Zamonaviy kompyuter tizimlari o`zaro bog`langan protsessorlar, xotira modullari va kiritish/chiqarish qurilmalaridan tashkil topgan.
Protsessorlar, xotira modullari va kiritish/chiqarish qurilmalari kompyuterning asosiy tushinchalari hisoblanib, kompyuter tizimlarini o`rganishning ixtiyoriy darajalarida (tashkiliy, apparat yoki dasturiy) ushbu qurilmalar haqida so`z boradi.
Protsessor – Markaziy protsessor (CPU-Central processing unit) bu kompyuterning miyasi hisoblanadi. Uning vazifasi – asosiy xotirada joylashgan dasturlarni bajarishdan iborat.
Buning uchun xotiradan buyruqlarni chaqiradi, ularning tipini aniqlaydi, so`ngra birin ketin ularni bajaradi.