XALQARO MOLIYA JAXON TARAQQIYOTIDA O\'RNI VA AHAMIYATI
Xalqaro tashkilotlar moliyasi va xalqaro moliyaviy institutlar Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar (XIT) xalqaro bitim asosida ma’lum iqtisodiy aloqalarni (valyuta, kredit, soliq, transport, tovar almashuvi va h.k.) olib borish maqsadida tuzilgan tashkilotdir.
XIT – tuzilishining asosiy maqsadi jahon hamjamiyatida yoki ma’lum mintaqada iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdir.
XITlar faoliyat ko‘lami nuqtai nazaridan jahon miqyosidagi yoki mintaqaviy tashkilot bo‘lishi mumkin.
Jahon miqyosidagi (umumjahon) XITlar: Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Umumjahon savdo tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, BMT ning Iqtisodiy-ijtimoiy kengashi, unga tegishli maxsus muassasalar, Jahon Islom konferensiyasi tashkiloti va h.k.
Mintaqaviy XITlar: Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO), BMT ning mintaqaviy tashkilotlari – ESKATO, YeEK va h.k. XIT shu tashkilotning umumiy tamoyillari va yo‘nalishini belgilovchi yuridik hujjat asosida o‘z faoliyatini olib boradi. Bu hujjat har bir a’zo tomonidan imzolanib, nizom (ustav), deklaratsiya yoki bitim tarzida bo‘ladi.
Nima uchun bu tashkilotlar xaqida chuqurrok bilishimiz kerak? Chunki, dunyo hamjihatligiga, iqtisodiy hamkorlik rivojini ta’minlashga, integratsion jarayonlarga bir tomondan davlatlararo munosabatlar bilan chiqilsa, ikkinchi tomondan, aynan shu tashkilotlar faoliyatida qatnashish orqali erishiladi.
Jahon hamjihatligida bo‘lish, unda muhim o‘rin egallash davlat mavqeini mustahkamlab, halk faravonligini ta’minlovchi katta omil bo‘lib kelgan.
Xalqaro tashkilotlarning hukumatlararo, shuningdek hukumat tashkilotlari bo‘lmaganlari ham, xalqaro moliyaviy bozorlarning rivojlanishiga ma’lum ta’sir ko‘rsatadi.
Davlatning xohish-irodasini ifodalash bilan, davlatlararo tashkilotlar o‘zlarining vakolatlari doirasida ta’sis hujjatlarida mustahkamlangan bo‘lib, davlatlar bilan bir qatorda jahon moliya bozorlari subyektlarining nufuzlarini tartibga solib boradi va davlatlararo valyuta kredit munosabatlarini boshqarib turadi.
BMT (asosiy organlar: Bosh Assambleya, Havfsizlik kengashi, Iqtisodiy va ijtimoiy Kengash (EKOSOS), Xalqaro sud va kotibiyat) quyidagi asosiy maqsadlarni ko‘zlaydi:
xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash va ushbu maqsadlarda samarali jamoatchilik tomonidan tinchlikga xavf soluvchi tajovuzlarni bartaraf etish xamda tajovuzkorlik hollarini tinchitish uchun samarali choralarni ko‘rish, adolat va xalqaro huquq tamoyili asosida xalqaro kelishmovchiliklar va vaziyatlarni bartaraf etish, tinchitish, ularning tinchlikka xavf solishini oldini olish;
teng huquqli va xalqlarning o‘z taqdirlarini o‘zlari hal etish tamoyillarini hurmat qilgan holda millatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirish;
ushbu umumiy maqsadlarga erishish yuzasidan xarakatlarning kelishilgan markaziga aylanishlik.
BMTning ixtisoslashgan muassasalari – ular mustaqil ravishdagi xalqaro tashkilotlardir. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlariga bevosita va bilvosita quyidagilar kiradilar: Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va rivojlanish banki, Xalqaro moliyaviy uyushma (XMU) va Xalqaro rivojlanish uyushmasi.