Mavzu: Xalq pedagogikasi-empirik bilimlar sohasi sifatida. Eng qadimgi yozma manbalarda ta'lim-tarbiya masalalarining yoritilishi



Yüklə 27,82 Kb.
səhifə1/2
tarix25.04.2023
ölçüsü27,82 Kb.
#102618
  1   2

Mavzu: Xalq pedagogikasi-empirik bilimlar sohasi sifatida. Eng qadimgi yozma manbalarda ta'lim-tarbiya masalalarining yoritilishi.

Zardushtiylik jahon dini sifatida Markaziy Osiyoda, yana ham aniqrog‘i Katta Xorazmda shakllangan. Prezidentimiz Islom Karimov o‘z asarlarida o‘zbeklar jahon maydonida kuni-kecha paydo bo‘lgan xalq emasligini, bizning millatimiz, xalqimiz qo‘hna Xorazm zaminida “Avesto” paydo bo‘lgan zamonlardan buyon o‘z hayoti, madaniyati, tarixi bilan yashab kelayotganini ilmiy jihatdan isbotlab berdi.


Tarixiy-ilmiy manbalarning ko‘rsatishicha, “Avesto”ning dastlabki matni 1000 fasldan, 21ta nask (kitob)dan iborat bo‘lgan. Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida yozishicha: “Podshoh Doro ibn Doro xazinasida Abistoning o‘n ikki ming hukiz terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtida uni kuydirib yubordi. SHuning uchun o‘sha vaqtdan beri Abistoning beshdan uch (ya’ni o‘n sakkiz naski) qismi yo‘qolib ketdi. Abisto o‘ttiz nask edi: majusiylar qo‘lida o‘n ikki nask chamasi qoldi…
Haqiqatda, pahlaviy tilidagi “SHahrixon Eron”, “Dikard” (III va IV jildlarida), “Bundahshi”, “Arda Virofnomak” va boshqa tarixiy manbalarda o‘n ikki ming oshlangan ho‘kiz terisiga oltin harflar bilan bitilgan “Avesto” kitobini Iskandar Maqduniy (Aleksandr Makedonskiy) Eronni Bosib olgach, yoqib yuborganligi haqida ma’lumotlar berilgan. SHuningdek, “Avesto”ning yo‘q qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘rta asr manbalari ham tasdiqlaydi. Masalan, Mas’udiy (vafoti 995 y.) o‘zining “Muruj-az-zihab” (“Oltin vodiy”) kitobida yozishicha,
Iskandar Makduniy Istahr shahrini o‘z tasarrufiga kiritgach, “Avesto” kitobidagi tibbiyot, falsafa, riyoziyot, nujum va boshqa fanlarga doir qism (matn)larni yunon tiliga tarjima qildirib, aslini olovda yoqib yuborishni buyurgan.
“Avesto”dan keltirilgan yuqoridagi dalillar shuni ko‘rsatadiki, zardushtiylik dini paydo bo‘lgan dastlabki paytlardanoq otashkada – ibodatxonalar qoshida maktablar tashkil etilib, kohinlar tomonidan bolalarning ta’lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Ularning ta’lim-tarbiya tizimi quyidagi tartibda amalga oshirilgan:

  1. diniy va axloqiy tarbiya;

  2. jismoniy tarbiya;

  3. v) o‘qish va yozishga o‘rgatish.

Bolalarga diniy tarbiya berish, asosan, 7 yoshdan boshlangan; o‘g‘il bolalar 7 yoshga to‘lganda, ularga oq ipakdan tikilgan “muqaddas kuylak” kiydirish marasimini jamoa oqsoqoli, kohinlar, ota-onalar ishtirokida o‘tkazish rasm bo‘lgan. SHu tariqa ta’lim tizimida ustoz-muallimlar hamda o‘quvchilar ham oq ipak matodan tikilgan chakmon ko‘ylak kiyib, ustidan 72 xil rangdagi harir ipakdan to‘qilgan belbog‘ bilan bellarini bog‘lab yurishlari shart bo‘lgan. Qish paytlarida ham asosiy libos ustidan “sidra”, ya’ni shu kiyimni kiyish odat tusiga kirgan. O‘g‘il bolalar bunday “muqaddas ko‘ylak” yoki “sidrapo‘shlik” udumini bajarish marosimi paytida kohin ustoz-muallim bilan bir safda quyoshga qarab sajda qilib turishgan. Kohin-muallimga qo‘shilib bolalar ham muqaddas “Avesto”dan ezgulik va yaxshilik ma’budasiga madadkor kuchlarni ulug‘lovchi qasamyodlarni takrorlashgan: “men zardushtiylik diniga sodiq bo‘lishga tantanali va’da beraman, men yaxshi fikrlar, yaxshi so‘zlar, yaxshi ishlarga ishonaman]. Zardushtiylik marosimi mashg‘ulotlaridan so‘ng esa bolalarga sovg‘alar ulashilgan. Bunday mashg‘ulotlar bir kunda Quyosh charaqlab turgan vaqtda besh marta o‘tkazilgan. Mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – bolalar qalbida yoshlikdan dunyodagi barcha yaxshilik va ezguliklarning bunyodkori, Oliy tangri Ahura-Mazdaga e’tiqodni mustahkamlash, insonlar boshiga jamiki yomonliklar va yovuzliklarni soluvchi Axura-Manu (Ahriman)dan nafratlanish hissini tarbiyalashdan iborat bo‘lgan. Sipiytmon Zardusht esa, “muallim – kohinlarning burchlari bolalarga ilmlarni yaxshilik yo‘sini ila o‘rgatib, yaxshi bilan yomonni ajrata oladigan qilish, to‘g‘ri yo‘lga hidoyat etishdir. Kimda-kim, aqlu farosat bilan yomonlikka qarshi kurashsa, u AhuraMazda yo‘lini tutgan bo‘ladi”, – deydi.
SHu tariqa Sipiytmon Zardusht “Avesto”ning “YAsht”larida bolalar ruhiyatiga rost so‘z, pok aqida halol niyatni singdiradigan ustoz-muallimlar peshvosi sifatida madh qilinadi: “Zero, Sipiytmon bu dunyoda YAzdon ta’limotiga quloq tutadigan
yagona odamdir. Faqat ugina “Mazda” va “Osha” surudlarini odamlar ongiga singdiradi. SHuning uchun unga komil aql va burro nutq berilgan.
YAxshi kohin-ustozlar yoshlar qalbida o‘z dini, xalqi, yurtiga mehr uyg‘otadi, ularni halol mehnat evaziga rizqu-ro‘z topib yashashga o‘rgatadi, nekbinlik, pokdomonlik, odamlarga faqat yaxshilik istash fazilatlari o‘quvchilarga donishmand ustozlardan yuqadi, yodgorlik bo‘lib qoladi. SHuning uchun ham ustozlarni shaharu qishloqlarda, butun mamlakatda ma’naviyatdan ta’lim beradigan Osha yo‘lin tutganliklari tufayli, xonadonlarga yangi ahkomlarni olib kiradigan, xalq ardog‘iga munosib toifalar sifatida olqishlaymiz!”
Oliy tangri g‘aflatdan yiroq, o‘z ilmiga, kasbiga sadoqatli, so‘zga chechanligi. Ishga uddaburoligi, mas’uliyatliligi va fidoiyligi bilan ajralib turadigan Zardusht ta’limotini o‘ziga singdirgan ustoz-muallimlarni yoqtiradi: “CHunki ular o‘z donoligi, xiradmandligi bilan YAzdonga yaqin kishilar hisoblanadilar, ular xalq qalbini haqiqat nuri bilan yoritadilar”. Demak, zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan har bir ustoz-muallim bolalarni haqiqat yo‘liga boshlamog‘i, yaxshilik yo‘lida rahnomolik qilmog‘i, yoshlar qalbiga hayotga muhabbat tuyg‘usini singdirmog‘i lozim.
SHuningdek, “Avesto”ning “YAsht”larida tanballigi, befarqligi, mas’uliyatsizligi, loqaydligi, farosatsizligi, uquvsizligi, bilimi va malakasini takomillashtirmasligi, oqibatida bolalar zehnini, ularning mustaqil tafakkurini o‘tmaslashtiradigan, ayni chog‘da, yoshlarning aqlini zanglatadigan, hayotga, mehnatga munosabatlarini susaytiradigan, iymon-e’tiqodini zaiflashtirib, ma’naviy jihatdan qashshoqlashtiradigan “yomon ustozlar” qattiq qoralanadi: “Rostini aytsam, yomon ustoz hayotni g‘amgin qiladi, johillarni ulug‘ sanab, buyuk ayolu erkaklarni YAzdon ne’matlariga etishishdan mahrum etadi. Undaylar o‘zlarining nodurust ta’limi bilan xalqni eng yaxshi yumushlardan bezdiradilar, noto‘g‘ri pandlar bilan xalqni tirikchilik yo‘lidan ozdirib, yomonlaydilar… Hayot chirog‘ini so‘ndiradilar. Tangri yo‘lidan qaytaradilar. O‘z nodonliklari bilan xalqni eng yaxshi xislatlardan yuz o‘girtiradilar, jahon xalqlari hayotini yolg‘on gaplar bilan parishon qiladilar”.
Zardushtning Oliy Tangri Ahura-Mazda bilan muloqotida ham yaxshi va yomon ustozlar haqida shunday deyiladi: “Noshud, yomon muallim o‘quvchi qalbidan xunarmandchilikni yo‘qotar ekan, Ey YAzdon, yomon ustozdan o‘zing asra”.
“Avesto”dagi ta’lim-tarbiya tizimida bolalarning zardushtiylik diniy e’tiqodini mustahkamlashga va ma’naviy kamolotini rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. Birinchi navbatda, bolalarga zardushtiylik dini asoslari, AhuraMazdaga iltijo va murojaatlar-u farzlar, Zardusht o‘gitlari puxta o‘qitilib, kalom bad’e asoslariga
suyangan holda “Gohlar” maxsus yodlattirilgan. Ikkinchidan, ehtiyoj va talablardan kelib chiqib, bolalarga riyoziyot, xandasa, falakiyot, tarix, falsafa, huquqshunoslik, gigiena, tabobat va boshqa fanlardan puxta saboq berilgan. Maktabda kichik yoshdagi bolalarni o‘qitish jarayonida ko‘rsatmali qurollardan, himoya qilish va suhbat-muloqat uslublaridan keng foydalanilgan. Dars jarayonida o‘quvchilardan o‘tilgan mavzuni shovqinsiz takrorlash, hamisha esda tutish talab qilingan, egallangan bilimni sinash maqsadida o‘quvchilarning bilim saviyasi muntazam baholanib borilgan.
O`rta Osiyoda tarbiya haqidagi qarashlar. Eng qadimgi yozma manbalar. Ko‘rinadiki, zardushtiylik ta’limotida ilm-ma’rifatning kuchiga qattiq e’tiqod qilingan va jamiyat hayotida ham oqibat natijada ilmu hikmat yutib chiqadi, deb hisoblangan. “Avesto”da yuqorida keltirilgan dalillar shuni ko‘rsatadiki, qadimgi ajdodlarimiz bolalarning faqat benuqson tug‘ilishiga va chaqaloqligidan jismoniy tarbiyasiga jidiy e’tibor beribgina qolmasdan shuningdek, ularning aqlan etuk bo‘lishiga, ya’ni ilmli bo‘lishiga, hikmat o‘rganishiga, ma’naviy sof bo‘lishiga, yaxshilik va ezgulik xislatlarini egallashlariga ham bevosita g‘amxo‘rlik qilishgan. Qisqasi, bolalarda axloqiy, aqliy, jismoniy, jinsiy xislatlarni, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik, vatanparvarlik, rostgo‘ylik, saxiylik fazilatlarini tarbiyalashga jiddiy e’tibor berilgan. Jismoniy va mehnatsevarlik tarbiyasidan nazarda tutilgan asosiy maqsad bolalarni jangovar harb ishiga va mehnatsevarlikka tayyorlashdan, jismonan zabardast qilib, mehnatda chiniqtirishdan iborat bo‘lgan. O‘g‘il bolalarga kurash tushish, otga suvliq solish, uni egarlash, mol boqish, urchitish va tug‘dirish, tuya-otlarni parvarishlash, ularni boshqara olish, yaylovlarda suruvni o‘tlatish, chorvani yirtqich hayvonlar va qaroqchilardan muhofaza qilish uchun 50dan ziyod harbiy qurolni ishlata bilish malakasini egallash majburiy bo‘lgan. Ularga yana chavandozlik va o‘ttiz ikki xil harbiy hunar o‘rgatilgan. SHuningdek, “Avesto”da qiz bolalar tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlanadi: “O‘g‘il bolalarga nisbatan qiz bolalar ilmu donish o‘rganishga jiddiyroq kirishsinlar. CHunki ular o‘zlari tug‘ilgan xonadonda ota ro‘zg‘orini tartibga solib, uyga ziynat berib yursalar, jufti haloli uyiga borgach, kelajak nasl, ya’ni farzandlari tarbiyasi, ta’limi bilan mashg‘ul bo‘lmoqlari lozim bo‘ladi”. SHu tariqa, qiz bolalar uchun yungdan urchuq bilan va charxda ip yigirish, matolar to‘qish, liboslar tikishdan tashqari, o‘g‘il bolalar bilan kurash tushish, chavandozlik, qlichbozlik qilish, qalqon tutib, o‘zini raqibidan himoya qila bilish, otda har xil g‘ovlardan sakrab o‘tish, suvda suzish, uzoqqa yugurish, nayza irg‘itish, kamondan o‘q otish va boshqa jismoniy-harbiy malakani egallash majburiy bo‘lgan. Ana shundan so‘ng qizlar – 15 yoshidan o‘g‘il bolalar – 16 yoshida oqsoqol boshchiligida jamoa oldida maxsus imtihondan o‘tkazilgan. Natijada balog‘at yoshiga etgan qizlar ro‘zg‘or yuritishni o‘rganib,
kadbonu”, ya’ni “uy bekasi”, yigitlar esa, “kad xudo” ya’ni “oila boshlig‘i” bo‘lish, cho‘pon cho‘lig‘ini olib, ot surish, tuya minib yurish huquqini qo‘lga kiritganlar. “Avesto”da qayd etilishicha, o‘sha davrlarda erkaklar bir nechta xotin olish huquqiga ega ekanlar. Erkaklar roppa-rosa 16 yoshidan boshlab uylanishgan. Hamma vaqt birinchi xotin boshqalariga bosh bo‘lgan6.
Bu davrda ta’lim-tarbiya tizimining sinfiy xarakterga ega bo‘lganligi sababli, diniy, axloqiy va harbiy-jismoniy tarbiyani amalga oshirish barcha tabaqadagi kishilarning farzandlari uchun majburiy bo‘lsa-da, ammo o‘qish, yozish, hisoblash (sanash)ni, davlatni boshqaruv asoslarini, ya’ni huquqshunoslikni, harbiy hunarni zodagonlarning bolalariga saroy va ibodatxonalar qoshidagi maktablarda tajribali ustoz-muallim kohinlar va mashhur lashkarboshilar puxta o‘rgatishgan.
Zardushtiylik ta’limotining axloqiy omillarini 
Yüklə 27,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin