Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlarga javoblar: Yevropa va rus tilshunoslarining areal tilshunoslikdagi tadqiqotlari



Yüklə 14,85 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü14,85 Kb.
#37627
5- seminar javob Areal


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlarga javoblar:


1.Yevropa va rus tilshunoslarining areal tilshunoslikdagi tadqiqotlari.

Areal lingvistikaga oid tadqiqotlar XIX asrning oxiri XX asr boshlarida rivojlandi. Areal lingvistikaning Rossiyada paydo bo‘lishi I.I.Sreznevskiyning karta yaratish zarurati (1851) haqidagi fikrlari bilan bog‘liq. Rus tilining lingvistik geografiyasi ustida 1903-yildan boshlab A. A. Shaxmatov tashabbusi bilan tuzilgan Moskva dialektologik Komissiyasi planli ish olib bora boshlaydi. Bu komissiya 1915-yili «Rus tili Evropa qismi dialektologik kartalaridan tajriba» («Rus dialektologiyasidan ocherklar, ilovasi bilan») degan karta nashr ettiradi. Bu kartada hozirgi Sharqiy slavyan (rus, ukrain, belorus) tillari va bu tillarning har qaysisining lahjalarga va sheva gruppa-lariga bo‘linishi ko‘rsatib berilgan. Mazkur karta rus dialektologiyasi fani tarixi uchun muhim davr bo‘ldi.


2. O‘zbek olimlarining areal tilshunoslikdagi tadqiqotlari.

O`zbek tilshunosligida ham areal tilshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha bir qancha tadqiqotlar olib borildi. Tilshunoslikning bu yo`nalishiga V.V. Reshetov, Polivanov D.Jo‘rayev, A.Jo‘rayev,Z.Gadjiyeva, Sh.Shoabdurahmonov, A.G`ulomov, S. Ibrohimov, F.Abdullayev, M. Mirzayev, A. Aliyev kabi bir qancha olimlar dialektal va areal tadqiqot ishlarini olib bordilar. Professor V.V.Reshetov o`zbek shevalari dialektologik atlasi tuzish tamoyillarini belgilab, qurama o`zbek shevalarining 49 ta dialektologik atlasini tuzdi.Ayniqsa bu sohada tilshunos olim A.Jo‘rayev O‘zbekiston hududi bo‘yicha o‘zbek tili dialektal zonalari chegaralarini aniqlashtirib, har xil turdagi lahjalarning ma’lum bir tarixiy – etnografik mintaqa bilan aloqalari birlashgan hududlarini belgilashga harakat qildi. Keyinchalik areal lingvistlarning e’tiborini kichik areallar ustida tadqiqot olib borish qiziqtirdi. O‘zbekistonning ma’lum hududi (Qashqadaryo, Toshkent viloyati, Namangan viloyati, Buxoro viloyati, Navoiy viloyati va b.) sheva va lahjalarining leksik, fonetik, grammatik xususiyatlari o‘rganildi va o‘rganilmoqda.


O‘zbekistonda  dialektologik atlas yaratish ishi  endigina rivojlanmoqda. Bu sohada Sh.Shoabdurahmonov, A.Jo‘rayev Q.Muhammadjonov, A.Shermatov, Y.Ibrohimov, N.Murodovalarning tadqiqotlari mavjud. Sh.Shoabdurahmonov O‘zbekistonda birinchi bo‘lib shevalar atlasini yaratishning nazariy qoidalarini ishlab chiqdi. A.Jo‘rayev areal lingvistikaning nazariy va amaliy asoslarini tadqiq qildi. Q.Muhammadjonov shimoliy o‘zbek shevalarini, A.Shermatov Quyi Qashqadaryo shevalarini Y.Ibrohimov va Z.Ibrohimova Orolbo‘yi o‘zbek shevalarini, N.Murodova Navoiy viloyati shevalarini kartalashtirgan.
Yüklə 14,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin