Мavzu: Yorug’lik to’lqin asoslari. Yorug’lik interferensiyasi. Yorug’lik dispersiyasi. Yorug’lik difraksiyasi. Yorug’likni yutilishi. Yorug’likni sochilishi. Reja



Yüklə 238 Kb.
səhifə6/7
tarix16.05.2023
ölçüsü238 Kb.
#114525
1   2   3   4   5   6   7
Fizika” fani bo’yicha

5. Yorug’likni sochilishi.
Bir jinsli muhitda ikkilamchi to’lqinlar birlamchi to’lqinlarning tarqalishi yo’nalishidan boshqa hamma yo’nalishda bir-birini butunlay so’ndiradi. Shuning uchun yorug’likning yo’nalishlari bo’yicha qayta taqsimlanishi , ya’ni yorug’likning sochilishi yuzaga kelmaydi. Birlamchi nurning yo’nalishda ikkilamchi to’lqinlar bilan interferensiyalanib, fazoviy tezligidan farq qiladigan natijaviy to’lqinni yuzaga keltiradi. Yorug’likning sinishi va dispersiyasi yuqoridagi hol bilan tushintiriladi. Yorug’lik to’lqinlari muhitning bir jinslimasliklarida difraksiyalanib, intensivligining hamma yo’nalishi bo’yicha bir xil taqsimlanganligi bilan xarakterlanuvchi difraksion manzarani hosil qiladi.
Optikaviy birjinslimasliklari aniq ifodalangan muhit nomlari loyqa muhit nomi bilan yuritiladi. Bularga: 1) tutun, ya’ni gazlardagi muallaq holda yurgan maydon zarralar; 2) tuman – gazlarda – muallaq holda yurgan suyuqlikning mayda tomchilar; 3) suyuqlikda muallaq suzib yuruvchi qattiq zarrachalardan hosil bo’lgan suspenziyalar; 4) bir suyuqlikning mayda zarralarining, boshqa birinchisini eritmaydigan suyuqlikda muallaq yurishlaridan hosil bo’lgan emul’siyalar; 5) sadaf, opal, sutdek oppoq shisha kabi qattiq jismlar kiradi.
Yorug’likning yon tomonlariga sochilishi tufayli intensivlikning tarqalish yo’nalishi bo’yicha kamaya borishi faqat birgina yutilish bo’layotgan nisbatan tezroq yuz beradi. Shu sababli loyqa muhit uchun (17) ifoda haqiqiy x yutilishi koeffisenti ham tushirishi kerak, ya’ni J = J0 e-(x=x') e X kattalik ekstinksiya koeffisenti deyiladi. Agar bir jisnslimaslar o’lchovi yorug’lik to’lqin uzunligidan kichik ( -0,1λ atrofida) bo’lsa, sochilgan yorug’lik intensivligi J yorug’lik chastotasining to’rtinchi darajasiga to’g’ri proporsional yoki to’lqin uzunligining to’rtinchi darajasiga teskari proporsional:
J~ w4~1/ λ4
Bu bog’lanish Reley qonuni nomi bilan yuritilgan. Yorug’lik to’lqini ta’siridagi elektronning harakati garonik r = rm coswt qonun bo’yicha sodir bo’ladi. bu holda tezlanish w2 ga proporsional. Demak nurlanish intensivligi w4 ga proporsional qonuniyatining namoyon bo’lishini loyqa suyuqlik solingan idishdan oq yorug’lik dastasini o’tkazib kuzatish onson. Yorug’likning sochilishi tufayli dastaning suyuqlikdagi izi idishning yon tomonidah yaxshi ko’rinadi, yorug’likning qisqa to’lqinlari uzunlariga qaraganda kuchlik sochilganligi sababli bu iz havo rang bo’lib ko’rinadi. Suyuqlikdan o’tgan dasta katta uzun to’lqinli nurlanish bilan boyib, E ekranda, oq rangning o’rniga qizg’ish sariq dog’ hosil qiladi. Dastaning idishda kirish oldiga polyarizator qo’yib, birlamchi dasta yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan turli yo’nalishlarda. Sochilgan yorug’lik intensivligining bir xil bo’lmaganini sezamiz. Dipol’ nurlanishning yo’nalishga ega bo’lishi birlamchi dastaning tebranish tekisligi bilan mos tushgan yo’nalishlarda sochilgan yorug’lik intensivligining amalda nolga teng bo’lishiga tebranish tekisligiga tik yo’nalishda maksimal bo’lishiga olib keladi. Optikaviy bir jinslimaslik namoyon bo’lish sababini zichlik fluktuasiyasidan deb topdilar. Bu fluktuasiyalar modda molekulalarining tartibli harakati tufayli yuzaga keladi: shuning uchun molekulalar sababchi bo’lgan yorug’likning bu tur sochilishi deb atalgan. Zichlik fluktuasiyasining ortishi uchun ayniqsa modda kritik holatining yaqinida qulay sharoit yuzaga keladi. Bu fluktuasiyalar yorug’likning shunday intensiv sochilishiga olib keladiki, yorug’lik yo’lidagi modda solingan ampula butunlay qora bo’lib ko’rinadi.

Yüklə 238 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin