislotalami so'rilishi ingichka ichakda kechadi, qonda xilom ikronlar tarkibida tashiladi.

To'qimalarda biologic membranalar tarkibiga kiruvchi asosiy yog‘lar va bioregulyatorlar sintezida ishlatiladi. Vitamin F ning biokimyoviy funksiyalari prostaglandinlar bilan bog'liq bo‘lishi mumkin, to‘qimalarda u vitamin A zaxirasini ta’minlaydi va uni m odda almashinuvidagi ishtirokini osonlashtiradi. To'yinmagan yog' kislotalami biologik funksiyalarini saqlashda tokoferol muhim rol o'ynaydi (lipoperoksidatsiyalanishidan saqlaydi).

Vitamin F qonda holesterin miqdorini pasaytiradi. Vitaminga o‘simlik moylari boydir, bir kunlik ehtiyoji 5-10 g tashkil qiladi. Bioflavonofdlar (vitamin P)
Vitamin P (rutin, sitrin, o‘tkazuvchan vitamin) 1936-yilda A. Sent Derdi tomonidan limon po'stidan ajratib olish yo‘li bilan aniqlangan.

Avitaminoz P belgilari: qon-tomirlarning o‘tkazuvchanligi ortadi, natijada, qon quyilishi, qon ketishlar kuzatiladi; umumiy holsizlik, tez charchash va oyoq-qo‘llarda og‘riq kuzatiladi. Organizmda bioflavonoidlar fenol kislotalarígacha oksidlanadi. Asosan erkin yoki fenol kislotalar konyugatlari sifatida siydik bilan ajraladi. Bioflavonoidlar kapillyarlar mustahkamligini ta’minlaydi. Ular askorbin kislotalar bilan birgalikda biriktiruvchi to‘qimalarda kollagen sintezini, gialuronidaza fermentini ingibirlash orqali biriktiruvchi to‘qima asosiy moddasini stabillaydi, to‘qima nafas olishida ishtirok etadi.

Vitaminlar asosan sabzavot va mevalar tarkibidida mavjud. Bir
kunlik ehtiyoj m e’yori 25-50 mg. Para-am inobenzoy kislota (PABK) PABK mikroorganizmlami o‘sishi va rivojlanishi uchun muhim vazifani bajaradi. U folat kislota tarkibiga kiradi. PABK qushlami o‘sishi va rivojlanishi, melanin sintezi uchun kerak. PABK barcha oziq-ovqat mahsulotlarida bor. Ular ayniqsa, jigar, sut, tuxum, xamirturush tarkibida uchraydi.

Mioinozit biologik faollikka egadir. Inozit hamma to‘qimalardagi inozitfosfatlar, ayniqsa, nerv to'qimalari tarkibiga mansub. Ular biomembranalarda fosfat guruhlar almashinuvida qatnashadi, sitozoldaregulyatorlik vazifasini o‘laydi. Inozit lipotrop omil hisoblanadi, uchatsilglitseridlar to‘planishini oldini oladi va fosfolipidlar sintezini kuchaytiradi.

Inozit go‘sht va o‘simlik mahsulotlarida keng tarqalgan. Asosan, go‘sht mahsulotlarida miya, jigar, tuxum sarig‘i, non, kartoshka, yashil no‘xat, qo‘ziqorinda ko‘p uchraydi. Bir kunlik ehtiyoj miqdori 1,5-2 gni tashkil qiladi.
Orotat kislota Orotat kislota pirimidin asoslar va nukleotidlar sintezining
o'tmishdoshi hisoblanadi.

Uning biologik faol shakli orotidil-5-fosfatdir. Orotat kislota nukleotidlar va nuklein kislotalar sintezini oshirishi hisobiga oqsil sintezi, hujayra bo‘linishi, o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi. Orotat kislotasi go‘sht mahsulotlarda keng tarqalgan. S-m etilm etionin (vitamin U)Vitamin U metioninni metillashgan shaklidir.

U metii guruhlar donatori hisoblanib, to‘qim alarda holin va holinfosfatlar, kreatin va boshqa moddalar sintezida ishtirok eladi. Vitamin U antiulserogen modda hisoblanadi va klinikada keng qo'llaniladi.

Lipotrop xususiyatga ega. Vitamin U xom sabzavotlarda, ayniqsa, karamda ko‘p uchraydi. Karnitin Karnitin biosintezi jigarda kechadi, aminokislota lizin metillanishi hisobiga birnechabosqichlardan so‘ng hosil bo‘ladi. Biologik faol bo‘lib
kamiti hisoblanadi. Uzun zanjirli yog’ kislotalar va atsil guruhlami mitoxondrial membrananing lipid qavatidan o'tishini ta'minlaydi va shu sababli yog‘ kislotalar oksidlanishi hamda ulardan energiya hosil bo‘lishini boshqaradi.

Karnitin me’da osti bezini tashqi secretor funksiyasini faollash tiradi, sperm atogenez va sperm atozoidlar harakatchanligini ta’minlaydi, regeneratsiya jarayonlarini kuchaytiradi.

Odamlar mushagida karnitin miqdorini kam ayishi ularning bo'shashishi, distrofiyasi va mushak tolalarini noziklashishiga olib keladi. Karnitin keng tarqalgan modda, ayniqsa, go‘sht mahsulotlarda uning miqdori ko‘p. Bir kunlik ehtiyoj miqdori: 500 mg.

Lipoat kisiota Lipoatkislota ozuqa mahsulotlari bilan tushadi. To‘qimalarda lipoat fermentlarining apofermenti faol markazidagi lizinning NH4-guruhlari bilan kovalent bogianadi. Lipoat kislota piruvat, a-ketoglutorat va boshqa ketokislotalar oksidlanishidagi ferment komplekslar tarkibiga kiradi. Lipoat kisiota sut va go‘sht mahsulotlarida, xamirturushda ko'p uchraydi.

Pangam kislotasi (vitam in BJS) Pangam kislotasi glyukon kislotasining N -dim etilglitsin efiri hisoblanadi. Metioninga o‘xshash metil guruhlarni tashishda ishtirok
etadi, jumladan, xolin, fosfoholin va kreatin sintezida metillanish reaksiyasida ishtirok etadi. Lipotrop xususiyatga ega.

Pangam kislotasi barcha oziq-ovqat mahsulotlarida mavjud. Xolin Xolin ingichka ichakda oddiy diffuziya yoki past konsentratsiyada faol transport yo‘li bilan so‘riladi. Ichak devorida u fosforillanadi va xolinfosfatlarni hosil qiladi. Qonda lipoproteidlar tashkibida to'qimalarga tashiladi.

Hujayrada xolin fosfatidlar va atsetilbolin sintezida qatnashadi. Metil guruhlar donori, tran sm etillan ish reaksiyalarida ishtirok etadi. Lipotrop xususiyatga ega. Go‘sht va don mahsulotlari xolinga boydir. Qisman xolin ichak mikroflorasi tom onidan sintezlanadi.

Bir kunlik ehtiyoj miqdori 250-600 mg. Alim entar va ikkilam chi avitam inoz gipovitam inozlar Avitaminozlar - ovqat tarkibida qandaydir vitaminning bo'lmasligi yoki so‘rilishining buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasaltik turi hisoblanadi.

Gipovitaminozlar - ovqat tarkibida vitaminlaming kam qabul qilinishi yoki so'rilishining pasayishi natijasida kelib chiqadi. Alim eotara- va gipovitam inozlar ovqat farkibida vitaminlarning bo‘lmasligi yoki kam saqlanishi natijasida vujudgakeladilar.

Ikkilamchi a- va gipovitaminozlar vujudga keladi: a) vitamioning oshqozon-ichak yo‘lida yomon so‘rilishi natijasida; b) ba’zi fiziologik va patologik holatlarda vitaminlarga ehtiyoj ortganda (homiladorlik, emizish, tireotoksikoz, kaxeksik kasalliklar); d) ichakda mikroflora rivojlanishi natijasida vitaminlaming tez parchalanishi; e)jigar, oshqozon osti bezi kasalliklarida yog‘laming so‘rilishi bilan boradigan kasalliklarda yog‘da eruvchi vitaminlaming so‘rilishi ham buziladi. Oxirgi ikki o‘n yillikda ilgari ma’lum boim agan ko‘p sondagi irsiy kasalliklar ochilgan bo‘lib, ularning klinik belgilari avitaminozlami eslatadi.

U lar ilk yoshlik davrida rivojlanib, organizmning ma’lum bo‘lgan vitaminlar bilan ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Ba’zan kasallikni megavitamin terapiya bilan, ya’ni vitaminni fiziologik me'yorga nisbatan 50-100 barobar ko‘p berilganda davolash mumkin. Boshqa holatlarda kasallikni katta miqdorda vitaminni qabul qilish orqali ham davolab bo‘lmaydi (vitaminga rezistent holatlar).

Ular juda og‘ir kechadi va o ‘limga olib keladi. Vitamin D ga rezistent, vitamin D ga bog‘liq raxit, tiaminga bog‘liq megaloblastik anemiya, piridoksinga
bog’liq tutqanoq sindromi, peraitsioz anemiya va boshqalar tibbiy adabiyotlarda yoritilgan. To‘plangan klinik ma’lumotlar, genetik va bioximik tekshiruvlar
ushbu kasalliklami modda almashinuvining irsiy buzilishi hamda vitaminlar funksiyasining buzilishi bilan bogiiqligini ko‘rsatdi, ular tiamin, piridoksin, biotin, folat kislotasi, vitamina B |;, nikotin kislotasi, A, D, E, K vitaminlari va boshqalar uchun taalluqlidir. Xozirgi vaqtda bu kasallikiarning rivojlanishining asosiy sababi bo‘lib genetic yetishmovchiliklar ekanligi aniqlangan.

Ularning natijasidavitaminlaming so‘rilishi, nishon hujayralarga transport qilinishi,kofermentlarga aylanishi buzilgan. Ba’zi irsiy vitaminlar almashinuvi va funksiyasining buzilishi asosida ferment oqsil qismi sintezining buzilishi aniqlangan. Shuningdek, kofermentning spetsifik oqsil - apoferment bilan bog’lanishi, holoferment hosil bo'lishining buzilishi kuzatiladi.
Vitaminlaming ochilishi ko‘pgina yuqumli kasalliklami davolash va oldini olishda muhim rol o‘ynadi.

Chunki bakteriyalar o‘zining o‘sishi va ko‘payishi uchun vitaminlaming bo‘lishi, kofermentlami sintezlashga muhtojdir. Organizmga vitaminlar strukturanaloglarini - antivitaminlami, kiritish mikroorganizmlarni balok bo'lishiga olib keladi. Antivitaminlar odatda fermentlaming faol markazlarini bog‘lab olib, u yerdan vitaminlami (koferment) siqib chiqarib, ulaming raqobatli
ingibirlanishini vujudga keltiradilar. Antivitaminlar organizmga kiritilgandan keyin gipo-va avitaminozning klassik ko‘rinishini keltirib chiqaradigan moddalar kiritiladi.

Hozirgi vaqtda antivitaminlar 2 guruhga bo’lmadi:

1. Nativ vitamin tuzilishiga o'xshash bo‘lgan strukturaga ega bo‘lgan antivitamin.
2. Vitaminlar kimyoviy tabiatini o‘zgartiradigan yoki ulaming so‘rilishi, transport qilinishini pasaytiradigan antivitaminlar. Shunday qilib, ta’sir mexanizmiga bog‘liq bo‘lmasdan vitaminlar biologik faolligini pasaytiruvchi yoki umuman y o ‘qotuvchi moddalarga antivitaminlar deb aytiladi.

Qurilishi o'xshaydigan antivitaminlar tub
ma’noda antimetabolitlar boMib, apoferment bilan birikkanda noaktiv ferment komplekslarini hosil qiladilar. Vitaminlarning strukturasi o‘xshaydigan analoglaridan tashqari biologik tabiatga ega bo‘lgan antivitaminlar tafovut etiladi. Ularga tiaminaza 1 va 2 kiradi, tiamin molekulasi parchalanishini vujudga keltiradi, askorbatoksidaza, vitamin C ni parchalanishini katalizlaydi, avidin oqsili biotinni bog‘lab noaktiv kompleks hosil qiladi.

Ko‘pchilik antivitaminlar davolash vositalari sifatida bioximik va fiziologik jarayonlarga bevosita ta’sir etuvchi sifatida qo’llaniladi. Qon ivishiga qarshi preparat sifatida yog‘da eruvchi vitamin K antivitamini sifatida dikum arol, varfarin va trom eksan qo'llaniladi.
Yüklə 31,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin