Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot temirtikannig quritilgan yer ustki
qismidan (poya, shoxchalar, barg, gullar, meva va ba’zan ildiz aralashmasidan) tashkil topgan.
Poyasi cilindirsimon, shoxlangan, tuklar bilan qoplangan. Barglari qisqa bandli, poyada qarama-
qarshi o’rnashgan, 5-8 juft bargchalardan iborat juft patli murakkab barg. Bargchalari lancetsi-
mon yoki cho’zinchoq shakilli, bir oz o’tkir uchli va tekis qirrali. Gullari sariq rangli, gul-
qo’rg’oni murakkab, kosacha va toj barglari 5 ta dan, birlashmagan, otaligi 5-10 ta, onalik tuguni
5 xonali. Mevasi mahsulotda butun, yulduzsimon joylashgan, qattiq, 2-4 ta yong’oqchalardan
tashkil topgan, to’p yoki ayrim-ayrim, ajralgan yong’oqchalar holida bo’ladi. Mahsulot och
yashil rangli, o’ziga xos kuchsiz hidli va shirinroq-achchiq mazaga ega.
Dostları ilə paylaş: |