Mavzu: Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari Reja


Zamonaviy axborot tashuvchi qurilmalar va ularning tarixi



Yüklə 482,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix13.04.2023
ölçüsü482,56 Kb.
#97495
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari Reja

1. Zamonaviy axborot tashuvchi qurilmalar va ularning tarixi 
 
Texnologiyalar juda tez rivojlanib, yaqindagina g‘aroyib voqelik bo‘lib 
tuyulgan narsalar bugungi kunning tabiiy holatiga aylanmoqda. Aslida, bugun 
bilan ertaning oraliq masofasi juda yaqin bo‘lsada, go‘yo “Uyning gapi ko‘chaga 
to‘g‘ri kelmas” maqoliga o‘xshash: “Bugunning gapi ertaga to‘g‘ri kelmay” 
bormoqda. Shunisi qiziqki, ilgari biror kasb egasi bo‘lish uchun fan asoslaridan 
bilim olishning o‘zi yetarli bo‘lgan bo‘lsa, davrimizning zamon bilan hamnafas 
mutaxassisi fan yangiliklarini o‘zlashtirishga ba’zan ulgurmay ham qolyapti. 
Bugungi kunda katta imkoniyatlar taqdim etgan fan yangiliklari go‘yo 
ertangi kungacha yanada yangi qirralarini ochib, boyib bormoqda. Kechagi 
yangiliklar esa asta tarix zarvaraqlaridan joy olib, o‘tmishga aylanmoqda. Axborot 
tashuvchi qurilmalar avlodlari va ularning tarixi bilan tanishish maqsadida “Aloqa 
tarixi muzeyi” bo‘ylab sayohatimizni davom ettiramiz. Shunday qilib, navbatdagi 
sahifamiz zamonaviy axborot tashuvchi qurilmalarga bag‘ishlanadi. 
Tarix taraqqiyoti mobaynida axborotlarni saqlashga turlicha yondashilgan. 
Bunda axborotni qancha vaqt va qanday saqlashga alohida e’tibor qaratilgan. Agar 
axborot oz bo‘lsa, uni yodda saqlash, kitoblarda bitish bilan cheklanish mumkin 
edi, biroq davrimiz axborotlari sonining keskin o‘sishi sharoitlarida ularni saqlash 
va uzatish masalasi alohida ahamiyatga molik. Axborotni saqlash — bu axborotni 
makon va zamonda tarqatish usulidir. Axborotning saqlanishi uni saqlovchi, 
tashuvchi qurilmalarga ham bog‘liq. Hozirgi davrda ko‘plab axborotni ixcham 


holda saqlash va tezkor ulanib, o‘qishga mo‘ljallangan qurilmalar mavjud. Axborot 
tashuvchi vositalar — ma’lum bir axborot hajmini saqlash yoki uzatishga xizmat 
qiladi. 
Magnit yozuvlari orqali axborotlarni saqlash va uzatish mazkur sohadagi 
yanada ishonchli imkoniyat hisoblanadi. Bu borada fikr yuritilganda, avvalo po‘lat 
simga yozilgan magnit yozuvlarini eslab o‘tish lozim. Bunday usuldagi yozuvlarni 
amalga oshiruvchi qurilmani ilk bor 1878-yilda Edison laboratoriyasiga tashrif 
buyurganidan ta’sirlangan Oberlayn Smit (Oberlin Smith) 1888-yilda ishlab 
chiqqan. Biroq dastlabki po‘lat simli magnit yozuvlarini amalga oshiruvchi 
qurilma daniyalik muhandis Valdemar Poulsen (1869–1942) tomonidan faqatgina 
1895-yilga kelib, ishlab chiqilgan. Ixtirochi qurilmani «telegrafon» deb atagan. 

Yüklə 482,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin