Mavzu: Yosh futbolchilarni dastlabki xarakatlarga tayyorlash xususiyatlari Reja: Kirish Asosiy qisim


Yosh futbolchilarni texnik va jismoniy jixatdan tayyorlashda milliy harakatli o’yinlar



Yüklə 99,5 Kb.
səhifə3/6
tarix20.11.2023
ölçüsü99,5 Kb.
#161945
1   2   3   4   5   6
Yosh futbolchilarni dastlabki xarakatlarga tayyorlash xususiyatlari

Yosh futbolchilarni texnik va jismoniy jixatdan tayyorlashda milliy harakatli o’yinlar
Sportchini tayyorlash tizimining muxum tomonlaridan biri sport o’rinbosarlarini rejaga asosan tayyorlash hisoblanadi. Buning uchun mamlakatimizda ROZK, BO’SM, OSMM va boshqalarning keng kamrovli faoliyati yaratilgan. Shuningdek, o’rinbosarlarni tayyorlashda sport turlari bo’yicha maxsus formalar ham qo’llanilmoqda. Bu esa, umumta’lim maktablarida maxsus jadval bo’yicha bir kunda ikki maxal mashg’ulotni samarali olib borishga yordam beradi. Sport o’rinbosarlarini tayyorlash nafaqat oliy mahorat sporti talablarini qondirish uchun muxum, balki maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasiga oid vazifalarni echishga ham samarali yordam beradi. Kichik yoshdagi sportchilarning yosh xususiyatlari sport mashg’uloti negizlariga maxsus yondashishni talab qiladi. Birinchi o’rinda shuni hisobga olish kerakki, o’smir sportchi uchun yuqori natijaga erishish ko’pincha uzoq maqsad bo’lib qoladi (M.Ya.Nabatnikova, V.P.Filin). Shuning uchun tayyorgarlikning dastlabki bosqichlarida musobaqa imkoniyatini oshirish va unga asosiy urg’u berish foydasiz, uni shakllantirish uchun maksimal kenglikdagi bazani iloji boricha kechroq yaratish lozim. O’z-o’zidan ma’lumki, tor doiradagi yuklamalar oldiniga yosh sportchiga tengdoshlariga nisbatan yuqoriroq natijalarni olib kelishi mumkin.
Demak, suzishda noproportsional bo’lgan katta xajmdagi tezkor ishlarni bajarish ko’pincha o’rganishning birinchi yili davomida II sport razryadi darajasidagi sport natijalariga erishishga olib keladi. Birok, bunday mashg’ulotda natijalarning o’sishi keskin sekinlashishi va bu sportchilarning birontasi xam terma jamoa tarkibiga kira olmasligi mumkin. Xuddi shunday sport uyinlarida xam avvallari o’smirlar va yoshlar jamoasidagi eng etakchi, maxoratli sportchilar ko’pincha kattalar jamoasida unchalik yaxshi va samarali xarakat qila olmaydilar. Yakka (individual) maksimal natijaga erishish tamoyili musobaka imkoniyatini chegaralangan tarzda oshishiga bulgan talab sifatida qaralishi kerak hamda sport turining spetsifikatsiyasi va sportchining yakka (individual xususiyatlari nuqtai nazaridan optimal bo’lishi kerak. Shuning uchun chuqurlashtirilgan mutaxassislik tamoyili o’smirlar sportida kechki ko’p yillik mashg’ulot bosqichlarida ko’zga tashlanadi.
Sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining birlik tamoyilini amalga oshirish ham muhim o’rin tutadi. O’smir sportchining yoshi va sport malakasi qanchalik kichik bo’lsa, uning har tomonlama tayyorgarligiga shunchalik katta ahamiyat berilishi lozim, chunki o’smirlar sportida bolalarning har tomonlama garmonik o’sishi zarurligi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, yosh sportchilarning bir xil ishdan tez charchab kolishini va unga bo’lgan qiziqishning yo’qolishini, boshqa sportga o’tishini, o’yin mavqeining o’zgartirishi va boshqalarni ham inobatga olish lozim. O’smirlar sportida chegaralangan yuklamalarga bo’lgan doimiylik va solishtirma birlik tamoyili doimiylikka urg’u berib amalga oshiriladi, bunda katta yuklamalar katta sportchilar mashg’ulotiga solishtirganda, tabiiyki, kam ishlatiladi. Yosh futbolchilar bilan ishlaydigan murabbiylar o’yinda yuzaga keladigan harakatlarni bajarish usullarini yaxshi egallagan bo’lishlari lozim. Futbol texnikasining o’ziga xos xususiyatlari, boshqa sport turlaridan farqi, o’ziga xos bo’lgan qirralari va harakatlanish malakalarini bilmagan murabbiylar futbol o’yini texnikasiga muvaffaqiyatli o’rgatishga qodir emas. Futbol o’yini texnikasi, harakat malakalarinig umumiy o’ziga xos xususiyatlaridan tashqari, bir qator o’ta ixtisoslashgan malakalarga ega.
Texnika usullari va to’pni egallab olishning ayrim elementlarini bajarish hamda ularni o’yin vaziyatlarida qo’llash quyidagicha tavsiflanadi; 1) futbol harakatlari malakasi har doim ma’lum bir sifatlar, masalan, mushak-kuch, tezkorlik, chidamlilikka asoslanadi; 2) harakat malakasi o’yin texnikasini ifodalovchi element hisoblanadi va u shundan iboratki, uzoq vaqt ichida yuqori darajada barqaror bo’ladi, ya’ni o’yin texnikasi malakalari ko’p yillarga saqlanib qoladi; 3) futbol o’yini texnikasi uchun xos bo’lgan tabiiy holat shundan iboratki, asosiy texnika usullarin qo’l bilan emas (bu insonlar uchun odatiy hol), balki oyoq bilan bajarishga to’g’ri keladi. Bu faqat o’rgatishning boshlang’ich davridagina o’yin texnikasini egallash uchun qiyinchilik tug’diradi; 4) futbol o’yini texnikasi elementlari g’ayrioddiy bolalar uchun notabiiy bo’lganligi sababli, o’yin texnikasiga o’rgatishda tegishli uslubiy usullarni qo’llash zarur bo’ladi; 5) o’yin paytida futbolchilar texnik usullarni ''o’ziga xos muhitda'' qo’llaydilar; o’yin qoidalariga gavda bilan kurash olib borish ruxsat beriladi. Bunda raqibingiz sizga u yoki bu texnika usulini qo’llashingizga xalaqit berishi mumkin. Shuning uchun texnikaga o’rgatish va uni mustahkamlashda o’yindagi kurash xususiyati hamda raqibning qarshilik ko’rsatuvchi harakatlarini nazardan qochirmaslik lozim; 6) futbolda (birinchi navbatda o’yin paytida) harakatlarni oldindan mo’ljallay olish mumkin emas; ular vaqt maboynida sodir bo’ladi. Ularni oldindan rejalashtirib bo’lmaydi. Bu harakatlar maboynida, vaqt oralig’idagi va dinamik (mushak kuchi, tashqi ta’sir kuchlari) tuzilmasi ko’pgina ''individual'' sport turlariga (engil atletika, gimnastika, suzish, velosiped sporti va h.k.) nisbatan boshqa. O’yin xususiyati va harakatlarning o’ziga xos tuzilmasi, o’yinchilarning individual jismoniy hamda ruhiy xususiyatlaridan tashqari, texnikaga o’rgatish va uni mustahkamlashni belgilab beradi. Harakatlarga o’rgatishni alohida qismlarga bo’lingan va parchalangan holda amalga oshirish mumkin emas. Bo’lajak futbolchilar futbol texnikasi usullari bilan tanishishlari, ularni o’rganib olishlari va kelgusida o’yin vaziyatlarida qo’llashlari lozim. Futbol texnikasini o’rganishga kirishish uchun, birinchi navbatda, muvofiq holda ulg’aygan bo’lish zarur. Bu bilan shu narsa nazarda tutiladiki, harakatlarni egallash uchun bir xil darajada ham jismonan, ham ruhan tayyor bo’lish kerak.
Tana uzunligining ma’lum bir darajasi va qon aylanish, nafas olish hamda boshqa organlarning shu bilan bog’liq bo’lgan ishi ulg’ayganlikni anglatadi. Bunda birinchi navbatda yosh futbolchilarning (o’smir yosh) bo’yi va vazniga emas, balki ularning ichki organlari faoliyatini ifodalovchi sifatli o’zgarishlarga e’tibor qaratiladi. Ulg’ayish va harakatlarni o’rganish o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjud. Ba’zi malakalarni (masalan, harakat malakalarini) bola faqat ma’lum bir yoshda, u shunday harakatlarni bajarishga etilgan paytda, egallashga qodir. Aks holda harakat tuzilmasi va organizm funktsiyalari malakasi bir-biriga qarama-qarshi bo’lib qoladi hamda harakatlarni o’zlashtirish muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Buning ustiga shularning hammasi kelgusida harakatlarni o’rganish uchun salbiy sharoitlarni keltirib chiqaradi. Shunday qilib, harakat usullari hamda futbol texnikasini faqat jismoniy va ruhiy ulg’ayish (etilish) hosil bo’lgandagina o’zlashtirish mumkin (26,36,40). Hozirgi zamon nuqtai nazari asosida aytish mumkinki, futbol texnikasida, ongli ravishda bajariladigan harakatlarga o’smir yoshdan boshlash uslubiy jihatdan to’g’riroq. Bunda to’g’ri rivojlanayotgan bolalar futboldagi harakatlarni o’rganish uchun zarur imkoniyatlarga egalar. Biroq bu yosh futbolchilar o’smir yoshgacha to’p bilan shug’ullanmasliklari kerak, degani emas. Ma’lumki, eng kichik yoshdan boshlab bolalarning sevimli o’yinchog’i to’p (koptok) hisoblanadi. Kichik yoshda bolalarni futbol texnikasi elementlariga majburan o’rgatib bo’lmaydi. Bu yoshda bolalarga ruxsat berish mumkin bo’lgan yagona narsa shuki, bolalar boshqa erkin o’ynaladigan o’yinlar bilan bir qatorda to’pning xususiyatlari bilan tanishishlari lozim, chunki bu yoshda ''to’pni bola emas, to’p bolani harakatlantiradi''.
U tajriba orttiradi, unda to’p bilan muomala qilish borasida minimal malakalar avtomat ravishda hosil qilinadi. Texnikani egallash shuni anglatadiki, futbolchi uchun zarur bo’lgan harakat malakalari o’zlashtiriladi, takomillashtiriladi hamda mustahkamlanadi. Buning natijasida ularni o’yinda, to’p uchun kurashish paytida qo’llash imkoni yuzaga keladi (27,29,34). Taktika har doim ham muhim ahamiyatga ega. Futbol texnikasi arsenalining ko’payishi, o’yinchilar jismoniy tayyorgarligining o’sishi, o’yin qoidalari hamda tizimining o’zgarishi, yanada takomillashib borayotgan trenirovka tsikli o’yinni ongli ravishda tashkil qilishda amaliy rejalar, izlanishlar, yangilanishlarga keng yo’l ochib berdi. O’yin maydonida kechadigan strategik kurash, hujum va himoya o’rtasidagi olishuv, yanada yangi va kutilmagan taktik fikrlarni, yangiliklarni yuzaga keltiradi. Ular, o’z navbatida, texnik, jismoniy va ruhiy tayyorgarlik, o’yin qoidalari hamda tizimiga ta’sir ko’rsatadi. Jismoniy-ruhiy qobiliyatlar o’rtasida o’zaro bog’liqlik, albatta, futboldagi yangi izlanishlarga ta’sir ko’rsatgan va ko’rsatib kelmoqda (38,44,45). Futboldagi boshqa taktik omillarning o’zaro bir-biriga ta’siri, yosh futbolchilarning taktik tayyorgarligi nuqtai nazaridan, eng birinchilardan hisoblanadi. O’yindagi ''boshqa omillar'' deganda quyidagilar tushuniladi; a) jamoa va o’yinchilarning texnik malakalari, ularning jismoniy qobiliyatlar; b) jamoa o’yinchilarining o’yinda bir-birini yaxshi tushunish darajasi, o’yinni bilish, jamoa o’yinchilarining uyg’unligi; v) o’yinchilarning aqliy (intellektual) darajasi; ''Mayda'' omillar ham muhim ahamiyatga ega; a) o’yindagi kuch, raqibning kutilayotgan taktik rejalari to’g’risidagi ma’lumotlar; b) o’yin qoidalarini bilish; v) jarohat olish, o’yindan chetlatish va boshqa narsalar tufayli jamoa tarkibining qisqarishi; g) o’yinchilarning almashtirilishi; d) o’yin joyi, xususiyati, maydon holati va ob-havo sharoitlari; e) ushbu matchning ahamiyati, turnir jadvalidagi holat. Taktik tayyorgarlik vazifalari quyidagicha ham aniqlanishi mumkin; 1. o’yinga ta’sir etuvchi bir nechta omillar va vaziyatlar taktik rejaga kiritilishi lozim, ya’ni jamoa uchun matchning oldindan o’ylangan taktik rejasi o’yinchilarning bilimlari va qobiliyatlariga mos darajada tuzilishi zarur. Misol. O’smir jamoalardan birida ba’zi o’yinchilar va butun jamoaning ish qobiliyati uzoq vaqt mobaynida tebranib turgan edi. O’yinchilar charchamagunga qadar ularning o’yindagi kayfiyati juda yaxshi, jamoa o’yin rejasiga muvofiq o’ynaydi, lekin o’yinchilar charchagan zahoti, xatolar ustiga xatolar yuzaga keladi, kayfiyat yo’qoladi va o’yin betartib, tarqoq holda kechadi hamda o’yin rejasi barbod bo’ladi. 2. o’yinga ta’sir ko’rsatuvchi omilar darajasini oshirish o’ylangan o’yin rejasining bajarilishiga yordam berishi lozim. Oldingi misolga asoslanib taxmin qilish mumkinki, o’ylangan o’yin rejasini bajarish davomida texnik, taktik, amaliy va nazariy mashg’ulotlar jismoniy sifatlarni takomillashtirishda ko’proq qo’llanilishi lozim. 3. mashg’ulotlar davomida o’yinga ta’sir ko’rsatuvchi bir nechta omillar o’rtasida shunday o’quv-tayyyorgarlik muvofiqlik bo’lishi lozimki, u berilgan davr ichida eng muhim omil yoki omillarga asosiy e’tibor qaratish zarur.
Bu erda nafaqat yil davomida rejalashtirilgan mashg’ulotlar tarkibiga rioya qilish zarurati, balki trenirovkalar paytida erishilgan yutuq, mumkin bo’lgan pasayish yoki to’xtab qolishni sezish hamda o’z vaqtida ushbu vaziyatni tuzatish nazarda tutiladi. Aynan shu erda o’zaro ta’sir ko’rsatish tamoyilini qo’llash yaxshi amalga oshirilishi mumkin. 4. taktik o’rgatish va o’yinchilarni tayyorlash jarayonida jismoniy hamda ruhiy farqlarni hisobga oladigan individual mashg’ulotlar o’tkazilishi lozim. Taktik tayyorgarlik bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlar; 1) taktik malakalar, jismoniy qobiliyatlar, aqliy va emotsional sifatlarni takomillashtirish.; 2) o’yinni (uning alohida lavhalari, o’yindagi qarorlarni) takomillashtirish; 3) o’yin tizimlariga o’rgatish, ularni yod olish; 1) matchga tayyorlanish. Yosh futbolchilarning texnika malakalarini rivojlantirish amaliy mashg’ulotlar davomida muhim o’rin egallaydi. Amaliyotdan ma’lumki, yosh futbolchilarni texnika usullariga o’rgatish natijalari bir xilda emas. Tafovut texnika usullarining o’yinchilar tomonidan qay tarzda egallanishi va qo’llanilishida namoyon bo’ladi. Shu narsa aniqlanganki, bo’sh zarbaga ega bo’lgan o’yinchilar to’pni qabul qilib olish, uni olib yurish va aldashlarda yuqori texnikani namoyish qiladilar, kuchli zarbaga ega bo’lgan futbolchilar esa ko’pincha bu usullarni yomon bajaradilar. Turli xildagi aldamchi harakatlarni yaxshi o’zlashtirgan o’yinchilarning to’pni olib qo’yishdagi tajribasizligi amalda kuzatilgan.
Yoshlik davrida tomir otgan yomon odatlar, yomon texnika kelgusida o’yinchilarda to’g’ri malakalarning hosil bo’lishiga halaqit qiladi. Shu tarzda texnikadagi bilimlari turlicha bo’lgan futbolchilar shakllanadi. Ular faqat o’zlari yaxshi bajara oladigan usullarnigina ishtiyoq bilan amalda qo’llaydilar. Buning hammasi ularning faoliyat doirasini kamaytiradi, jamoaning taktik imkoniyatlarini cheklaydi va uning natijalarini pasaytiradi . Texnik mahoratni takomillashtirishda bugungi futbolning xususiyatlarini hisobga olish juda muhimdir. Bu xususiyatlar qanday? 1. futboldagi sur’at tezlashgan, demak, futbolchilar o’yin davomida texnika usullarini yanada tez va sifatli bajarishlari lozim. 2. Oxirgi yillardafutbolda kuchli yakkama-yakka olishuv diapazoni ancha kengaydi. Shuning uchun o’yinchi texnika usullarini shiddatli va kuchli kurash olib borish vaziyatida bajaradi. 3. musobaqalar paytida turli xildagi o’yin variantlari qo’llanilmoqda va yoshlik chog’idanoq egallangan texnika malakalarini oqilona qo’llashga qodir bo’lgan futbolchi ularni to’liq ro’yobga chiqara olishi mumkin. 4. Natijada, yoki sportchilar har bir texnika usulini egallab olishi zarur. Agar faqat yuzaga kelgan yoki majburan orttirilgan o’yin ampluasini hisobga olgan holda futbol texnikasiga o’rgatilsa, bu noto’g’ri bo’ladi. Misol. Jamoada 14 yoshli o’yinchi himoyachi bo’lganligi sababli, uni asosan bosh bilan o’ynash, zarba berish va to’pni olib qo’yishga o’rgatishgan. Ikki yildan so’ng tezkorligi va manyovr qilishni bilganligi sababli, uni hujumchi sifatida qo’llashmoqchi, lekin to’pni mohirlik bilan egallay olmasligi va ayniqsa, unda aldamchi harakatlarni bajarish malakasining yo’qligi bunga to’sqinlik qiladi. Bolalikdan hujumchi vazifasida o’ynagan o’yinchi katta yoshda to’pni olib qo’yishni ustalik bilan bajara olmaydi; u umuman to’p uchun kurashmaydi yoki uni bilmay bajaradi. Shuning uchun texnika jihatdan qurollanganlik o’rtacha darajada bo’lgan o’yinchilarni o’rgatish va tayyorlash davomida ularni mashg’ulotlar uchun alohida guruhlarga taqsimlash zarur. Bu guruhlarda texnikaga o’rgatish taktika vazifalarini asta-sekin murakkablashtirgan holda amalga oshiriladi. Misol. Agar yosh futbolchi zarbalarni yaxshi bajarsa, uni elementar (oddiy) o’rgatishdan ozod qilish va undagi paydo bo’lgan malakalarni o’yin vaziyatlarini eslatuvchi murakkab sharoitlarda rivojlantirish zarur. Jismoniy qobiliyatlarning rivojlanishi va ularning taktik tayyorgarlik bilan bog’liqligidir. Yosh futbolchilarning turli xil qobiliyatlarini shunday darajada asta-sekin rivojlantirish lozimki, bu keyinchalik ish qobiliyatining yuqori darajada rivojlanishini ta’minlashi zarur. Ko’p yillik tajribadan ma’lumki, kuchli muskulaturaga ega bo’lgan bolalar, odatda, tezkor, sakrovchan bo’ladilar, lekin ish qobiliyati ularda etarli darajada emas, harakatlari qo’pol, chaqqonligi cheklangandir .
Muskulaturasi kuchsizroq bo’lgan bolalar sekin yuguradilar, kam sakrovchan bo’ladilar, ularning harakatlari hamda o’yindagi chaqqonligi samaraliroqdir. Yosh futbolchilar uchun o’z jismoniy kamchiliklarini o’z vaqtida tushunib etishlari juda muhimdir, chunki bu kamchiliklarni bartaraf etishga kechikmaslik lozim. Hozirgi paytda bolalarni futbol to’garaklariga (sektsiyalariga) saralashda to’pni egallash ko’nikmasi hamda o’yindagi chaqqonlikka asosiy e’tibor qaratiladi. Ba’zi mutaxassislarning fikricha, agar bolalarda texnik tayyorgarlik yaxshi bo’lsa, bo’sh jismoniy qobiliyatlar faqat e’tiborga olib qo’yiladi; ularning fikricha, hatto yaxshi jismoniy qobiliyatlar yomon texnikaning o’rnini qoplay olmaydi. Ko’p hollarda bunday bolalarni to’garaklarga qabul qilmaydilar. Hozirgi kunda o’yin maydonlarining yo’qligi tufayli iqtidorli bolalar kamayib bormoqda. Bizningcha, jismoniy rivojlanganlik darajasi o’rtadan yuqori bo’lgan bolalar saralab olish zarur.
Ular tegishli darajada o’rgatishdan so’ng yaxshi texnikaga ega bo’lishlari mumkin. O’sib boayotgan jismoniy nagruzka yosh futbolchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish usuliyatiga muhim darajada tuzatishlarni kiritishni taqoza etadi. O’yin taktikasi bo’yicha bir qator eslatmalar; a) jismoniy qobiliyatlar darajasining oshishi sababli oxirgi o’n yillikda shiddatli futbolning o’sish sur’ati tezlashadi; b) har doim shuni nazarda tutish lozimki, bolalarning jismoniy qobiliyatlarini turli xil uslublar yordamida jismoniy sifatlarga aylantirish mumkin va shart. Yaxshi rivojlangan, kuchli muskulaturaga ega bo’lgan bolalarda birinchi navbatda harakatchanlik, chaqqonlikni shakllantirish, jismonan kuchsiz bolalarda esa, asosan, mushak kuchini asta-sekin oshirib borish zarur; v) alohida jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun yaroqli bo’lgan vositalarni bilish juda muhimdir. Yosh futbolchilarning umumiy va maxsus qobiliyatlari darajasi butun jamoaning ish qobiliyatini, uning taktik imkoniyatlarini aniqlab berishi mumkin. Aqliy (intellektual) qobiliyatlarning rivojlanishi va ularning taktik tayyorgarlik bilan bog’liqligi. Aqliy sifatlarni rivojlantirish deganda nafaqat yosh o’yinchilarning ma’lumotni oshirish, balki bu bilim zahirasini o’yinda ro’yobga chiqarish malakasi tushuniladi (34,42,48,50). 1. Futbol o’yini qoidalarini o’rganish. Yosh futbolchilar uchun tabiiyki, birinchi navbatda o’yin maydoni va o’yinchilar to’g’risidagi qoidalar muhim hisoblanadi. Lekin qoidalarning intizomga oid qismining asosiy holatlari bilan tanishish ham ular uchun katta ahamiyatga ega. 2. Qoidalarni turli hil tomondan trenirovka o’yinlari, shuningdek, musobaqalar jarayonida o’rganish va egallash. Futboldagi muhim omillarning (texnika, taktik, jismoniy) ahamiyatini anglab etish; malakalar va qobiliyatlarning paydo bo’lishi, trenirovka mashg’ulotlarining zarurligi va maqsadlari, jamoa hamda alohida o’yinchilarning o’rni to’g’risidagi suhbatlar. 4. Aqliy sifatlarni rivojlantirish davomida shunday yosh o’yinchilarni saralab olish lozimki, ular boshqalardan o’zining ''futbolga oid'' mustaqil fikrga vazifalarni hal eta olishi, butun jamoa yoki uning alohida bo’g’imlari (zvenolari) o’yinni boshqara olishi bilan ajralib turishi zarur. Ma’lumki, har bir bolada o’zining individual xarakteri bo’lib, u o’sib ulg’aygan sari rivojlanib boradi va odatga aylanadi. Bolalik chog’ida ijobiy emotsional sifatlarni (futbolga oid) rivojlantirish yoki o’yin uchun salbiy emotsional sifatlarni bartaraf etish mumkin. Bu erda bir-biriga uzviy bog’liq bo’lgan emotsional sifatlar rivojlanishining ikkita shakli to’g’risida gapirish mumkin.
Ulardan biri ''nazariy'' shakl bo’lib, uning mazmunini tarbiyaviy mashg’ulotlar, tarbiyaviy ta’sirlar, jamoa a’zolarini shakllantirish belgilab beradi. Emotsional sifatlar rivojlantirishning boshqa shakli - “amaliy” shaklidir. Ushbu shaklning mazmunini shunday amaliy material belgilab beradiki, u turli xildagi hissiyotlar (emotsiyalar) va kayfiyatlarni keltirib chiqarishga hamda shu tarzda ijobiy hissiyotlarni esa bartaraf qilish, chetlashtirishga qodirdir. Texnika malakalari, jismoniy va aqliy qobiliyatlarni takomillashtirish hamda taktik tayyorgarlik o’rtasidagi bog’liqlik aytib o’tilganlarga nisbatan turlitumandir. Ta’kidlash joizki, turli xildagi taktika rejasi yoki taktik fikrlar hamda shu bilan bog’liq bo’lgan rejali o’rgatish kelgusida faqat boshqa o’yin omillari tegishli darajada rivojlangan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Yosh futbolchilarning texnik-taktik darajalarini aniklash. Yosh futbolchilarni tezkorlik-kuch, chaqqonlik, chidamkorlik sifatlarini rivojlantirish, psixologik tayyorgarliklari, musobaka paytida o’zini tutishlari. Futbolchilarda bunday sifatlarni rivojlanishi g’alabaga yaqinlashishidir. Bizning taxminimizcha mashgulotlar davomida tezkorlik-kuch sifatlari yosh futbolchilarda yaxshi rivojlantirilsa, mashg’ulot jarayonlarida yillik dasturlardan okilona foydalanilsa, mashg’ulot jarayoni yanada maksadli rejalashtirilsa, ishlab chikilayotgan yangi usul va uslublardan, nazariyalardan foydalanilsa shu orqali tayyorlanayotgan futbolchilar natijali samara beradilar.

Yüklə 99,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin