Mavzu: zamonaviy shaxs tarbiyasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə1/6
tarix23.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#120787
  1   2   3   4   5   6
SHaxs tarbiyasi


TATU FARG’ONA FILIALI TT VA KT FAKULTETI
630-20 GURUH TALABASI SOHIBOV MURODILNING
PEDAGOKIKA VA PSIXOLOGIYA FANIDAN
LABARATORIYA ISHI
Topshirdi: M.SOHIBOV
Qabul qildi: X.RAJABOVA
FARG’ONA – 2022

MAVZU: ZAMONAVIY SHAXS TARBIYASI

  • REJA
  • 1. SHAXS TARBIYASI
  • 2. FAOLIYAT VA SHAXS

1. SHAXS TARBIYASI

SHaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy etgan, o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi.

Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.

Shaxs bo'lish uchun odam, albatta, tarbiyalanishi kerak.Ta'lim-tarbiyasiz, hayotdagi yaxshilik va yomonlikni bilmasdan, ularni farqlamasdan turib, odamning shaxs bo'lib shakllanishi mumkin emas.Ta'lim-tarbiya, yaxshi-yomonning farqiga boradigan darajaga yetishish esa uzoq vaqt talab qilishi, hatto, insonning umri oxiriga qadar davom etishi mumkin. Demak, har qanday odamni ham, bu dunyoda bosh ko'tarib yurgan hamma insonlarni ham shaxs deb atay olmaymiz. Bu nomga sazovor bo'lishning o'z talablari, mezon - o'lchovlari bor. Bu talab-mezonlar ichida ma'naviy-ma'rifiy mezonlar muhim o'rin egallaydi.«Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch» kitobida o'qiymiz:Har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish - ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim». Yurtboshimiz ota-onalar, ustoz va murabbiylarga «har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rish zarur»ligini uqtirmoqda.

Butun ta'lim-tarbiya mana shu imkoniyatni ro'yobga chiqarishga, jism-u jonimizda yashirinib yotgan shu qobiliyatni kashf qilib, uni takomillashtirishga qaratilmog'i lozim. Boshqacha aytganda, har bir inson tug'ilishidanoq tayyor shaxs bolmaydi Erkin va mustaqil, chuqur va keng fikrlash, hamma narsa to'g'risida xolis mushohada yuritish, hayotda ongli turmush kechirish esa insonni komillik – mukammallikka eltadi.Dunyoda narsa va hodisalarning son-sanog'i yo'q. U to'g'risida har bir fan o'zining ilmiy qarashlarini ilgari suradi. Ilmning bo'lsa, chek-u chegarasi yo'q. Ya'ni, narsa va hodisalar mohiyatini o'rganish mangu davom etaveradi. O'z fikriga, shaxsiy qarashiga ega bo'lmagan,aytayotgan gapi yoki qilayotgan ishi uchun javob berish mas’uliyatini his qilmaydigan odam shaxs degan yuksak mavqega ko'tarila olmaydi. Ana shunday odamlar to'planib «olomon»ni, «to'da»ni hosil qiladi.Har qanday mamlakat va uni ichdan buzmoqchi bo'lgan yovuz niyatli kuchlar aynan shu olomon to'dani hosil qilishni, uning vayronkor kuchidan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishni o'ylashadi. Ular kishilarni mustaqil, erkin fikrlashda chalg'itadigan o'zlarining buzg'unchi g'oyalarini, mafkuralarini tiqishtiri- shadi, o'z domiga tushgan yoshlarni, hatto, boshqacha o'ylamasligi o'ziga o'rgatilgan aqidalardan chetga chiqmaslikka qasam ham  ichirishadi.Soxta «ommaviy madaniyat» targ'ibotchilarining niyati ham shunga o'xshash. Ular insonning hayvoniy his-tuyg ularini qo'zg'atuvchi tomoshalari kuchi va ta'siri bilan jamiyatda shaxslarni yo'q qilib, odamlarni hech narsa to'g'risida jiddiy o'ylamaydigan, nimani eshitsa yoki ko'rsa, shuni ortidan ko'r-ko'rona ergashib ketaveradigan olomonga aylantirishni istaydilar.Har ikki harakat ham, oxir-oqibatda, xalq, millat ustidan o'z hukmronligini o'rnatish,


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin