Mavzu: Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish


Tadbirkorlik muammolari va yechimlari



Yüklə 22,1 Kb.
səhifə2/2
tarix18.05.2023
ölçüsü22,1 Kb.
#116250
1   2
72B.docx Muhammadjon

3. Tadbirkorlik muammolari va yechimlari
Uchrashuvlarda tadbirkorlarga hozirgi kunda mamlakatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan axborotlar berilib, ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar va muammolar atroflicha o‘rganilib, tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbirkorlarning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarning aksariyati quyidagi sohalarda vujudga kelmoqda:
— 41,6 % bo‘sh turgan bino-inshootlarni “nol” qiymatda olish, auksion savdolarida ishtirok etish, yer ajratilishi;
— 32,2 % bank-moliya, kredit, garov ta’minoti;
— 10,6 % xom ashyo resurslarini sotib olish, birja savdolar ishtirok etish;
— 4,3 % kommunikatsiya tizimiga ulanish, arxitektura va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
— 2,7 % qonunbuzarlik, mansab vazifasini suiste’mol qilish, tanish-bilishchilik, ta’magirlik va korrupsiya;
— 1,6 % ruxsatnoma va litsenziyalar, noqonuniy aralashuv;
— 7,1 % boshqa muammolar.
Ko‘tarilgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, korxona ochish tartibi, raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorlarga sifatli mahsulotlarni olib chiqish, eksport operatsiyalarini amalga oshirish, xorij hamkorlarni izlab topish borasida mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar berildi. Poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan “Qulay biznes muhiti – tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishning muhim omili” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda tugatilgan va faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qayta tiklashga ko‘maklashish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning faoliyati yo‘lida g‘ov bo‘layotgan to‘siqlarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish hamda liberallashtirishga oid chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etish, aholining eng faol qatlamiga aylanib borayotgan tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash, qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida zarur vazifalar belgilab berilgan. 

Partiya tomonidan mazkur tamoyillar asosida har bir hududning iqtisodiy, ijtimoiy holati va salohiyati chuqur o‘rganilgan holda, tadbirkorlik faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan asosiy muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar hayotga joriy etilmoqda. 

– Poytaxtimizda 56 ming 691 tadbirkorlik subyekti faoliyat olib bormoqda, – deydi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi raisi To‘rabek Nazarov. – Joriy yilda shundan 4 ming 285 nafari o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Mazkur tadbirkorlik subyektlarining faoliyat yuritmasligi holatlari o‘rganilganda boshlang‘ich sarmoya va aylanma mablag‘larning yetishmasligi, xomashyo taqchilligi, kredit olish uchun garov mol-mulkining yo‘qligi, tadbirkorlarning sohaga oid qonun hujjatlari mazmun-mohiyatidan yetarli darajada xabardor emasligi ma’lum bo‘ldi. Partiyamiz deputatlik guruhi va partiya faollari joylardagi muammolarni o‘rganib mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda joriy yilning yanvar-fevral oylarida ellikdan ortiq tadbirkorlik subyektini qayta oyoqqa qo‘yishga ko‘maklashdi. Bu boradagi ishlar izchil davom etmoqda. 

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda yuqorida qayd etilgan dolzarb masalalarga yechim topish yo‘llari mutasaddi soha vakillari va deputatlar tomonidan muhokama etildi. 
Yüklə 22,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin