Mavzu: Yagona yetkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlad xaridlari Reja: 1 Yagona yetkazib beruvchi tushunchasi. Yagona yetkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridi


Yagona yetkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirish mezonlari. Yagona yetkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirishning afzalliklari



Yüklə 35,56 Kb.
səhifə2/6
tarix05.12.2023
ölçüsü35,56 Kb.
#172679
1   2   3   4   5   6
Davlat xaridlari tashkil etishda korrupsiyaga qarshi kurashish usullari

2 Yagona yetkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirish mezonlari. Yagona yetkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirishning afzalliklari.
Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar va atamalar qo‘llaniladi:ish jarayonidagi mehmondo‘stlik belgilari – vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari manfaatlarida faoliyat davomida hamkorlik o‘rnatish va (yoki) qo‘llab-quvvatlashga aloqador xarajatlar, shu jumladan, ishbilarmonlik bilan bog‘liq kechki ovqat, transport va yashash xarajatlarini qoplash bilan bog‘liq xarajatlar va h.k.;korrupsiyaga qarshi kurashish talablari buzilganligi to‘g‘risida vijdonan xabar berish – vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimi tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etilganligi (sodir etishga suiqasd qilinganligi) to‘g‘risida ruxsat etilgan aloqa kanallari orqali asosliligiga ishonch hosil qilgan holda yo‘llagan murojaat;kontragent (shartnomaviy sherik) – vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs; korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiyyoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, huddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish; korrupsiyaviy harakatlar - xodim tomonidan pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab harakat yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali porani ya’ni pul, qimmatbaho qog‘ozlar, boshqa mol-mulkni, mulkiy tusdagi xizmatlarni, boshqa mulkiy huquqlarni olish, talab qilish, taklif qilish, va’da qilish va berish, shuningdek, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlarni olish, xodim tomonidan pora olish yoki huquqqa xilof boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanish;korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya belgilariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi - qo‘llaniladigan amaldagi qonunchilik va ichki hujjatlarni korrupsiyaviy jihatdan buzilishini bartaraf etish, vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari tomonidan yuqori darajada kasbiy va axloqiy faoliyat olib borishlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui;
korrupsiyaviy xavf-xatar - vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari yoki uchinchi shaxslar tomonidan vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar nomidan va (yoki) ularning manfaatlarini ko‘zlab korrupsiyaviy xatti-harakatlarni sodir etish ehtimoli va xavfi;manfaatlar to‘qnashuvi - vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi, uning xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda xodimning shaxsiy manfaatdorligi bilan vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;rasmiyatchilikni soddalashtirish uchun to‘lovlar - belgilangantartib-taomillar bajarilishini ta’minlash yoki tezlashtirish, tegishli qonunchilik, normalar va qoidalarda nazarda tutilmagan harakatlar sodir etish uchun g‘ayriqonuniy ravishda beriladigan pul mablag‘lari, mol-mulk, mulkiy huquqlar, xizmatlar va boshqa moddiy yoki nomoddiy naf;xodimning shaxsiy manfaatdorligi - vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimi tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qimmatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlari);xodim - mehnat organi bilan mehnat munosabatlariga kirishgan shaxs;yaqin qarindoshlar - ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalarva opa-singillar, er (xotin), farzandlar, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolar, buvilar, nevaralar, shuningdek erning (xotinning) ota-onasi;
Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari 9. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini quyidagi tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi:qonuniylik - vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jahonda tan olingan amaliyotni hisobga olgan holda hamda Vazirlik tizimining belgilangan ichki hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;korrupsiyaga toqatsizlik - vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar o‘z faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaning har qanday shakllari va ko‘rinishlariga murosasiz munosabatda bo‘ladi. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning xodimlariga korrupsiyaviy xavf-xatar kelib chiqishi mumkin bo‘lgan faoliyatda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish ta’qiqlanadi;ochiqlik va shaffoflik - Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida vazirlikva uning tizimidagi boshqarmalar (tashkilotlar) xodimlari va kontragentlarini, keng jamoatchilikni xabardor qilish;korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotganchora-tadbirlarning preventivligi, tizimliligi va o‘zaro bog‘liqligi - vazirlikva uning tizimidagi boshqarmalar (tashkilotlar) korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishiga va korrupsiyaviy xavf-xatarlarga ko‘maklashuvchi sababva shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ahamiyat beradi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va tartib-taomillar aniqlangan xavf-xatarlar darajasiga muvofiq keladi hamda vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning barcha funksiyalari va yo‘nalishlariga integratsiya qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimigabirlashtirilgan;korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi - korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan vazirlik tizimi xodimlari o‘zining maqomi va egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar vazirlikning ichki hujjatlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar;texnika taraqqiyotining yutuqlaridan foydalanish - vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yaratishda ilm-fan taraqqiyotining so‘ngi yutuqlaridan, shu jumladan, integratsiyalashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanishga intiladi;to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbariyatga murojaat qilish - vazirlik tizimining har bir xodimi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganligi to‘g‘risida ishonchli va asosli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda belgilangan choralarni ko‘rish uchun to‘sqinliksiz idora rahbari va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga murojaat qilishi mumkin;fuqarolik jamiyati vakillari bilan o‘zaro hamkorlik - vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar o‘zlariga yuklatilgan funksiyalarni bajarishda faoliyatini halollik, xolislik va mustaqillik asosida mustaqil nazorat qilish maqsadida fuqarolik jamiyati vakillarini jalb etadilar;
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish – korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini monitoring va nazorat qilish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni amalga oshirish natijalariga ko‘ra vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorligini to‘xtovsiz ravishda kuchaytirish choralarini ko‘radilar.

Yüklə 35,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin