Turkistonda jadidchilik harakarti .Yangi usul maktablarining ochilishi.
Markaziy Osiyoda XIX asrning ikkinchi byarmi va XX asr boshlarida ta’lim tarbiya va pedagogik fikr
Turkiston o’lkasida diniy-islomiy tarbiyaviy muassasalar va peagogik fikr taraqqiyoti.
XIX asrning o’rtalarida Turkiston o’lkasida boshlang’ich ma’lumot beradigan maktab hamda o’rta va oliy iniy ta’lim beradigan madrasalar mavjud edi. Maktablarning aksariyati ,Shu jumladan qishloq maktablarining ko’pchiligi diniy va ta’lim beruvchi eng oddiy boshlang’ich maktablar edi , xolos. Bumaktabda machitlarning imomlarisavodxon mullalar dars berardi . Bunday maktablarda o’qitish eng oddiy diniy vazifalarni o’rgatish bilan , ya’ni arab tilida yozilgan Qur’onni o’qishni o’rgatish har bir musulmon uchun zarur bo’lgan asosiy vazifalarni bildirish bilan cheklanadi Shahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari , umumiy ta’lim elementlarini yozish va hisoblash yo’llari o’rgatilar, xalq orasida mashhur shoirlarning sh’r va g’azallari o’qitilar edi Odata bunday maktablarning o’quvchilari badavlat oilalarning farzandlari edi
Turkistonda qizlar maktablarida mashg’ulotlar asosan fors-tojik va turkiy tillarda olib borilgan .Ushbu ta’lim muassasalarida Sharq ahloqiy madaniyatini o’z ichiga olgan quyidagi fanlar o’qitilgan:
O’lkani Rassiya imperiyasi bosib olingandan so’ng 1870-yillarda qizlar ta’limi bo’yicha bazi ma’lumotlar mavjud. Turkistonda shahar va qisman qishloqlara qizlar maktabi juda kam hollara uchrar edi. Bazi hududlarda 100ta maktabga bitta qizlar maktabi ham to’g’ri kelmas edi . Biroq bazi shaharlarda qizlar maktablarining soni o’g’il bolalar maktablarining chorak qismiga teng kelgan . Toshkent rus qo’shinlari tomonidam egallangan paytda shaharning bazi qismlarida qizlar maktablari va o’quvchilari o’g’il bolalar maktablarining ½ qismiga to’g’ri kelgan va ulara o’quvchilar soni nisbatsn kam bo’lgan
Turkiston o’lkasidagi ta’lim- tarbiya muassasalarining ahvoli va o’qitish borasida ish boshlab yuborildi. Kamissiaya quyidagi o’quv muassasalarini tuzish lozim deb topdi.
Toshkent umumiy asoslarga ko’ra mahalliy millat bolalari o’qiy oladigan erkaklar gimnaziyasini ochish
Rus, o’zbek va qozoq bolalarining o’qishi uchun kasb-hunar sinflarimavjud bo’lgan 4 yillik umumiy ta’lim va xalq maktablari ochish
Mahalliy tilda o’qitiladigan 3yillik o’qituvchilar seminariyasini tuzish
Semenariya qoshida boshlang’ich maktab ochish
Turkistonda jadidchilik harakarti .Yangi usul maktablarining ochilishi.
Jadidalar harakati ijtimoiy- tarbiyashunislik tafakkurining alohida bir oqimi sifatida Turkistonda yashovchi xalqlar orasida shakllandi. Turkistondagi jadid (jadid so’zi arabcha “yangi usul” “yangilik” degan ma’noni anglatadi)maktablarining yuzaga kelishi mashhur qrim –tatar arbobi Islombek Gasperali nomi bilan bevosita bog’liq. 1851- yilda tavallud topgan Islombek Gasperali ilg’or demokratik g’oyalarni musulmomchilikning diniy asoslari bilan birlashtirish yo’lida qizg’in kurash olib bordi. Turkiy xalqlarning mustaqilligi uchun kurashgan Islombek Gasperali o’z navbatida jadidchilik oqimining asoschisi sifatida dunyoga tanildi. Ko’p yurtlarda safarda bo’lgan Islombek Gasperali xalq taraqqiyoti birinchi novbatta maorifga bog’liq ekanligini anglap yetib jamiyatdagi tub o’zgarishlarni amalga oshirishni yangi usuldagi maktab tuzishdan boshladi . Islombek Gasperali tomonidan tuzilgan yangi usuldagi maktab tez orada shuxrat qozondi.Jadid maktabining ommaviy tus olishiga asosiy sabab Islombek Gasperali tomonidam 1883-yildan boshlab nashir etila boshlagan tarjimon gazetasi bo’ldi.
Ismoil Gasperali o’zi tashkillagan maktab uchun bir qator darslik va qo’llanmalar ham yaratdi ular quyidagilardan iborat:
“Hujayi Subayna”
“Qirsat turkiy”
“Rahbari muallimin”
Markaziy Osiyoda XIX asrning ikkinchi byarmi va XX asr boshlarida ta’lim tarbiya va pedagogik fikr
Markaziy Osiyo zaminida Temuriylar hukumronligi inqiroziga yuz tutgandan keyin bu o’lkani qo’lga kiritish uchun jahonning ko’pgina mamlakatlari harakat qildilar Ana shulardan biri chor Rassiya edi. Markaziy Osiyoni Rassiyaga qaram qilish g’oyasi Peter1 dan boshlanib, unung vafotidan so’ng Ekaterena hukumati tomonidam davom ettirildi. Nikolay II taxtga o’tirgach, tezlik bilan Markaziy Osiyoni o’ziga bo’y so’ndirishga harakat qildi.Rassiyaning bosqinchilik yurishi XIX asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. Chunki bu davirda sobiq imperiya o’rnida 3tq xonlik –Buxoro amirligi Xiva xonligi hamda Qo’qon xonliklari bo’lib bular o’rtasida nizo kuchaygan edi. Bundan foydalangan chor hukumat o’zining yovuz niyatlarini amalga oshirishga kirishib dastalab Qozog’istonni o’zlariga tobey qildilar. Markaziy Osiyoda istiqomat qiluvchi turli xalqlarni bir-biriga qarshi qo’yish bilan ular o’rtasida kurashni avj oldirdi.
Chor hukumati xalqimizning milliy madaniyatiga va unung rivojiga tish tirnog’i bilan qarshilik qildi milliy zulumni kuchaytirdi. Bu zulm birinchi navbatda madaniyat fan , san’at , ijtimoiy va pedagogik fikr turmush tarziga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Xalq o’zining milliy merosi qadiryat va g’ururidan mahrum bo’la boshladi.