21.13-rasm. Turbulizatsiya qiladigan qochshimcha quvurlar: a) diafragmali; b) diskli; d) spiralli. Aralashtiruvchi issiqlik almashgichlar Bunday issiqlik almashish qurilmalari yuqori samarali texnologik uskunalar qatoriga kiradi. Issiqlik tashuvchi agentlarning tochg`ridan-tochg`ri kontakti asosida issiqlik almashinish yo’z beradi, bunda qurilma devorining termik qarshiligi bo’lmaydi. Shu sababdan aralashtiruvchi qurilmalarda issiqlik almashish jara-yonlari jadal surchatlar bilan boradi. Ushbu issiqlik almashgichlardan texnologik shart-sharoit bo’yicha issiqlik tashuvchi muhitlarni aralashtirish zarur bo’lgan holatlarda foydalaniladi.
Ko’pincha aralashtiruvchi issiqlik almashgichlar suv bug`ini kondensatsiya qilish, suv va gazlarni (odatda havoni) isitish va sovitish uchun ishlatiladi. Bunday qurilmalar tuzilishiga ko’ra bir necha turga bo’linadi: barbotajli, tokchali, nasadkali, ichi bochsh (suyuqlikni sochib beradigan).
Bug` yoki gazning suyuq holatga ochtish jarayoni kondensatsiya deyiladi. Kimyo va oziq-ovqat sanoatida kondensatsiya jarayoni keng tarqalgan. Masalan, bug`lanish qurilmalarida vakuum hosil qilish uchun, bug`ning kondensatsiyalanish issiqligidan foydalanib uskunalarni isitish uchun, har xil siqilish haroratli komponentlardan tashqil topgan aralashmalarni ajratish uchun kondensatsiya jarayonidan foydalaniladi.
K ondensatsiya jarayoni olib boriladigan qurilmalar kondensatorlar deyiladi. Sovituvchi agent vazifasini ko’pincha suv, ayrim hollarda havo va boshqa sovuq tashuvchi agentlar bajaradi. Kondensatorlar yuzali va aralashtiruvchi bo’ladi. Yuzali kondensatorlarda kondensatsiyalanayotgan bug` va sovituvchi suv o’zaro issiqlik o’tkazuvchi devor orqali ajratilgan bo’ladi. Aralashtiruvchi kondensatorlarda esa bug` suv bilan tochg`ridan-tochg`ri aralashishi natijasida kondensatsiyaga uchraydi.
21.14-rasm. Tochg`ri yo’nalishli aralashtiruvchi kondensator: 1 - kondensator qobig`i; 2 — qopqoq; 3 - bug`ning kirishi uchun patrubka; 4 - sochib beruvchi sopio; 5 - suv, kondensat va havoni chiqarish