Nafas yo‘llari kasalliklarida ingalyasiya muolajasini qo‘llanilish tartibi.
Ingalyasiya o‘tkazish tartibi. Davo muassasalarida individual va guruh bo‘lib ingalyasiya o‘tkazish uchun maxsus xona – ingalyatorlar ajratilgan bo‘lishi, ingalyatorlarning individual niqoblari va uchliklari sterillangan bo‘lishi kerak. Hamshira ingalyatoriya xonasining tozaligini nazorat qilib, vaqti – vaqti bilan shamollatib, dezinfeksiya qilib turishi lozim. Ingalyasiya uchun bug‘li, iliq namli, namli, moyli, kukunli aerozollar qo‘llaniladi. Ularning davo ta'siri qo‘llaniladigan dori moddalarining farmokologik tarkibiga bog‘liq. Ingalyasiya uchun qo‘llaniladigan dori moddalari sifatida balg‘am ajratuvchi, desensibilizatsiyalovchi, bronxlarning o‘tkazuvchanligini tiklovchi, tomirlarni kengaytirib, qonga shimiluvchi preparatlarni ishlatish mumkin. Ingalyasiya usuli bilan organizmga har xil o‘simlik moylari (shaftoli, bodom, oblepixa), mineral suvlarni kiritish mumkin. Ingalyasiya uchun ko‘pincha quyidagi dori aralashmalari qo‘llaniladi.
Balg‘am yaxshi ajralishi uchun aralashma (bitta ingalyasiya uchun 25-100 ml aralashma sarflanadi) natriy gidrokarbonat 2g, distillangan suv 100ml.
Kaliy yod 0,25g, natriy yod 0,25g, natriy gidrokarbonat 1g, distillangan suv 100ml. Mineral suv(borjom, yessentuki va boshqalar).
Moyli aralashma. (bitta ingalyasiya uchun 0,5- 1,0 ml aralashma sarflanadi )
- mentol 0,5 g, shaftoli moyi 20 ml;
- mentol 0,5 g, evkalipt moyi 20 ml;
- oblepixa moyi, na'matak va boshqa moylar.
Bronxolitik ta'sir ko‘rsatuvchi aralashma (bitta ingalyasiya uchun)
0,5% — 2 ml euspiran (izadrin) eritmasi, 4 ml distillangan suv;
1% — 2ml navokain eritmasi, 3% — 1 ml efedrin eritmasi;
5% — 1 mg askorbin kislota eritmasi, 5 ml distillangan suv;
2% — 2 ml eufillin eritmasi, 4 ml distillangan suv.
Antibiotiklar:
1 000 000 TB penitsillin, 0,5 % — 100 ml novokain eritmasi (1 ta ingalyasiya uchun 25 ml);
0,5 g oletetrin, 2 g askorbin kislotasi, 100 ml distillangan suv (1 ta ingalyasiya uchun 25 - 50 ml).
Bundan tashqari, ingalyasiya uchun shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha shifobaxsh o‘tlarning damlamalari, piyoz va sarimsoqpiyoz sharbati, turli ferment moddalar va boshqa dori moddalari ham keng qo‘llaniladi
Dostları ilə paylaş: |