Mavzu: yangilаnаyotgаn o’zbekistоn: milliy tiklаnishdаn – milliy yuksаlish sаri reja



Yüklə 23,23 Kb.
səhifə1/7
tarix20.02.2022
ölçüsü23,23 Kb.
#52881
  1   2   3   4   5   6   7
13-mavzu yangilаnаyotgаn o’zbekistоn milliy tiklаnishdаn – mil



MAVZU: YANGILАNАYOTGАN O’ZBEKISTОN: MILLIY TIKLАNISHDАN – MILLIY YUKSАLISH SАRI
REJA:

  1. Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi.

  2. Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi - milliy tаrаqqiyotimizning yangi bоsqishi.

  3. Xаlq dаvlаt idorаlаrigа emаs, dаvlаt idоrаlаri xаlqimizgа xizmаt qilishi kеrаk.

  4. O’zbekiston taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichi.


Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi. 2016-yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Shu yilning sentabr oyida Bosh vazirning (pm.gov.uz manzilida) virtual qabulxonasi ochildi. 2017-yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinishi bu sohadagi ishlarni faollashtirdi. Ana shu muloqotni amalda yo‘lga qo‘yish, inson manfaatlarini ta'minlash maqsadida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etildi. 

Ijtimoiy adolat ta’minlangan davlatda xalqning bunyodkorlik salohiyati, yaratuvchanlikka intilishi va ishtiyoqi hosil beraveradi.Shu ma’noda mustaqil Vatanimiz tarixida, xalqimiz hayotida yana bir yangi davr, yangi taraqqiyot bosqichi boshlandi, deyishga barcha asosimiz bor. Strategik maqsadlarimiz aniq va ravshan – demokratik, insonparvar davlat qurish, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, pirovardida, xalqimizni hayotdan rozi qilish, uning yanada farovon yashashi uchun barcha shart-sharoitni yaratish. Bunday yuksak marralarga xalq bilan muloqot qilib, odamlarning ichiga kirish, ularning dardu tashvishlari bilan yashash, inson manfaatlarini ta’minlash orqaligina erishish mumkin.




Yüklə 23,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin