Pandemiya inqirozi va xalqaro bozorlardagi vaziyat yomonlashuvi fonida hukumatning bir qator oziq-ovqat mahsulotlarini O‘zbekiston hududiga olib kirishga qo‘yilgan to‘siqlarni yumshatishi import hajmi sezilarli darajada oshishiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.2022 yilda O‘zbekistonning Xitoy va Rossiyaga bog‘liqligi yanada kuchaygan. Rossiyaning O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 9,3 mlrd dollarga yetgan va bu borada Xitoyni ortda qoldirgan. Har ikkala mamlakatning umumiy TSAdagi ulushi esa 36,4 foizga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yil yakunlari bo‘yicha 35,6 foiz, 2020 yil yakunlari bo‘yicha esa 33,2 foiz bo‘lgan.O‘tgan yilda TSAning nisbatan salmoqli hissasi Rossiya (18,6 foiz), Xitoy (17,8 foiz), Qozog‘iston (9,2 foiz), Turkiya (6,4 foiz), Koreya (4,7 foiz), Qirg‘iziston (2,5 foiz) va Germaniya (2,3 foiz) bilan qayd etilgan.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor davlatdan faqatgina uchta mamlakat – Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan ijobiy tashqi savdo balansi kuzatilgan. Qolgan 17 ta davlat bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.