Mavzu: Xotira reja



Yüklə 31,74 Kb.
səhifə6/6
tarix24.10.2023
ölçüsü31,74 Kb.
#161110
1   2   3   4   5   6
6-Mavzu Xotira

Eshitish tipiga mansub odam matnni xotirlab, talaffuz etilayotgan so’zlarni eshitgandek bo’ladi. Raqamlar ham eshitish obrazi shaklida yodda saqlanadi.
Harakatli tipga mansub odam matn yoki raqamlarni yodda saqlab qolish uchun ularni ichida qaytaradi.
Ta’kidlab o’tish joizki, yorqin ifodalangan tasavvur tiplariga ega bo’lgan insonlar juda kam uchraydi. Ko’pchilik odamlarda u yoki bu darajada tasavvurning barcha ko’rsatib o’tilgan tiplari mavjud bo’ladi, va ushbu odamda qaysi tip etakchi o’rinni egallashini aniqlash mushkul ish. Ushbu vaziyatda individual farqlar faqat tasavvurlar ustunligida emas, balki, tasavvurlarning o’ziga xosligida ham ifodalanadi. Xuddi shunday, ba’zi odamlarda tasavurlarning barcha tiplari yorqinroq, jonliroq va to’laroq ifoda etilsa, boshqalarda u yoki bu darajada rangsiz va chizmalarga asoslangan bo’ladi. Yorqin va jonli tasavvurlar ustunligi kuzatiladigan odamlar tasavvurlarning obrazli tipiga mansubdir. Bunday odamlarning psixik hayotida tasavvurlar katta ahamiyatga ega. Masalan, qandaydir voqealarni xotirlab, ular xayolan bu voqealarga tegishli bo’lgan alohida sahnalarni «ko’radilar»; biror narsa haqida mulohaza yuritib yoki gapirib, ko’rgazmali obrazlar va h.k.lardan keng foydalanadilar. [2]
Qator tadqiqotlar natijalariga ko’ra, bolalar hayotidagi hodisalar to’ғrisidagi birinchi xotiralar 1,5 yoshda paydo bo’ladi. Shuning uchun aynan shu vaqtda bolalarda «erkin tasavvurlar» paydo bo’ladi. Uch yoshga kelib esa, ko’rish tasavvurlari bola hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Ikki yoshda nutqiy tasavvurlar yuqori rivojlanish nuqtasiga etadi. Bunday tasavvurlarsiz bolaning nutqni egallashi, uning kattalar bilan muloqoti jarayonlarini amalga oshirib bo’lmaydi.
Tasavvurlar maktabgacha yoshdagi bolaning psixik hayotida o’ta muhim o’rinni egallaydilar. Odatda, bu yoshdagi bola obrazlar yordamida ko’rgazmali fikr yuritadi. Lekin bolalardagi birlamchi tasavvurlar yorqin bo’lmaydi.
Psixologik tadqiqotlarga ko’ra, tasavvurlarning aniqligi va yorqinligi mashqlarni bajarish ta’sirida oshib boradi. Tasavvurlar rivojlanishining muhim sharti bo’lib etarlicha boy bo’lgan persteptiv ma’lumotlarning mavjudligi hisoblanadi. Bunday tasdiqlanishning mohiyati tasavvurlarning idrokning odatiy usuliga boғliqligidan iboratdir va bu holat aniq muammolarni hal etishda hisobga olinishi zarur. Masalan, ko’pchilik chet tilidagi so’zlarni ko’rish orqali, o’z ona tilidagi so’zlarni esa eshitish-harakat orqali tasavvur qiladi. Bu o’z tilimizni doimo eshitishimiz va odamlar bilan muloqot jarayonida nutqni o’rganishimiz, chet tilini esa, odatda, kitoblar yordamida o’rganishimiz bilan tushuntiriladi. Natijada chet tilidagi so’zlarni tasavvur qilish ko’rish obrazlari ko’rinishida shakllanadi.
O’qitish jarayonida tasavvurlarning persteptiv obrazlar asosida shakllanishini hisobga olish lozim. Tasavvurlardan erkin ravishda foydalanish uchun o’quvchi mos bo’lgan persteptiv obrazlar asosida ma’lum turdagi tasavvurlarni shakllantirib olishi va ularni qo’llay bilish amaliyotiga ega bo’lishi zarur.
Tasavvurlar rivojlanishining muhim bosqichi bo’lib, ularing ixtiyorsiz paydo bo’lishidan kerakli tasavvurlarni ixtiyoriy hosil qilish malakasiga o’tish hisoblanadi.[2]

Yüklə 31,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin