Sakrash
Mavzu: Yengi atletika sakrash elementlarni orgatish usullari.
Reja:
1.Sakrash elementlarini orgatish usullari
2.Sakrash turlari
3.Oʻyin qoidalari
Sakrash - yengil atletikaning bir turi hisoblanadi. Sakrashning vertikal va gorizontal turlari
mavjud. Vertikal sakrashga balandlikka sakrash va shest bilan sakrash kirsa,
gorizontal sakrash
esa uzunlikka sakrash va uch karrali sakrash turlarini o'z ichiga oladi. Sakrashning bu turlari
Olimpiada o'yinlariga kiradi.
Uzunlikka sakrash - sportchilardan sakrash va sprint sifatlarni talab qiladi. Bu sport turi qadimiy
Olimpiya o'yinlari qatoriga kirgan. Hozirgi Olimpiya o'yinlari qatoriga ham kiritilgan (erkaklar
uchun 1896-yildan, ayollar uchun 1948-yildan). Ko'pkurash tarkibiga kiradi.
O'yin qoidalari. Atletning vazifasi - uzoqroq masofaga sakrashdir. Birinchi bo'lib atletlar yugurib
keladilar, so'ngra bir oyoqlari
bilan maxsus doskadan itarilib, sakraydilar. Itarilish doskasidan
qo'nish chuqurligining burchagigacha bo'lgan masofa kamida 10 metr bo'lishi kerak. Sakrash
to'rtta fazadan iboratdir: yugurish, itarilish, uchish va qo'nish.
Balandlikka sakrash qishki va yozgi o’yinlarda o’tkaziladi. Erkaklar uchun 1896-yildan,
ayollar
uchun 1928-yildan Olimpiya o’yinlari safiga kiritilgan. Beshta fazadan iborat: yugurish, itarilishga
tayyorgarlik, itarilish, plankadan o’tish va qo’nish.
O’yin qoidalari. Balandlikka sakrash musobaqalari sakrash va qo’nish
uchun moslashgan
sektorlarda o’tkaziladi. Sportchiga boshlang’ich etapda va finalda
har bir balandlikda uchta
harakat beriladi. Agar sportchi biror bir balandlikda sakrashdan bosh tortsa, uning uchta harakati
olinib tashlanadi. Agarda u ma’lum bir balandlikka sakrashda 1 yoki 2
marotaba xato qilsa, yana
sakrashdan bosh tortib qolgan harakatlarini keying sakrashga olib qo’yishi mumkin. Sportchi o’zi
hohlagan balandlikdan sakrashi mumkin, ammo u hakamlarga oldindan xabar berib qo’ygan
bo’lishi kerak.
Shest bilan sakrash – Olimpiya o’yinlari qatoriga kiradi ( erkaklar uchun 1896-yildan, ayollar
uchun 2000-yildan).
O’yin qoidalari. Shest bilan sakrash musobaqalari sakrash va qo’nish uchun moslashgan
sektorlarda o’tkaziladi. Sportchiga boshlang’ich etapda va finalda har bir balandlikda uchta
harakat beriladi. Balandlikning oshishi hakamlar tomonidan belgilanadi va u kamida 5 smni
tashkil etishi kerak.
Uchtali sakrash – Yengil atletikaning programmalaridan biridir. U Olimpiya o’yinlarida 1896-
yildan beri o’tkaziladi. Sportchi maxsus sektordan yugurib kelib, brusokga yetib kelgandan keyin
undan itarilib sakraydi.Sakrash 3 bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqichda – sakrashni
amalga oshirayotganda brusokka qaysi oyog’i bilan birinchi sakragan bo’lsa, huddi o’sha oyog’i
bilan brusokdan qumga sakrashni amalga oshirishi kerak. 2-boshqich
qadam deyiladi, bunda
yerga boshqa oyog’ bilan teyish kerak. Ohirgi bosqich esa qumga sakrab tushishdir.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Soʻnggi tahrir 11 oy avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?title=Sakrash&oldid=2442757
"
dan olindi