Qiyosiy pedagogika taraqqiyotining ikkinchi bosqichi – ilmiy qiyosiy pedagogikaning paydo bo’lishi (XIX asr oxiridan XX asr boshlarigacha). Bu davrda qiyosiy pedagogika fan sifatida ilmiy asoslandi va pedagogikaning mustaqil sohasiga aylandi. Mohiyatan olib qaraganda, bu davr qiyosiy pedagogikaning alohida fan sohasi sifatida pedagogik hodisalarni ilmiy asosda o‘rgana boshlangan ilk davri edi, desak xato bo‘lmaydi. Bu davrda turli davlatlarning ta‘lim tizimidagi rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlari ajratila boshlandi, ularning ilk qiyosiy tahliliga ilmiy yondashildi.
Ayrim Yevropa pedagoglari XIX asrda ta‘lim taraqqiyotining xorij tajribasini diqqat bilan o‘rgandilar. Bu tajribalardan o‘z mamlakatlarida maktab ishlarini yaxshilashda foydalanishga harakat qilishdi. Bu izlanishlar ta‘limda statistika mavjud emasligi, maktab qonunchiligi va pedagogik hujjatlalarni yuritishni tizimlashtirish, materiallarning kamchiliklari tufayli katta muammoga duch keldi. Xorijiy ta‘lim bilan tanishuv asosan «pedagogik sayohat» tarzida, ya‘ni pedagoglarning xorijiy mamlakatlarga tashrifi orqali amalga oshirilgan. Bunday tadbirlar ko‘pincha shaxsiy tashabbus natijasida yuzaga kelgan. Lekin ba‘zida hukumat topishirig‘i bilan amalga oshirilgan «sayohat»lar qayd etilgan, chunki ta‘lim taraqqiyoti masalalari asta-sekin davlat hokimiyati e’tiborini o‘ziga jalb qila boshlagan. 19 ―Vaterlo yonidagi jang Itona sport maydonlarida yutilgan edi, ―Sad yonidagi jangda pruss maktab o‘qituvchisi g‘olib chiqdi. Bular ingliz qo‘mondoni gersog Vellington va nemis konsleri Bismarkning mashhur iboralari bo‘lib, XIX asrdayoq Yevropa davlatlarining yetakchi arboblari maktab ahamiyatini ―katta siyosatdagi dastaklardan biri sifatida tushunganligini isbotlaydi. Deyarli barcha Yevropa mamlakatlarida maktab islohoti amalga oshirildi. Bu mamlakatlarning islohotchilari quyidagi savollarga javob topishi kerak edi.
Milliy ta‘lim tizimida qanday turdagi o‘quv muassasalarini tashkil qilish kerak?
Ta‘lim tizimini nazorat qilish vakolatini kimga berish kerak-davlatgami,
cherkovgami, o‘quvchilarning ota - onasigami?
Ta‘lim qay yo‘sinda moliyalashtiriladi? Mumkinmi? Markaziy va mahalliy hokimiyat bog‘liqligi qanday bo‘ladi? Turli shakldagi o‘quv muassasalari uchun o‘qituvchilar qanday tayyorlanashi kerak? Tabiiyki, hukumat va pedagogik jamiyat xorij tajribasi haqida ishonchli va batafsil ma‘lumot olishga qiziqish bildiradi. Lekin ularning bari qiyosiy-pedagogik tadqiqotlar sohasidagi dastlabki urinishlar edi, xolos.
XIX asr ishlab chiqarish inqilobi hamda ishlab chiqarish mehnati va urbanizastiya sharoitida fan va maorif yuqori sur‘atlarda rivojlana boshladi. Aynan an shu davrda fan kasbiy xususiyatga ega bo‘la boshladi. Dastlabki davriy ilmiy jurnallar chop etila boshlandi, bilimlarni tizimlashtirish jarayoni ham keng quloch yozdi, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida ensiklopediyalar chop etildi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bolalarni maktablarga keng jalb etish va kasbiy ta‘limni tashkil etish borasida ilk qadamlar qo‘yildi, ko‘pgina davlatlarda xalq maorifining davlat asoslari yaratildi. Aynan shu davrda ko‘pgina yirik rivojlangan davlatlar – AQSH (1852), Buyuk Britaniya (1870), Fransiya (1882)da majburiy maktab ta‘limiga o‘tila boshlandi.