VI. Mаtn
9 Yer po'stining kimyoviy tarkibi
Yer sharining va Yer po’sting fizik xususiyatlari bilan bir qatorda uning kimyoviy tarkibi ham katta ahamiyatga egadir. Yerning kimyoviy tarkibini bilish uchun uni kimyoviy jihatdan analiz qilinadi. Buning uchun Yer po’sti tashkil etgan jinslardan namuna olib tekshiriladi. Hozirgi vaqtda Yerning 16-20 km. gacha bo'lgan qatlamini tekshirish mumkin, undan chuqurdagi qatlamlarning tarkibi taxminan, lekin juda muhim, ular geofizik usullarga asoslanib aniqlanadi.
Yer sharinig ustki qismi havo va suv qobig’i bilan o'ralgan bo'lib og’irligi jihatidan bu ikkala qobiq Yer massasining 6,04% ni tashkil etadi. Yer massasining 93,06% esa har xil jinslardan iborat. Umuman er qobiqining ximik tarkibini birinchi marta olimlardan F.U. Klark va V.I. Vernadskiy, A.Е. Fersman, V.M. Gol’dshmidt, P.N. Chervinskiy, va boshqalar aniqlab bergan. Ular ilmiy adabiyotlardan foydalanib va 5000-6000 ga Yaqin turli tog’ jinslarini kimyoviy jihatdan analiz qilib, Yer qobig’ining o'rtacha kimyoviy tarkibini aniqlaganlar. Meteoritlarning kimyoviy tarkibi Yer po’sting ximik tarkibiga juda o'xshashdir. Bu xol Quyosh sistemasidagi osmon jismlarining kimyoviy tarkibi bir-biriga o'xshashligini ko'rsatadi.
Yer qobig’ining kimyoviy tarkibi (A.P.Vinogradov,
A.A.Yaroshevskiy, O.G.Soroxtin)
jadval 4.
Kimyoviy element lar oksidlari %
|
Yerning birlamchi moddasi tarkibi
|
Differentsiatsiya mahsulotlari
|
(yadro)
|
Hozirgi mantiya
|
Litosfera
|
Depletlash gan mantiya
|
Yer po’sti
|
Magmatik jinslar turi
|
o'ta asosli
|
asosli
|
o'rta
|
nordon
|
Fе
|
13,1
|
43,410
|
—
|
—
|
—
|
—
|
—
|
Ni
|
0,56
|
0,56
|
8.7
|
5,5
|
6,37
|
6,1
|
1,78
|
FеS
|
2,17
|
6,69
|
—
|
—
|
—
|
—
|
—
|
FеО
|
22,76
|
49,34
|
8,7
|
5,5
|
6,37
|
6,1
|
1,78
|
Fе2О3
|
—
|
—
|
8,7
|
2,8
|
5,38
|
1,2
|
1,57
|
SiО2
|
30,78
|
—
|
45,5
|
40,5
|
49,06
|
60,6
|
70,2
|
Al2О3
|
2,52
|
—
|
3,67
|
0,9
|
15,7
|
17,5
|
14,5
|
МgО
|
25,77
|
—
|
38,35
|
46,3
|
6,17
|
2,0
|
0,98
|
СаО
|
1,56
|
—
|
2,28
|
0,7
|
8,95
|
4,0
|
1,89
|
Nа2О
|
0,3
|
—
|
0,43
|
0,1
|
3,1
|
4,0
|
3,48
|
К2О
|
0,016
|
—
|
0,012
|
0,04
|
1,52
|
2,7
|
4,11
|
Akademik A.Fersmanning fikricha Yer kimyoviy tarkibini 1,1%ni bilamiz, 3,6% ni oz-moz bilamiz, qolgan 93,3% ni uncha bilmaymiz. Vinogradovning hisobiga ko'ra Yer po’stidagi kimyoviy elementlarning miqdori quyidagicha: O2-46,5%, Si-25,7%, Al-7,65%, Fe-6,24, Ca-5,8, Na-2,8, Mg-3,23, K-1,34, H-0,18 tashkil etadi.
Yer sharining kimyoviy tarkibi
(foiz massasiga qarab)
jadval 5.
Elementlar
Mualliflar
|
Fе
|
О
|
Si
|
Мg
|
Ni
|
Са
|
S
|
Al
|
Bosh qalar
|
Jami
|
P.N. Chervenskiy F. Klark
G. Vashington
P. Niggli
I.I. Zaslavskiy
|
67,8
67,2
39,8
36,9
38,0
|
11,3
12,3
27,7
29,3
27,4
|
5,8
7,0
14,5
14,9
14,2
|
4,3
2,1
8,7
6,7
10,4
|
6,2
6,0
3,2
2,9
2,8
|
0,5
1,1
2,5
3,0
1,3
|
0,7
1,0
0,6
0,7
1,0
|
0,4
1,9
1,8
3,0
3,1
|
3,0
0,9
1,2
2,6
1,8
|
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
|
Olimlarning izlanishi natijasida olingan ma'lumotlar, Yer qobig’ini kimyoviy tarkibi va Yerning o'rtacha kimyoviy taribi Yuqoridagi ikki jadvalda taqqoslash uchun keltirildi.
Norvegiyalik olim V.M. Gol’dshmidt fikricha Yerning ichki qobiqlari, u qaynoq bo'lgan vaqtda kimyoviy tarkibi bo'yicha ajralgan. Hozirgi vaqtda Yuqori mantiya ultirasos jinslardan (eklogit, piroksenit, peridotit, amfibolit) tashkil topgan.
Yer sharining havo va suv qatlamidagi issiqlik asosan Quyoshdan keladigan issiqlikning Yer shari bo'ylab har xil tarqalishdan paydo bo'ladi. Yer shari baland-past, o'nqir-cho'nqir shaklda bo'lganligi va doimo o'z o'qi hamda Quyosh atrofida aylanishi tufayli uni Quyosh nurlari bir tekisda isitmaydi. Issiqlik Yerning havo va suv qatlamidan xatto uning qattiq qobig’idan ham o'tadi, lekin bir tekisda o'tmaydi.
Birinchidan, dengiz yuzasidan Yuqoriga har 100 metr ko'tarilganda harorat 0,5 gradusga kamayadi; ikkinchidan, Yer yuzasining o'simliklar bilan qoplanganligi, undagi havo va suv oqimlari ham Yer ichida issiqlikni o'tishida katta rol’ uynaydi.
Ko'p yillik kuzatishlar Quyoshdan keladigan issiqlik Yerning qattiq qobig’iga bir tekis o'tib bormasligini ko'rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |