Mavzu: Web- texnologiyalar va ularning informatika ta’limida tutgan o’rni Reja



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə2/5
tarix16.12.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#75593
1   2   3   4   5
3-mavzu. metodika

Virtual borliq – bu sun’iy hosil qilinadigan axborot muhiti bo’lib, u atrof-muhitni odatiy usulda tasavvurni turli texnik vositalar asosida hosil qilinadigan axborotlar bilan almashtirishga qaratiladi. Ta’limiy maqsadlarda virtual reallik vositalarini ishlab chiqishga qaratilgan axborotlarni vizuallashtirish vositalarini yaratish boshqa texnik vositalar yordamida erishib bo’lmaydigan pedagogik samarani berishi mumkin. Virtual borliq immersivlik va interfaollik tushunchalari bilan bog’liq. Immersivlik deganda odamning virtual borliqda o’zini faraz qilishini tushunish lozim. Interfaollik foydalanuvchi real vaqtda virtual borliqdagi obyektlar bilan o’zaro muloqotda bo’lib ularga ta’sir ko’rsatishga ega bo’ladi.
Virtual borliq turlari:

  • Passiv virtual borliq (passive virtual reality) - inson tomonidan boshqarilmaydigan avtonom grafik tasvirni tovush bilan kuzatilishi;

  • Tekshiriluvchi virtual borliq chegaralangan miqdorda foydalanuvchiga taqdim qilinadigan ssenariy, tasvir, tovushni tanlash imkonining borligi;

  • Interfaol virtual borliq treking vazifasini bajara oladigan maxsus qurilma yordamida yaratilgan dunyo qonunlari asosida virtual muhitni foydalanuvchi o’zi boshqara olishidir;

Treking virtual muhitdagi real obyektning joylashishi koordinatalarini (x, y, z) va uni fazoda joylashishi burchaklarini (a, b, g) berishga mo’ljallangan.
Virtual borliq tizimi deganda – biz imitatsion dasturiy va texnik vositalarni qabul qilamiz. Interfaollikni ta’minlash uchun, virtual tizim boshqaruvchi amallarni qabul qilishi kerak. Bu amallar ko’pmodallikga, ya’ni ko’z bilan ko’radigan, tovush orqali qabul qiladigan bo’lishi kerak. Bu amallarni amaliyotda bajarish uchun zamonaviy tizimlarda turli tovush va videotexnologiyalardan foydalaniladi. Masalan, katta hajmli tovush va videotizimlari, shuningdek odamning bosh qismiga o’rnatiladigan shlem va ko’zoynak displeylar, “hid sezadigan” sichqonchalar, boshqaruvchi qo’lqoplar, kibernetik nimchalar simsiz interfeys birgaligida ishlatiladi. Virtual borliqning insoniyat uchun ta’siri:

  • inson hayotini tashkil qilishda va tartibga solishda;

  • insonlar o’rtasidagi aloqaning yangi shakli;

  • hayotning asosiy sohalari siyosat, iqtisod, san’at va turizm sohalariga ijobiy ta’siri borligi;

  • virtual olam bilan inson o’zining tartib qoidalari va o’z muhitini yaratish mumkinligi;

  • hayot va virtual borliq o’rtasidagi aldanish mavjudligi.

Virtual borliqning rivojlanishida uch o’lchovli muhit va internet texnologiyalarining imkoniyatlarining rivojlanganligi katta ta’sir o’tkazdi. Natijada, turli sohalarda virtual reallik ishlatila boshladi. Masalan:

  • kino olamida 1982 yil yaratilgan TRON nomli rasmli film, bu sohadagi katta qadam bo’ldi. Hozirgi vaqtda virtual realliksiz bu sohani tasavvvur qilish qiyin.

  • 2009 yil BBS radiosi tomonidan yaratilgan virtual drama bu sohada ham kelajagi bor ekanligini anglatmoqda;

  • san’at sohasida 1970 yil David Em o’zining birinchi virtual ko’rgazmasi bilan ushbu atamani imkoniyatlarini ochib bergan;

  • musiqa sohasida ham elektron musiqa asboblari virtual reallik imkoniyatlaring mahsulidir.

Virtual reallikning yaratishda axborot texnologiyalarining kompyuter grafikasi, real vaqt rejimi va dasturlash texnologiyalarisiz shakllantirib bo’lmaydi. Bunda hozirda kompyuter grafikasining OpenGL, Direct3D, Java3D, va VRML kutubxonalaridan, dasturlashdan esa, C++, Perl, Java va Python tillaridan foydalanilmoqda.
Hozirgi kunda turizm sohasida virtual reallikning qo’llanilishi natijasija virtual sayohat tushunchasi paydo bo’ldi. Virtual sayohat – multimedia ilovalari asosida simulyatsilangan sayohat turidir. Bunda multimedia ilovalari sifatida matn, rasm, tovush, panorama, animatsiya va video vositalari ishtirok etishi mumkin. Birinchi virtual sayohat 1994 yil Dublay qasrida qirolicha Yelizabeta 2 tomonidan tashkillashtirilgan.
Virtual borliqni hozirda internet texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Internet – XX asr mo’jizasi. Kim orqada qolib ketsa, keyin virtual dunyo taraqqiyotiga yetolmaydi. Internet – insoniyat qabul qilishining yangi o’lchami. Uni egallash bir tomondan oson, ikkinchi tomondan murakkab. Uning osonligi shundaki, dasturlarning eng osoni oddiy brauzerdan (hammma kompyuterda mavjud bo’lgan “Internet Explorer” brauzerdan) foydalanishni bilsangiz kifoya. Internetni barcha xizmatlaridan foydalanish uchun bu dastur yetarli. Buning uchun, birinchidan, Internet xizmatlaridan foydalanish bo’yicha bilim va malaka talab qilinadi, ikkinchidan, tarmoqdagi xizmat va ma’lumotlar asosan horijiy tillarda berilgan. O’zbek tilida joriy qilingan xizmatlar, nashr qilingan ma’lumotlar hozircha ko’p emas.
Mavjud hayotdagi bor narsalar Internetda – umumjahon kompyuter tarmog’ida ham mujassam. Uni mukammal egallasangiz:xat yozib, javobini soniyalarda olasiz;tanishib, davra suhbatlar qurasiz, seminar, konferensiyalarda qatnashasiz;sirtqi o’quv yurtlarda ta’lim olasiz;til o’rganib, xorijiy matnlarni tarjima qilasiz, lug’atlardan foydalanasiz;ajoyib umumjahon ensiklopediyalaridan foydalanasiz; kitob, gazeta va boshqalarni o’qiysiz, uyingizda dunyo kutubxonasi bo’ladi;uyingizda o’tirib biznes va ijod bilan shug’ullanasiz;pulli va pulsiz amallar bajarasiz;dunyoga sayohat qilasiz;virtual (xayoliy) hayotga kirasiz va hokazo.
Xullas, Internetda ham hayotdagidek barcha voqea va hodisalarda real va virtual ishtirok etishingiz mumkin. Virtual borliq deb real dunyoni kompyuter simulyatsiyasi orqali yaratilgan muhitiga aytiladi. Virtual borliqning asosiy 3 ta xususiyati mavjud. Ular:

  • ta’sir doirasining kengligi;

  • yuqori vizuallashganligi;

  • uch o’lchovli muhit.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin