Mavzu: Xalq pedagogikasi fan sifatida



Yüklə 238,39 Kb.
səhifə1/2
tarix16.09.2023
ölçüsü238,39 Kb.
#144392
  1   2
1 мавзу


Mavzu: Xalq pedagogikasi fan sifatida.

Reja:


  1. Xalq pedagogikasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va manbalari.

  2. Xalq pedagogikasi fanining asosiy maqsadi.

  3. Xalq pedagogikasi manbalari.


Insoniyat tarixining har bir bosqichida rivojlanish yo‘nalishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning metodologik birligi qonuniyati asosida belgilangan. Ushbu qonuniyat jamiyatda hukm surgan ijtimoiy-iqtisodiy qarashlar, g‘oyalar va ideallar asosida ijtimoiy ong shakllari bo‘lgan fan, san’at, madaniyat, ishlab chiqarish va turmush tarzi rivojlanishiga omil boigan. Shu tariqa tarixiy taraqqiyot davomida barkamol shaxsni tarbiyalash va voyaga yetkazish yuzasidan to'plangan boy ma’naviy meroslar xalq pedagogikasida o‘z ifodasini topib borgan. Demak, bo‘ig‘usi pedagog kadrlami tayyorlashda aynan shu ma’naviy meros - xalq pedagogikasining ta’lim-tarbiyaga oid asosiy g‘oyalari bilan tanishtirish orqali ularda pedagogik faoliyatda samarali foydalanishga zamin tayyorlaydigan bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlariga asosiy e’tibomi qaratishimiz zarurdir. Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbek xalqi va uning madaniyma’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida rivojlandi, tarbiya g‘oyalari turli davrlardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mohiyatini o'zida mujassamlashtirdi. Xalqimiz yaratgan ana shu ma’rifiy fikr va g'oyalar, ta’limtarbiyaga oid boy meros minglab avlodlarni umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyaladi. Demak, ajdodlarimiz merosi bo‘lgan xalq pedagogikasini xalq donishmandligi va odobnomasining nodir sohasi deyilishi bejiz emas. Xalq pedagogikasi asrlar davomida avlod-ajdodlarimizning axloqiy, ma’rifiy shakllanishi va kamolotida muhim o‘rin tutgan. Chunonchi, xalq o‘zining ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik qarashlari, falsafiyaxloqiy tushunchalari, hayotiy, ta’lim-tarbiyaviy xulosalarini xalq pedagogikasida aks ettirgan. Xalq pedagogikasining muhim yo‘nalishi milliy tarbiyani amalga oshirishdir, muhim xususiyatlaridan biri esa millatga xos bo‘lgan xususiyatlarning saqlanishini ta’minlash sanaladi. Shuni qayd etish kerakki, xalq pedagogikasidagi pedagogik qarashlar, allomalarimiz tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil 5 etish va o ‘qituvchining insoniy fazilatlari va kasbiy tayyorgarligi xaqidagi bildirilgan fikrlar hozirgi kunda ham o‘z qimmatini yo'qotmagan. Insoniyat jamiyatining barcha bosqichlarida barkamol shaxsni voyaga yetkazish dolzarb muammolardan biri b o iib kelgan. Xalqimiz pedagogik qarashlarining tahlili bu borada juda boy ma’naviy - ma’rifiy meros mavjudligini ko‘rsatadi. Demak, bo‘lg‘usi pedagogik kadrlami xalqimizning ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha to‘plagan boy ma’naviy-ma’rifiy meros va pedagogik qarashlari bilan tanishtirish ulaming kasbiy-pedagogik tayyorgarligini orttirishga zamin tayyorlaydi. Xalq pedagogikasining asosiy tadqiqot ob’ekti xalqimizning axloqiy, ta’lim-tarbiyaviy qarashlari bo'yicha to‘plangan boy ma’naviyma’rifiy meros va pedagogik g'oyalari bilan tanishtirish jarayoni sanaladi. Mazkur jarayonda quyidagilar o‘rganiladi: -xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy va milliy qadriyatlari; -oilada farzand tarbiyasi, tarbiya metodlari, usul va vositalari; -o ‘zbek xalqining axloqiy me’yorlari, muomala madaniyati; -xalq pedagogikasida tabiat va inson munosabatlari, sogiom turmush tarzining aks etishi; - buyuk mutafakkirlaming pedagogik g‘oyalari; - xalq og‘zaki ijodi va dostonlaming tarbiyaviy ahamiyati; -milliy urf-odatlar, marosimlar, an’analar, udumlar, xalq o‘yinlari va o ‘yinchoqlarining tarbiya vositasi sifatidagi o‘mi; -xalq pedagogikasida diniy ta’limotlar; -xalq pedagogikasida xalq amaliy san’ati, hunarmandchiligi va h. Xalq pedagogikasi fanining asosiy maqsadi - bo‘lg‘usi pedagogik kadrlarda pedagogik tafakkumi shakllantirish va kengaytirish, xalqimizning o ‘qitish jarayonini tashkil etish va tarbiya nazariyasi bo‘yicha to‘plangan boy ma’naviy-ma’rifiy merosi va pedagogik qarashlari, ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari bilan tanishtirish orqali ularning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini orttirishdir. Fanning vazifalari - xalq pedagogikasining ta’lim-tarbiyaga oid boy tajribasi, tarbiya usullari, insoniy fazilatlar va qadriyatlar, xalq pedagogikasining sharqona va turkona an’analari, ta’lim-tarbiya jarayonlarining xalq og'zaki ijodida, milliy urf-odatlarda, diniy ta’limotlarda ifodalanish masalalarini o ‘rganish hamda kelajak avlodga uning mazmun-mohiyatini tushuntirishdan iborat. O‘zbek xalqining o ‘tmishdagi tarixiy tajribasi, ma’naviy, madaniy, ijtimoiy hayoti, oilada farzand tarbiyasi bilan bog'Iiq masalalarni ilmiy 6 jihatdan to‘la bilish uning kelajakdagi taraqqiyot yo‘lini aniq belgilab beradi. Zero, o‘z elining murakkab tarixini, etnik xususiyatlari va pedagogik g‘oyalarini aniq bilish ma’naviy barkamollikni ta’minlovchi bir omildir. Yurtboshimiz I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida ta’kidlaganlaridek: «Mamlakatimizning istiqlol yo'lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talabi bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda». Bu esa bizdan boy ma’rifiy merosimizning bebaho manbalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida unumli foydalanishimizni taqozo etadi. I.A.Karimov o‘z asarlarida ajdodlarimiz qoldirgan boy milliy qadriyatlaming ahamiyati haqida ham alohida fikr bildirib: «Xalqimiz tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o‘zi bir hazina, bu hazinadan oqilona foydalanishimiz lozim», - deydi. Ana shu ma’naviy merosning bir ko'rinishi bo‘lgan xalq pedagogikasi obidalari faqat pedagogik xaqiqatlar majmuasigina bo'lib qolmay, balki xalqimiz unda o‘z ideallari hamda muhim didaktik prinsiplarini ham aks ettirgan. Shu o‘rinda turli xalqlar pedagogikasi bilan shug‘ullanuvchi etnopedagogika fani haqida to‘xtalib o‘tsak. Etnopedagogika - etnik guruhlarning ta’lim tarbiya borasidagi tajribalari, oila, urug‘, avlod, millatning qadimiy qadriyatlariga ma’naviy, botiniy va zohiriy qarashlari haqidagi fandir. U xalq pedagogikasidan zamonaviy sharoitlarda foydalanish yo'llarini ko‘rsatadi, etnik guruhlarning bu boradagi tajribalarini yig‘adi va tatbiq etadi. Boshqacha qilib aytganda, etnopedagogikani turli xalqlar tarbiyasining tarixi va nazariyasi sifatida ko‘rish mumkin. Barcha xalqlarda benazir aql, xushmuomalalik, mardlik, xaqgo'ylik, mehnatsevarlik, Vatanga muhabbat, xalqiga sodiqlik kabi xislatlar yuqori baholanadi. Etnopedagog G.N.Volkovning ta’kidlashicha, «Наг bir xalqning kuchli va o‘ziga xos jihatlarini ta’kidlovchi stereotip tavsiflar hozirgi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas»
2. Nemischa batartiblik, amerikacha ishbilarmonlik, fransuzcha xushmuomalalik, inglizcha rasmiyatchilik, o‘zbekcha mehmondo‘stlik kabi ijobiy fazilatlar shular jumlasidandir.
O‘tmishning buyuk pedagoglari xalqning pedagogik qarashlari va pedagogik tajribalami o‘rganishga juda ko‘p e’tibor berganlar. Klassik pedagoglaming ta’kidlashicha, xalq pedagogikasi tarbiya haqidagi fanni boyitadi, uning tayanchi va asosi bo‘lib xizmat qiladi. Xalq pedagogikasi o‘z navbatida etnopedagogikaning predmetidir. U pedagogik fanlaming yuzaga kelishi va rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Badiiy adabiyotning yaratilishi bilan og‘zaki ijod bartaraf etilmagani kabi pedagogik fanlar ham xalqning kundalik hayotidan pedagogik qarashlami siqib chiqara olmadi. Pedagogik fanlar va xalq pedagogikasi o‘zaro munosabatga kirishdi, bir-birining rivojlanishiga yaxshi ta’sir qildi va buning natijasi o ‘laroq pedagogik madaniyat vujudga keldi. Xalqlaming pedagogik madaniyati bilan juda qiziqqan rus yozuvchisi V.G.Belinskiy: «Наг bir millatning o‘ziga xosligi, asosan faqat shu millatga xos dunyoqurash, din, til, urf-odatlar va an’analardir», - deydi. 0 ‘tmishda yig‘ilgan ma’rifiy boyliklami buyuk faylasuf Gegel «o‘zidan kuch taratuvchi ona yer» bilan taqqoslagan. Uning ta’kidlashicha, «ilm-fan va ta’limning har bir yangiligi uning qadimiylikka murojaatidan kelib chiqadi». Demak, madaniyatning, jumladan pedagogik madaniyatning an’anaviyligi xalqlaming yuqori madaniyatining muhim belgisidir. Buyuk alloma Abu Nasr Forobiy: «Xalqlaming o‘z qadimiy madaniyatiga e’tibori va qiziqishning uyg‘onishi ulaming xaqiqiy donoligidan dalolatdir»,3 - deydi. Demak, xalq pedagogikasi xalq ommasining turmush faoliyati jarayonida to‘plangan va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan tarbiya borasidagi tajriba va bilimlari yig‘indisidir. Folklorshunos T.Mirzaev ta’rifi bilan aytganda: «Xalqimiz antik davr va o‘tgan asrlarning klassik epopeyalari - «Iliada» va «Odisseya», «Maxobxorat» va «Ramayana», «Igor jangnomasi» va «Shohnoma», «Manas» va «Jangar» kabi shoh asarlar bilan bellasha oladigan va ular bilan teng turgan hayratomuz dostonlarga, rang-barang ertaklarga, xalqning hayot tajribalarini o‘zida mujassamlashtirgan ajoyib maqol va matallarga, juda ko‘p topishmoqlar, latifalarga egaki, bular ma’naviy boyligimiz, zo‘r iftixorimizdir»4. 0 ‘rta Osiyo xalqlari, shu jumladan o‘zbek xalqi boshqa xalqlar kabi moddiy-ma’naviy boyliklar yaratuvchi ijodkor xalq. Ko‘p qirrali tarixiy va boy madaniyatning ajralmas qismi bo‘lgan xalq pedagogikasini o‘rganish orqali kamolotga erishgan ajdodlarimiz, buyuk allomalarimizning ilm-fan, san’at va adabiyot sohasidagi durdonalari uzoq asrlar davomida jahon madaniyati xazinasidan o‘ziga munosib o‘rin egallagan. «Xalqimizning ma’naviy madaniyatidan biri bo‘lgan xalq pedagogikasining eng ilg‘or va eng noyob fikr va mulohazalari, tarbiya borasida qoMlanib kelingan usul, vosita, ko'nikma va malakalar bizning zamonamizda ham o‘z qimmati va ahamiyatini yo^otmagan»3. Xalq pedagogikasi tom ma’nosi bilan umuminsoniy, xalqchil pedagogikadir. Uni xalqlar tarixi, xalq falsafasi, psixologiyasi, etnografiyasi, va xalq tibbiyotidan tashqarida tasavvur qilib boMmaydi. Shuningdek, xalq pedagogikasi o‘zining udumshunoslik, elshunoslik, qadrshunoslik, ruhshunoslik, mumtoz adabiyot, san’at, og‘zaki ijod kabi fan sohalaridagi eng yaxshi namunalami, hayotning, tafakkurning, odobahloq, ta’lim-tarbiyaning hamma jabhasini qamrab oladi. Xalq pedagogikasining bunchalik ta’sir kuchi, ahamiyati va yashovchanligining boisi, «birinchidan uning hayotiyligi, ta’sirchanligi, serqirra, serma’noligida bo‘lsa, ikkinchidan, uning bevosita xalq tomonidan mavjud hayot jarayonida jonli an’analarda yaratilishi, hayot, inson muammolarini qamrab olishi, tarbiyaning eng dolzarb masalalari yechimini hal qilishga qaratilgani, uchinchidan, umuminsoniy yo‘nalishga, umumbashariy g‘oya maqsadlarga qaratilganidadir»6. Vatanimizga mukammal, axloqan pok, har tomonlama yetuk, o ‘z xalqi va vataniga fidoiy, jismoniy barkamol yoshlarni tarbiyalashda xalq pedagogikasining barcha imkoniyatlaridan foydalanish masalalari mazkur fanni o‘rganish maqsadini belgilab beradi. Chunonchi milliy va ma’naviy qadriyatlar mohiyatini kelgusi avlodga tushuntirish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumki, qadriyatlami yaratuvchi ham, avloddan-avlodga yetkazuvchi ham xalqning o‘zi. Shu bois ham xalq pedagogikasida qadriyatlar pedagogik jihatdan keng o‘rganiladi, bunda ular quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: oilaviy qadriyatlar, mehnat qadriyatlari, maishiy turmushni ifodalovchi qadriyatlar, ijtimoiysiyosiy mazmundagi qadriyatlar, madaniy-ma’rifiy qadriyatlar, badiiyestetik qadriyatlar, sog‘lom turmush tarziga oid qadriyatlar, ma’naviyruhiy qadriyatlar. Oilaviy qadriyatlar oila va oila a’zolari tomonidan qadrlanadigan o‘zaro munosabatlar, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish, qarindosh-urug'lar o ‘rtasidagi mehr-oqibat kabilami qamrab oladi.
Sog1 lom turmush tarziga oid qadriyatlarga esa xalqimizning o‘z farzandlarini sog‘-salomat, mard va vatanparvar bo‘lib yetishishida qoilaniladigan tarbiya usullari kiradi. Badiiy-estetik qadriyatlarga xalq amaliy san’ati, hunarmandchiligi, musiqa, raqs, qo‘shiqchilik, tasviriy san’at, milliy bayramlar, urf-odatlar, an’analar, to‘y-tomoshalar, motam marosimlari, kiyinish madaniyati va boshqalarni kiritish mumkin. Ma’naviy-ruhiy qadriyatlar mehnatsevarlik, insonparvarlik, mehrmuruvvat, saxovat kabi xislatlardan iborat bo‘lsa, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar adolat, tinchliksevarlik, erkinlik, do‘stlik, tenglik kabi tushunchalami o‘z ichiga oladi. Mehnat qadriyatlariga hunarmandchilik, dehqonchilik, chorvachilik kabi sohalar kiradi, inson maishiy turmushiga oid qadriyatlar esa milliy taomlar, xalq tabobati, sharqona mehmondo‘stlik kabilami qamrab oladi. Madaniy-ma’rifiy qadriyatlarga turli yodgorliklar, maqbaralar, tarixiy ansambllar, masjidlar, madrasalar kiradi. Ilmiy-ma’naviy qadriyatlarga esa insoniyat rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy manbalar, mantiq, falsafa, riyoziyot, handasa(geometriya), jabrumuqobil (algebra), jug‘rofiya, ilmi nujum(astronomiya), adabiyot, ulum alislom(islom ilmi) kiradi. Demak, yuqorida ta’kidlaganimizdek, xalq pedagogikasi xalqimizning qahramonona o‘tmishi, milliy qadriyatlari, tarixi, urf-odatlari, ta’lim-tarbiyadagi ilg‘or g‘oya va tajribalarini o‘zida aks ettiradi. Ana shu bebaho merosni o‘rganish va undan o ‘quv tarbiya jarayonida foydalanish uchun avvalo xalq ommasi to‘plagan pedagogik ma’lumotlar, bilimlar, ko‘nikma va malakalar qanday manbalardan olinishini bilishimiz kerak. Zotan, xalq pedagogikasi manbalarida qator o‘ziga xoslik va takrorlanmaslik mavjuddir (Chizmaga qarang). Etnopedagogika fanining asoschilaridan biri G.N.Volkovning quyidagi ta’rifi xalq pedagogikasi manbalari haqida yorqin tasaw ur uyg'onishiga yordam beradi: «Xalq pedagogikasi - xalq og'zaki ijodida, urf-odatlarida, marosimlarda, bolalar o‘yinlari va o‘yinchoqlarida va hokazolarda saqlanib qolgan pedagogik ma’lumotlar va tarbiya tajribasining majmuasidir».7 O‘zbek xalq pedagogikasi o‘z tarbiya borasidagi tajribalarini quyidagi manbalarda aks ettiradi: 1. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi (folklori). 2. Milliy urf-odatlar, an’analar va marosimlar. 3. Xalq o‘yinlari va o ‘yinchoqlari.
4. Diniy ta’limotlar. 5. Xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi. 6. Milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati. 7. Tasviriy san’at. 8. Tarixiy yodgorliklar va milliy me’morchilik. 9. Xalq raqs san’ati (xoreografiyasi). 10. 0 ‘rta Osiyo va o‘zbek xalqi mutafakkirlarining asarlari.

1. O‘zbek xala og‘zaki iiodi Xalqimiz o‘z tarixiy ijtimoiy taraqqiyoti mobaynida boy og‘zaki ijod merosini yaratgan. Xalq og‘zaki ijodi qadim zamonlardan buyon xalq pedagogikasining tarbiya vositalaridan biri bo‘lib kelgan. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining barcha janrlari, jumladan, afsonalar, asotirlar, rivoyatlar, ertaklar, naqllar, latifalar, loflar, xilma-xil qo‘shiqlar, allalar, termalar, maqollar, matallar, topishmoqlar, dostonlar, askiyalar, aytishuvlar, tez aytishlaming tarbiyaviy imkoniyatlari cheksizdir. Barkamol shaxsni shakllantirishning hamma tarkibiy qismlari, ya’ni aqliy, axloqiy, jismoniy mehnat, nafosat tarbiyasiga oid 11 ajoyib ma’lumotlar o‘zbek xalq og‘zaki ijodining barcha janrlarida o‘z ifodasini topgan. 2. Milliv urf-odatlar. an’analar va marosimlar. Milliy urf-odatlar, an’analar, marosimlar zamirida katta tarbiyaviy imkoniyatlar mavjud, zero ularning barchasi ajdodlarimizdan qolgan madaniy meros sanaladi. Milliy to‘ylar, ommaviy bayram - sayllar, sharqona va turkona an’analar, hayit bayramlarida xalqimizning o‘ziga xosligi yorqin aks etadi. 3. Xalq o‘vinlari va o‘vinchoalari. O‘zbek xalq o‘yinlari o‘zlarining serharakatligi, chidamlilikka o'rgatuvchanligi, chiniqtiruvchi harakatlardan iboratligi bilan ajralib turadi. Xalq o‘yinchoqlarida xalqning turmushi, uning qadriyatlari va orzu istaklari ustalik bilan tasvirlangan. 4. Diniv ta’limotlar. Islom dinining muqaddas manbalari bo‘lgan «Qur’oni Karim», hadis va boshqa diniy ta’limotlarda odob-axloqqa, insoniylikka oid qimmatli pedagogik g‘oyalar ilgari surilgan. 5. Xalq amaliv san’ati va hunarmandchiligj. Xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligining sohalari xalq moddiy hayotining ko‘zgusi va ijtimoiy hayotining aksi bo‘lib, o‘quvchilarda nafosat his-tuyg‘ularini shakllantiradi. 6. Miliv musiqa va qo‘shiqchilik san’ati. Musiqa ma’lum darajada hayotni va davrni aks ettiradi. Jumladan, o‘zbek musiqa va qo‘shiqchilik san’ati xalqimizning turmushini, uning orzu-istaklarini o ‘zida mujassamlashtirgan. 7. Tasviriv san’at. Xalqning hayoti, u turmush kechirayotgan tabiiy sharoit, insoniy obrazlar ma’lum darajada pedagogik bilimlar va ma’lumotlarni ifodalab bergan. 8. Tarixiy vodgorliklar va milliv me’morchilik. Har bir tarixiy yodgorlik zamirida xalqning ma’lum davrdagi tarixiy taraqqiyoti va ijtimoiy hayoti yotadi. Har bir tarixiy obidalar yoshlarda vatanparvarlik hissini, bunday betakror obidalami yaratgan ajdodlar bilan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otadi. 9. Xalq raqs san’ati. 0 ‘ziga xos ma’noni anglatuvchi chiroyli, mutanosib harakatlar nafosat tarbiyasining muhim vositalaridan biri bo‘lib kelgan. 12 10. Q‘rta Osivo va o‘zbek xalqi mutafakkirlarining asarlari. Buyuk allomalarning asarlarida ilg‘or pedagogik fikrlar, qarashlar va g‘oyalar ifodalangan bo‘lib, ularni o‘zbek xalqi tarbiya madaniyatining tarkibiga kiritish juda o‘rinlidir. Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari deganda xalq tarbiya tajribasidan joy olgan eng ilg‘or pedagogik bilimlar, malaka va ko‘nikmalar, zamonaviy o‘quv dargohi va oila tarbiyaviy tizimida yoshlarni tarbiyalash maqsad va vazifalarini hal etish uchun qulay shartsharoitlami yaratish tushuniladi. Masalan, xalq maqollarining tarbiyaviy imkoniyatlari tarbiyaning asosiy maqsadidan kelib chiqadi. Tarbiyaning asosiy maqsadi esa har tomonlama yetuk inson, yuksak ma'naviyatli shaxsni shakllantirishdir. Chunonchi, xalq pedagogikasi qadriyatlari ma’naviy yetuk, malakali mutaxassislarni tayyorlash, barkamol shaxs tarbiyasi hamda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish imkoniyatlarini yaratib beruvchi manbadir. Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari deganda xalqning yoshlarga bilim va amaliy ko‘nikmalar berish, ularni ijodiy ishlash uslublari bilan qurollantirish, dunyoqarashlarini o‘stirish, axloqiy nafosat g‘oyalarini egallashlarida qo‘llab kelgan empirik pedagogik tajribasini zamonaviy milliy ta’lim jarayonida qoMlash uchun qulayligi tushuniladi. Masalan, milliy amaliy san’atga o‘rgatish uslubiyotini xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari doirasiga kiritish mumkin. Xususan, ganch va yog‘och o‘ymakorligi, zardo‘zlik, musiqa asboblarini yasash, kulolchilik va boshqa amaliy san’at turlarini egallashning xalq ustalari va chevarlari tomonidan tajribada yaratilgan o‘z usullari, uslub va vositalari mavjud. Nazariy bilimlami o'zlashtirishda kundalik hayotdagi tanish hayotiy voqealarni misol tariqasida qoMlash o‘quvchilarning faolligini oshiradi, bilimlarini mustahkamlaydi va dunyoqarashini kengaytiradi. Xulosa qilib aytganda, milliy ta’lim-tarbiya xalq pedagogikasi an’analari asosida o‘qitish va tarbiyalashdan boshlanadi. Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlaridan ta’lim-tarbiya tizimining barcha tarkibiy qismlarida foydalanish mumkin. Milliy tarbiya an’analarining didaktik imkoniyatlari asosan o‘qitish jarayonida qo‘llaniIadi. Ko‘pgina fan o‘quv dasturlari va darsliklarida xalq donishmandligidan olingan va boy tarbiyaviy ahamiyatdagi mavzular hamda o‘quv materiallari berilgan. Buni maktabning boshlang‘ich sinfidan tortib to oliy ta’limning bakalavriat va magistratura yo‘nalishlaridagi fanlami 13 o‘rganishda ko‘rish mumkin. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi « O‘zbek tili», «Vatan adabiyoti» kabi darsliklarida atroflicha yoritilgan xalq og‘zaki ijodiyoti, o‘zbek adabiyoti klassiklari asarlari xalq pedagogikasi manbalari sifatida chuqur tarbiyaviy imkoniyatlarga ega. Xalq og‘zaki ijodi namunalari va o‘zbek mutafakkirlari asarlari bilan yoshlami tanishtirishda o‘qituvchi yorqin badiiy obrazlarga asosiy e’tiborini qaratishi zarur. 0 ‘quvchilar esa bu obrazlami qabul qilishlari, tushunishlari va his etishlari kerak. Zero, badiiy obraz orqali o ‘quvchilarda turli hissiyotlarni vujudga keltirish mumkin. Masalan, «Farhod va Shirin» dostonini o‘rganishda Farhodning jasoratli mehnatiga tan berish, Shirinning vafodorligi va go‘zalligiga lol qolish, Xisravning yovuzligi va makkorligiga g‘azablanish kechinmalari uyg‘otiladi. O‘zbek tili darsliklarida o‘zbek adabiy tili me’yorlarini o‘rganishda, grammatik qoidalarni egallashda chuqur tarbiyaviy ahamiyatga ega boigan folklor asarlari, ya’ni dostonlar, rivoyatlar, qo‘shiqlar, ertaklar, maqollar, naqllar, hikmatli so‘zlar va hokazolardan tuzilgan misollardan iborat mashqlar qoilaniladi. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o'tiladigan tarix darslarida turli tarixiy davrlarda xalqimizning milliy urf-odatlari va an’analari, me’morchiligi va amaliy san’ati, hamda fan va madaniyatning boshqa sohalari qanday rivojlanganligi haqidagi qator bilimlar o‘zlashtiriladi. Bunday bilimlar o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytiribgina qolmay, ularda axloqiy nafosat xususiyatlarini shakhantirishga, vatanparvarlikni tarbiyalashga ko‘maklashadi, ya’ni xalq tarixi - milliy ongning bir bo‘lagi sifatida o‘quvchilarning har tomonlama yetuk inson bo‘lib shakllanishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Biz o‘zbek tili, adabiyoti, tarix darslari misolida gumanitar fanlar mazmunida xalq pedagogikasini qoMlashning imkoniyatlari haqida so‘z yuritdik. Lekin aniq fanlami o‘qitishda ham o ‘quv materiali mazmunining tarbiyaviy xususiyatlarini aniqlash va ulardan yoshlar tarbiyasida foydalanishga ko‘proq ahamiyat berish talab etiladi, zero barkamol shaxsni shakllantirish uchun tarbiyaga kompleks yondashish zarur. Avvalo, aniq fanlarda darsning didaktik maqsadlarga erishishining o‘zi o‘quvchilar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Aniq fanlami o ‘qitish jarayonida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishning asosiy vazifalaridan biri - o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdir. Masalan, fizika, biologiya, geografiya va boshqa aniq fanlar bo'yicha darslar davomida aniq tabiiy qonuniyatlar, hodisalar, jarayonlami tushuntirish orqali ulardagi eng umumiy belgilar, sifatlar va xossalar 14 yoritib beriladi. Jumladan, fizika darslarida materiya haqida tushuncha berishda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan biri - topishmoqlardan keng foydalanish mumkin. 0 ‘quvchilarga fizik hodisalar yoki osmon jismlari haqida topishmoq tarzida aytib berish havola etiladi. Masalan: Ko‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas. (Osmon) U zoqtog‘d a o ‘tyonar. (Quyosh) Shu o‘rinda U.Gadoyboev, K.Yoidoshevlarning «Fizika darslarida xalq maqol va masallaridan foydalanish» xususidagi maqolasiga murojaat etish mumkin.8 Astronomiyani o‘rganishda buyuk alloma Mirzo Ulug‘bekning hayoti va asarlari, biologiya darslarida Abu Ali Ibn Sino asarlari, matematikada Al-Xorazmiy, Umar Hayyomning hayoti va asarlarini, falsafiy she’rlar bilan qo‘shib o‘rganish ham katta samara beradi. Aniq fanlar, xususan iqtisodiyotga oid fanlarni o‘qitishda avloddan -avlodga o‘tib kelayoigan xarid qilish, mahsulotni xaridorgir qilib tayyorlash, raqobatga bardosh berish, savdo usullari, tejamkorlik haqidagi ma’lumotlami o‘zbek xalq maqollari, diniy ta’limotlar, hadislardan namunalar keltirib berilsa, yoshlaming g‘oyaviy-siyosiy va iqtisodiy tarbiyasi samarali bo‘ladi. Shu o‘rinda barcha fanlarni o‘qitishda mehnat tarbiyasining ham o‘mi katta ekanligini ta’kidlash joiz. Yoshlarda ijtimoiy foydali mehnatga hurmatni tarbiyalash, ya’ni uni mehnat qilishga ruhan tayyorlash o‘zgalar mehnatini e’zozlash, ularda mehnatsevarlik, chidamlilik, tirishqoqlikni shakllantirish - mehnat tarbiyasining asosiy vazifalaridan biridir. Bunda buyuk allomalar asarlariga murojaat etish ham o‘rinlidir. Jumladan, Forobiyning «Buyuk ishlarning naqllaridan» asarida shunday yozilgan: «Qiyinchilik va tajribasizlik barcha xulqiy va fikriy fazilatlar oldida ko‘ndalang turadi, umuman, har qanday hunami o‘rganishda o‘ziga yarasha qiyinchilik bor».9 Shu o‘rinda yoshlaming yosh xususiyatlarini hisobga olib, mehnatsevarlik haqidagi xalq og‘zaki ijodi namunalaridan ko‘plab misollar keltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yoshlaming bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilishda ham xalq pedagogikasi manbalaridan unumli foydalanish mumkin. Bunda o‘quv fanlari bo‘yicha turli to‘garaklar, tematik kechalar, muloqotlar, savoljavob kechalari, tanlovlar, olimpiadalar, sayohatlar, «Quvnoqlar va zukkolar» bellashuvlarini tashkil qilish lozim. Xalq pedagogikasi asosida tashkil qilinadigan yuqoridagi kabi tadbirlaming yagona talabi: mashg‘ulotlar ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan va mazmuni hayot bilan bog‘liq boMishi hamda tizimli olib borilishi, mashg‘ulotlarda yoshlar faoliyati xilma-xil va yangi ma’lumotlar, bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni egallashdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Axloqiy mavzuda o‘tkaziladigan munozaralar, savol-javob kechalari, yoki o‘zbek xalqi tarixi va madaniyati bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar o‘quvchilarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashga katta imkoniyatlar yaratadi. Xususan, pedagogika va psixologiya mutaxassisligini mukammal egallashda ham xalq pedagogikasining o‘rni beqiyos, «Pedagogika tarixi», «Pedagogik konfliktologiya», «Oila pedagogikasi», «Pedagogik korreksiya», «Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi», «Ijtimoiy pedagogika» kabi pedagogika yo‘nalishidagi hamda psixologiya tsiklidagi qator fanlarni o‘qitishda ham xalq pedagogikasi manbalaridan unumli foydalanish mumkin. Bu esa har bir fan o‘qituvchisidan o ‘z kasbiga, mehnatiga vijdonan yondashishni va uning shaxsiy namunasini talab qiladi. Zero, o‘zbek xalq pedagogikasi, uning manbalari, tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlarini har bir fan o‘qituvchisi avvalo o‘zi yaxshi o‘zlashtirib olishi, bunda fanni o‘qitish metodikasi bo'yicha egallagan bilim va ko‘nikmalariga asoslanishi lozim bo‘ladi.



Yüklə 238,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin