Mavzu: Zamonaviy tarbiyada media. Mediasavodxonlik va mediatarbiya. Reja


Ijtimoiy tarmoqlarning salbiy va ijobiy tomonlari



Yüklə 67,97 Kb.
səhifə3/4
tarix06.06.2023
ölçüsü67,97 Kb.
#125622
1   2   3   4
4-dars

2. Ijtimoiy tarmoqlarning salbiy va ijobiy tomonlari.
“Dunyodagi mafkuraviy tortishuvlar va uchrayotgan informatsion xurujlar o‘sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasiga yangi talablarni qo‘ymoqda. Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarda mafkuraviy tahdidlar sharoitida yot mafkuralarning mustaqilligimizni mustahkamlashga qarshi olib borayotgan hujumlarini va yoshlarimizni loqayd, siyosiy zaif, mafkuraviy befarqligiga erishishga qaratilgan harakarlar ta’sirini zararsizlantirish zarurati alohida ta’kidlanmoqda”13.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatimiz qo‘lga kiritayotgan olamshumul yutuqlarni jahon media makonida keng targ‘ib qilish hamda inson ma'naviyatini har tomonlama yuksaltirishga xizmat qiladigan juda ko‘plab ma'lumotlar yoritib borilmoqda. Shu bilan birga, milliy mentalitetimizga rahna soluvchi turli ig‘volar, g‘iybatlar, milliy madaniyatlarning kushandasi bo‘lgan – “ommaviy madaniyat” niqobidagi tahdid va boshqa illatlar xavf solishi hamon davom etmoqda.
Kishining ta'bini xira qiladigan jihati ijtimoiy tarmoqlar orqali “ommaviy madaniyat” niqobi ostida yurtimizga buzuq g‘oyalar, axloqsizlik, g‘ayriinsoniy odatlar kirib kelmoqda. Millatning tarixi, o‘tmishdagi qadriyatlarini rad etuvchi, “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etishga undovchi mafkuraviy kurashlarning barchasi aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali olib borilmoqda. Zero, ijtimoiy tarmoqlar tubanlik girdobiga giriftor etuvchi mafkurachilarining asosiy dastaklaridan biri ekanligi hech kimga sir emas. Binobarin, bu holat har birimizdan tahdidlarga nisbatan muntazam ogohlikni talab etmoqda.
Inson ongi, qalbi va ruhiyatiga tazyiq o‘tkazishga harakat qilayotgan g‘arazli kuchlar axborot xurujlarini amalga oshirishda eng ta'sirchan vositalar sifatida internet tizimi va ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanishmoqda. Ayni paytda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan milliy ma'naviyatimizga yot g‘oyalar va axborot xurujlarining yoshlar tomonidan qabul qilinayotganligi va uning oqibatlari kishini tashvishga solayarti.
Qayd etish joizki, «ommaviy madaniyat» namoyon bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra, til, din, e'tiqod, irq, makon, xalq va millat tanlamaydi. U jamiyatning madaniy va estetik qadriyatlariga rahna solish orqali ijtimoiy munosabatlarda insonparvarlik tamoyillarini buzadi. Zero, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda, albatta, barchamiz media xavfsizlik, g‘arb davlatlari olib borayotgan mafkuraviy kurash turlari haqida ma'lumotga ega bo‘lishimiz va buni yoshlarga o‘rgatishimiz lozim.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali inson ongi va dunyoqarashini o‘zgartirish maqsadida g‘oyaviy, mafkuraviy ta'sir o‘tkazish, noto‘g‘ri, yo‘lg‘on, ongni buzuvchi axborot tarqatish kabi holatlar, ayniqsa, hushyorlikni talab etmoqda. Axborot xurujida inson ongi, millat ruhiyati nishonga olinadi. Aslini olganda, axborot xurujlarini amalga oshirishda, avvalo, inson ongi va qalbini zabt etish orqali mafkuraviy ta'sir o‘tkazish g‘oyasi yotadi. Mazkur holat davlatlarning barqarorligiga rahna solib, millatning tarixan shakllangan qadriyatlari, uning o‘ziga xosligi, millat va xalq sifatida yashab qolishini xavf ostiga qo‘yadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali g‘oyaviy-mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo‘layotgan yovuz va buzg‘unchi g‘oyalar ta'sirini o‘z vaqtida anglash, ulardan doimo ogoh bo‘lish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanini har bir yurtdoshimiz, birinchi navbatda, yosh avlod vakillari chuqur anglab yetishlari lozim bo‘ladi.
Chunki ijtimoiy tarmoqlar nafaqat yoshlarning, balki jamiyatdagi har qanday faol insonning doimiy ehtiyojiga aylanishga ulgurib bo‘ldi.
Quyida ijtimoiy tarmoqlarning ana shunday xatarlaridan eng asosiylarini sanab o‘tamiz:
Yolg‘on va asossiz xabarlarning tarqalishi
Qur’oni karimda shunday deydi: “Ey, mo‘minlar! Agar sizlarga biror fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biror qavmga aziyat yetkazib qo‘yib, keyin qilgan ishlaringizga pushaymon bo‘lmasligingiz uchun u xabarni aniqlab tekshirib) ko‘ringiz!” (Hujurot surasi 6-oyat).
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytadilar: “Kishiga gunoh bo‘lishi uchun eshitgan narsasini gapirishining o‘zi kifoyadir”, – deganlar (Imom Muslim va Imom Abu Dovud rivoyati).
Shariatimizga ko‘ra, har bir musulmonning sha’ni va obro‘sini to‘kish – xuddi qonini to‘kish yoki molini o‘zlashtirish kabi boshqa musulmon uchun haromdir.
Qur’oni karimda shunday deyilgan: “Fitna esa qotillikdan ham kattaroq (gunoh)dir…” (Baqara surasi 217-oyat)
Imom Abu Lays Samarqandiy rahmatullohi alayhi: “Ilmni ishonchli zotlardan olish lozim, chunki dinning ustuni ilm bilandir. Kishi o‘zining jonini ishonadigan kishigagina dinini ham ishonib topshirishi lozim”, – deganlar.
Shuningdek, terrorchilar o‘zlariga tegishli veb-sahifa va ijtimoiy tarmoqlarda “shahidlik”, “jihod”, “hijrat”, “takfir”, “xalifalik” kabi tushunchalarni buzib talqin qilish natijasida ayrim yoshlarni o‘zlarining tuzoqlariga ilintirishga muvaffaq bo‘lishayotgani achinarli hol albatta.
Yovuz niyatli kimsalar g‘arazli maqsadlari yo‘lida va xalqning o‘zligini yemirish uchun turli usullardan foydalanadi. Ulardan biri – jamiyatda axloqiy bu­zuqlikni yoyishdir. Bu yo‘lda g‘alamislar ijtimoiy tarmoq orqali axloqsizlikni, fahshni keng tarqatishga bor imkoniyatlarini sarflamoqdalar. Behayolikka yo‘g‘rilgan tasvirlar, video-roliklar tarqatish orqali yer yuzida fasod tarqashiga “xizmat” qilmoqda.
Ahli ilm, imom, ulamo kishilar haqida bo‘hton uyushtiruvchi, ularni ijtimoiy tarmoqlar orqali dinimizga bo‘layotgan zararlardan yana biri – har bir yurtning peshqadam olimlarini tahqirlash, tuhmat-bo‘hton so‘zlari bilan obro‘sizlantirish, ularni nifoqda, kufrda ayblashdir. Ularning bundan o‘ylagan maqsadlari – musulmon ommasini ilmiy rahbarsiz qoldirib, o‘zlariga ergashtirish va boshqarishdir.
Ijtimoiy tarmoq orqali fikr bildirish va buning ortidan maqtov (“layk”)larni qo‘lga kiritishga urinish bugungi yoshlarini tobora o‘z domiga tortmoqda. Buning salbiy tomoni shundaki, foydalanuvchi bunday maqtov (“layk”)larni yana va yana olishni istaydi va rohatlanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi va giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchini mana shu bog‘langanlik va rohatlanish hislari birlashtirib turadi. Buning oqibatida ular virtual dunyoga butkul sho‘ng‘ib ketadilar va tashqi dunyodan uziladilar. Ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanib qolgan yoshlar boshqalar bilan jonli muloqotda qiynaladi, odamovi bo‘lib qoladi, do‘stlashishda adashadi, birovga hamdardlik bildirish haqida umuman bosh qotirib o‘tirmaydi. Faqat ijtimoiy tarmoqda topgan “do‘st”larining fikri bilan ish ko‘radigan bo‘lib qoladi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G‘arazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, ularga zomin bo‘lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz, ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko‘y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib, qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim”14. Binobarin, bugungi davr bizdan dunyo miqyosida bo‘hton va uydirmalarni tarqatish orqali yoshlarimizni aldab, o‘z qarmog‘iga ilintirishga intilayotgan ijtimoiy tarmoqlardagi turli salbiy holatlarga hech qanday imkon bermasligimizni talab etmoqda. Zero, milliy ma'naviyatimizni asrash orqali yoshlarimizni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, o‘z xalqiga, yurtiga bo‘lgan muhabbatini oshirish asosiy vazifamizdir.
Xullas, hozirgi davrda shiddatli o‘zgarayotgan zamon bilan hamnafas faoliyat yuritish, ichki va tashqi g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning oldini olishga qaratilgan barcha chora-tadbirlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish dolzarb vazifa sifatida belgilanmoqda. Yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, g‘oyaviy kurashchanlik fazilatlarini shakllantirish, ularni ogoh, sezgir, hushyor qilib tarbiyalashimiz zarur.



Yüklə 67,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin