Ko’p yillik, bo’yi 30-70 sm ga yetadigan o’t o’simlik. Ildizi sershox o’q ildiz bo’lib, tashqi
ko’rinishi bilan ko’pincha odam gavdasiga o’xshaydi. Poyasi bitta, tik o’suvchi bargi 2-5 ta bo’lib,
yuqori qismiga to’p holda joylashgan. Bargi bandli, panjasimon murakkab, 5 ta bargchadan tashkil
topgan. Bargchalari ellissimon, o’tkir uchli, mayda tishsimon qirrali, tuksiz, pastki ikkitasi kalta
bandli va kichkina, yuqorigi uchtasi uzun bandli va katta. O’simlik sekin o’sadi. O’simlikda oldin bitta
uch plastinkali barg hosil bo’ladi. Keyin 5 ta plastinkallikka aylanadi. So’ngra ikkinchisi, uchinchisi
va to’rttinchi barglar chiqadi. O’simlik 10-11 yoshga kirganida yuqori, bargi joylashgan yerdan gul
o’qi vujudga keladi. Unga oddiy soyabonga to’plangan gullar o’rnashgan. Gullar to’g’ri, ko’rimsiz,
oq-yashil rangli bo’ladi. Otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – qizil
buyraksimon, sersuv danakchali meva.
Iyul oyida gullydi, mevasi avgust sentyabrda pishadi.
Dostları ilə paylaş: