Mavzu:№ 5 Lokal kompyuter tarmog‘iga kirish (Ma`ruza)
Reja: 1.Lokal kompyuter tarmog‘i tushunchasi 2.Lokal kompyuter tarmog‘i vazifalari.
3.Lokal tarmoq turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
4.Tarmoqning texnik vositalari.
Kompyuter tarmoqlarining paydo bo’lish sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o’zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo’shimcha mablag’ni asraydi.
Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida foydalanuvchilar o’rtasida axborot almashish engillashtiriladi. Tarmoq foydalanuvchilar so’rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o’zida axborotdan ko’plab mijozlar foydalanish imkonini beradi.
Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o’zaro bir-birlari bilan hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoqdeyiladi.
Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko’ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:
1) o’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:
- past 100 Kbit/ s gacha;
- o’rta 0,5-10 Mbit/s gacha;
- yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.
2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga muvofiq:
- LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
- CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq;
- MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o’n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;