HarHar bir korxona tashkil qilinish daqiqasida o’z faoliyatining hajmi va xarakteriga qarab mablag’larini shakllantiradi. Agar ularda qo’shimcha mablag’ga vaqtinchalik ehtiyoj tug’ilib qolsa, unda mablag’larni muayyan manbalardan olishlari mumkin. Ishlab chiqarish natijasida olingan foydaning bir qismi yoki maxsus maqsadlarda jamg’arilgan zaxiralardan, davlat grantlari va subsidiyalaridan foydalanadi. Shunday qilib, korxona mablag’larini hosil qilish rejali xarakterga egadir. Korxona tomonidan har qanday manbadan olinadigan mablag’lari ma’lum maqsadlar uchun mo’ljallangan bo’ladi.Korxona mablag’larini tashkil topish manbalari va qanday maqsadlarga mo’ljallanganligi ularni ushbu korxonaga kelib tushish darajasiga qarab amalga oshiriladi. Mablag’lar manbalarining tusi mulkchilikning shaklini aks ettiradi. Korxonalar eng avvalo o’zining butun yashash davri uchun umumdavlat jamg’armasidan yoki o’zlarining muassislaridan, banklardan, boshqa korxona, tashkilotlardan vaqtinchalik foydalanish uchun mablag’lar oladi.
Shunday qilib, korxona mablag’larining tashkil topish manbalari qanday maqsadlarga yo’naltirilganligiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: o’z va qarzga olingan mablag’lar manbalari.
Хo’jalik faoliyati jarayonida ustav kapitalining hajmi o’sadi yoki kamayadi va bunda tegishli o’zgarishlar ustav hamda zaxira kapitalida tegishli qismlari bo’yicha aks ettiriladi.
Ilgari, foyda hisobidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarishni rivojlantirish xarajatlari, ya’ni yangi texnikani joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, asosiy fondlarni yangilash, ishlab chiqarishni texnikaviy takomillashtirish, moddiy rag’batlantirish - xodimlarni mukofotlash, ularni alohida muhim topshriqlarni bajarganliklari uchun rag’batlantirish, ularga yakka tartibdagi yordam ko’rsatish; ijtimoiy - madaniy tadbirlar, turarjoylar va madaniy - maishiy muassasalarni qurish, ularni kapital tuzatish hamda xizmatchilarga madaniy - maishiy xizmatlar ko’rsatishni yaxshilashga qilingan sarflar hisobot davrida sodir bo’lgan xarajatlar sifatida aks ettiriladi.