Qarama-qarshilik assotsiatsiyasi- hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar o`rtasida qarama-qarshi belgilar va hususiyatlar bo’ganga aytiladi A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psihologiya» darsligida quyidagicha klassifikatsiya uchraydi:
Faoliyatda ko'proq sezilib turadigan psihik faollikning hususiyatiga qarab: harakat, emotsional, obrazli va so`z mantiq hotira.
Faoliyatning maqsadlariga ko'ra: ihtiyorsiz va ihtiyoriy hotira.
Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko'ra: qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ hotira
M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan «Umumiy psihologiya» o‘quv qo'llanmasida quyidagi hotira klassifikatsiyasi qayd qilinadi:
Psihik faolligiga ko'ra: ihtiyoriy va ihtiyorsiz hotira.
Faoliyat maqsadiga ko'ra: harakat, emotsional, obraz va so'z-mantiq hotirasi.
Muddatiga ko'ra:uzoq muddatli, qisqa muddatli va operativ hotira.
E.G`oziev tahriri ostida chiqqan «Umumiy psihologiya» o‘quv qo'llanmasida hotira turlari quyidagicha klassifikatsiya qilingan.
1. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko'ra:
a) Harakat yoki motor harakat hotirasi;
b) obrazli hotira;
v)His –tuyg’u yoki hissiyot hotirasi;
g) so'z-mantiq hotira.
2. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan:
a) ihtiyorsiz;
b) ihtiyoriy;
v) mehanik.
3. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko'ra:
a) Qisqa muddatli hotira;
b) uzoq muddatli hotira;
v) operativ (tezkor) hotira.
4. Ruhiy faoliyat qo`zg’atuvchisining sifatiga ko'ra:
a) musiqiy;
b) eshitish hotirasi;
5. Ruhiy faoliyatning inson yo'nalishiga qarab:
a) fenomenal;
b) kasbiy.
Harakat hotirasi– inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko'rinishlarini ustunlik qilishida kuzatiladi.
His- tuyg`u yoki hissiyot hotirasi–bu hotira his-tuyg’ular, ruhiy kechinmalar, hissiyotlar, ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning hususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo habar berib turish imkoniyatiga ega.
Obrazli hotira – yaqqol mazmunni, binobarin, narsa, hodisa-larning aniq obrazlarini, ularning hususiyatlari va bog`lanishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tug’ilganida esga tushirishdan iborat hotira turiga aytiladi.
So'z-mantiq hotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda hulosa chiqarishlar tashkil etadi.
Ihtiyoriy hotira deganda ma'lum maqsadni ro'yobga chiqarish uchun muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat hotira jarayoni tushuniladi.
Ihtiyorsiz hotiraning turmushda va faoliyatda katta o'rin egallashini har kim o'z shaxsiy tajribasidan biladi.