Qo’l tirsak bo’g’imidan to’g’ri burchak hosil qilgunicha bukiladi.
Durracha hastalangan qo’l ostiga shunday joylashtiriladiki uning asosi gavdaning o’rta chizig’iga parallel, uchi esa hastalangan qo’lning tirsak bo’g’imi tomoniga yo’nalgan bo’ladi.
Bunda durrachaning bir cheti hastalangan qo’lning bilagi ustidan o’tib, boshqa cheti esa gavda o’qi bo’ylab osilib yotadi.
Durrachaning osilib yotgan pastki chetini ko’tarib, sog’ tomonning yelka usti orqali bo’yinning orqa tarafiga o’tqaziladida, boshqa cheti bilan shu yerda tugun qilib bog’lanadi.
Durrachaning uchi uning old tomoniga to’g’nog’ich bilan to’g’nab qo’yiladi.