Mavzu: yosh psixologiyasining tadqiqot metodlar


Hayotiy kuzatish - ma’lumotlarini qayd etish bilangina cheklanib, tasodifiy xarakterga ega



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə2/4
tarix13.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#174685
1   2   3   4
Yosh psixologiyasining tadqiqot metodlari

Hayotiy kuzatish - ma’lumotlarini qayd etish bilangina cheklanib, tasodifiy xarakterga ega.

Ilmiy kuzatish - ma’lumotlarni qayd qilishdan ularning ichki mohiyatini tushuntirib berishga o‘tish, uning zaruriy sharti — aniq reja va natijalarni maxsus kundalik yoki bayonnomalarda qayd etishdir.

Laboratoriya eksperimenti - maxsus yaratilgan sharoitlarda, maxsus (apparaturalar) asbob uskunalar yordamida o‘tkaziladi. Tekshiriluvchi xatti-harakatlari ko‘rsatma orqali belgilanadi.

Tabiiy eksperiment - oddiy hayotiy sharoitlarda o‘tkazilib, turli yosh davrlarida bilish imkoniyatlarini o‘rganish uchun qo‘llaniladi.

Biroq kuzatish metodining kamchiliklari ham mavjud. Bular:

1. Tekshiruvchining passiv holatni egallaganligi

2. Qayd etishdagi xatolar.

3. Qaytarish imkonining yo‘qligi.

4. Natijalarni tahlil qilishdagi subyektivizm.

Eksperiment metodi. Eksperiment metodi tabiiy va laboratoriya eksperimenti turlariga bo'linadi. Bu metod psixik holatni ta’riflashgagina emas, balki ularni tushuntirib berishga ham imkon beradi.

Laboratoriya eksperimentining xarakterli belgisi faqat uning laboratoriya sharoitlarida maxsus psixologik asbob-uskunalar yordamida o‘tkazishlarida va sinaluvchining xatti-harakatlari yo‘l-yo‘riqqa binoan sodir bo‘lishi bilangina emas, balki sinalayotganligini biladigan sinaluvchi kishining munosabati bilan ham belgilanadi.

Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910-yilda A.F. Lazurskiy taklif etgan) mo‘ljallanganiga kora, eksperiment o’tkazilayotganini biladigan sinaluvchida hosil bo‘ladigan zo‘riqishga yo‘l qo‘ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga (dars, suhbat, o‘yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko‘chirishi lozim.

Psixologik-pedagogik eksperiment uch qismdan iborat. Aniqlovchi, shakllantiruvchi, nazorat eksperimentlari.

Aniqlovchi (tasdiqlovchi) eksperimentda sinaluvchilardagi biror psixik jarayonning rivojlanish darajasi aniqlanadi. Masalan, boladagi xotiraning rivojlanish darajasi «Meyli» testi yordamida aniqlanishi mumkin.


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin