Mavzu: Xayol



Yüklə 0,62 Mb.
tarix02.01.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#46720
13. Xayol.

Mavzu: Xayol

  • Reja:
  • Xayol haqida tushuncha
  • Xayol turlari
  • Bolalar xayolining rivojlanishi
  • Xayolning odam turmushidagi o’rni
  • Hayol – ilgari idrok etilgan, o’zlashtirilgan bilimlar asosida yangi obrazlar va g’oyalar yaratish

Xayol haqida tushuncha

  • Xayol – ilgari idrok etilgan, materiallar va o’zlashtirilgan bilimlar asosida yangi obrazlar va g’oyalar yaratishdir.

Xayol

  • Odamning o’tmish tajribasi, ma’lumotlarni uning ongida tasavvur va tushunchalar holida saqlaydi. Xayol protsesi ana shu ma’lumotlarni qayta ishlashdan iboratdir. Idrok protsesi tugab, idrok qilingan obrazlar ongda saqlanadi. O’zlashtirilgan tushunchalar boshqa tushunchalar bilan o’zaro bog’lanadi, binobarin, tushunchalar sistemasi yoki bilimlar sistemasi hosil bo’ladi.

Xayol ikki qismga ajraladi:

  • Tasavvur xayoli
  • Ijodiy xayol

Tasavvur xayoli

  • Tasavvur xayoli – biron narsaning tasviri bu obrazlarning yozilgan tasviri, sxemasi va shu kabilarga suyangan narsaning obrazini yaratish. Tasavvur xayoli maktab ta’limida juda katta rol o’ynaydi

Xayolnining xususiyatlari

  • Xayol protsesida hayotda mutlaqo uchramaydigan haqiqatga aylanmaydigan, obrazlarni yaratish ham mumkin. Ertak va afsona qahramonlari: farishtalar, jinlar, gapiradigan qushlar shular jumlasidandir. Bu uning o’ziga hos xususiyatlari.

Xayol kengligi

  • Xayol jarayobida narsalarning hayotda mutlaqo uchramaydigan, haqiqatga aylanmaydigan g’aroyib obrazlari ham yaratilishi mumkin

Xayol

  • Xayol faoliyati xotira jarayonlari bilan o’zaro chambarchas aloqadadir. Xayol va tafakkur protseslari o’rtasida yanada yaqin aloqa mavjud

Xayol bu…

  • Xayol orqali yaratiluvchi obrazlar xarakteri unda irodaning ishtirok etish, etmasligiga ham bog’liqdir.

Tasavvur xayolining asosiy namunalari

  • Bu tasavvur xayoli ko’pincha yozuvchi va shoirlarda keng uchraydi. Ular tasavvur xayoli bilan obraz yaratishga moyil bo’ladi. Masalan O’zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad “Qoplon” hikoyasini yaratishda tasavvur xayoliga suyangan.
  • Said Ahmad

Ijodiy xayol

  • Mustaqil ravishda yangi obrazlar yaratish bo’lib, bu ish ko’p hollarda biror bir ijodiy faoliyat tarkibiga kiradi. Qandaydir bir yangi mashina yangi konstruktsiya yaratish ularni tayyor chizmalar asosida tasavvur qilishga qaraganda tabiiyki ancha qiyin ishdir.

Ijodiy xayol maxsuli

Xayoliy obrazlarni yaratishning asosiy uch usuli:

  • tiplashtirish
  • tenglashtirish
  • agglyutinatsiya

Bizning obrazni boshqa obraz bilan tenglashtirishimiz bosh miya po’stining analitik-sintetik faoliyati asosida yuz beradi.

  • Bizning obrazni boshqa obraz bilan tenglashtirishimiz bosh miya po’stining analitik-sintetik faoliyati asosida yuz beradi.

Xayolning davomiyligi haqida

  • Xayol boshqa psixik protseslar kabi odamning butun hayoti davomida o’sib boradi. Bolada dastlab, o’yinda, musiqada, tasvirlash faoliyatida keyin o’qish va mehnat faoliyatida ko’rinadi va tarkib topadi.

Tiplashtirish

  • Tiplashtirish-tasavvurlarni qaytadan o’zlashtirish bo’lib, unda yangi obraz umumlashgan xarakter oladi. Tipik obrazda muhim xususiyatlar yoki belgilar ajratilagan bo’ladi. Bu usul adabiy qahramonlar obrazini yaratishda kengnan qo’llaniladi. Masalan bu usuldan A.Navoiy keng foydalangan.

Xayolning ayni rivojlanish pallasi

  • Xayol va orzu o’smirlar yoshida ayniqsa o’sgan bo’ladi. Boshlang’ich sinflardayoq o’quvchilar, kelajak kasblari to’g’risida orzu qiladilar. Lekin ularning orzulari doimo o’zgarib turadi. O’smirlar uchun katta bir maqsadga qaratilgan va bu yo’lda qat’iylik ko’rsatish orzusi emas, balki, asosan biron amaliy ish bajarish, tezda natija chiqishiga erishish xayoli ustundir. O’smirlar o’zlari sevib qolgan qahramonlardek bo’lishni orzu qiladilar.

Foydalanilagan adabiyotlar:

  • A.G.G’aniyev “Fizika II qism”
  • “O’.M.Q” NDPIning kutubxonasi
  • I.G’aziyev “Umumiy psixologiya”

E’tiboringiz uchun rahmat!

  • E’tiboringiz uchun rahmat!

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin