Mavzu Yuqori chastotali signallarni uzatish usullari Reja-fayllar.org
Mazkur kashfiyotlardan biri — yuqori xaroratdagi o’ta o’tkazuvchanlik hodisasining aniqlanganiga ham bir asr to’ldi. Shu o’rinda savol tug’iladi: mazkur kashfiyotning asl ma’nosi, mazmunmohiyati nimadan iborat edi? Fizik olimlarning izohlashicha, bunda, eng avvalo, metall jism — o’tkazgichning ichki tuzilishi borasida fikr yuritish lozim. Ta’kidlanishicha, uning qattiq tashqi sinchi (karkasi) kristall panjarani hosil qilib, metall atomlar uning atrofida harakatlanadi. Fazo(makon)da esa atomlar orasida yengil harakatlanuvchi elektronlar va «begona» atomlar bo’ladi. Tok manbai ulanganda o’tkazgichda elektr toki paydo bo’lib, u metaldagi elektronlar harakatini ko’rsatadi. Ular panjaraning tebranma harakatlanuvchi va «begona» atomlari bilan to’qnashadi. Bu xaotik (betartib) holat natijasida elektronlarning dastlabki tartibli harakati to’xtaydi: Shuning u quvvat manbai (batareya) o’chirilganda tok tez so’nadi, uning energiyasi esa issiqlikka aylanadi. Elektronlarning dastlabki tartibli harakatining shu tarzda to’xtab qolishi o’tkazgichning qiyosiy qarshiligiga xizmat qiladi.