4. Mikrokreditbankning passiv operatsiyalari turlari, harajatlari va ularning tahlili “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki kapitallashuv darajasini yanada oshirishga, bankning investitsiya jarayonlarida, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirishda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashdagi keng ishtiroki bilan bank-moliya tizimida faoliyatini kengaytirib, qimmatli qogʻozlar bozorini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-oktyabrdagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining investitsiyaviy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida bankning eʼlon qilingan aksiyalari doirasida 50 mlrd. soʻmlik qoʻshimcha aksiyalarining 14-emissiyasi muomalaga chiqarilgan.
Bugungi kunda bu aksiyalarning joylashtirilishi yakunlanmoqda.
MIKROKREDITBANK TOMONIDAN TAQDIM QILINAYOTGAN OMONATLAR
NOMI
FOIZI
MUDDATI
VALYUTA
Progress
22
13 oy
So’m
Komfort
21
13 oy
So’m
Oldindan foiz
19
12 oy
So’m
Imkoniyat
19
1096 kungacha
So’m
Baxtli bolalik
Qayta moliyalash stavkasida
120 oygacha
So’m
Capital
4
13 oygacha
AQSh dollar
Express
3.5
18 oygacha
AQSh dollar
Bank depozitlariga aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh pul mablagʻlarini jalb etish maqsadida 2009-yilning birinchi yarmida 2,5 mlrd. soʻmlik depozit hamda 500 mln. soʻmlik omonat sertifikatlar muomalaga chiqarildi va mijozlarga tarqatilgan.
Shuningdek, aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh pul mablagʻlarini muntazam jalb etib borishni taʼminlash maqsadida bankning yuridik shaxslar uchun 5 mlrd. soʻmlik, jismoniy shaxslar uchun 500 mln. Soʻmlik uzoq muddatli depozit sertifikatlarining yangi emissiyasi chiqarildi. Ushbu emissiyadan 2 mlrd. soʻmlik depozit va 500 mln. soʻmlik omonat sertifikatlar joylashtirilib, 2010-yil 1-yanvar holatiga koʻra depozit hamda omonat sertifikatlar boʻyicha jalb qilingan mablagʻlar 5,1 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Bank biznesi koʻlamining kengayishi oʻz navbatida kapitallashuv darajasini oshirishni taqozo etadi. Hisobot yili boshiga nisbatan bank kapitali 41 mlrd. soʻm yoki 32 foizga oʻsib, yil yakuniga kelib 173 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Bank kapitalining tarkibida ustav kapitali 46 foizni, qoʻshimcha kapital 1 foizni, zaxira kapitali 42 foizni va taqsimlanmagan foyda 11 foizni tashkil etdi. Hisobot davrida Markaziy bank tomonidan kapitalning yetarliligi boʻyicha oʻrnatilgan barcha me’yorlar toʻliq bajarildi. Xususan, kapitalning yetarlilik koeffitsiyenti 14 foizni, 1darajali kapitalning yetarlilik koeffitsiyenti esa 14 foizni va leveraj 11 foizni tashkil etdi.
Bank resurslarini shakllantirish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklarning passiv va aktiv – passiv hisobidagi pul mablagʻlarining salmogʻi oshib boradi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta mavqega ega. Tijorat banklarining passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur boʻlgan kredit resurslarini tashkil qilinadi.
Tijorat banklari passiv operatsiyalarining, asosan, toʻrtta shakli mavjud:
Tijorat banklari qimmatbaho qogʻozlarini muomalaga chiqarish yoʻli bilan resurslar yigʻish.
Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish.
Boshqa kreditorlarning mablagʻlarini jalb qilish.
Depozit operatsiyalarni amalga oshirish.
Tijorat banklarining resurslari bankning oʻz mablagʻlari. jalb qilingan va emitentlashgan mablagʻlar hisobidan shakllanadi.
Yuqorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va ikkinchi shakllarida banklarning oʻz mablagʻlari yuzaga keladi va kolgan oxirgi ikki shaklida kredit resurslarning ikkinchi qismi jalb qilingan resurslar yuzaga keladi.
Banklarning oʻz mablagʻlariga bankning ustav kapitali, rezerv kapitali, maxsus fondlar, moddiy ragʻbatlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fondlar va taqsimlanmagan foydasi kiradi.
Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar joriy harajatlarni kamaytirishga imkon beradi.
Harajat - bu pul vositasini ishlab chiqarish (bank) va noishlab chikarish (nobank) faoliyatlariga ishlatish (harajat qilish) tushuniladi. Odatda, tijorat banklari harajatlarini quyidagicha tasniflanadi:
Operatsion harajatlar:
foizli harajatlar
komission harajatlar
moliya bozoridagi operatsiyalar boʻyicha harajatlar
boshqa operatsion harajatlar.
Bank faoliyatini funksionallashtirishni taʼminlashi boʻyicha harajatlar.
Boshqa harajatlar
Bank operatsiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar operatsion harajatlar deyiladi. Ularni toʻgʻri yoki oʻzgaruvchap harajatlar deyish mumkin. Chunki, harajatning kattaligi bank amalga oshirgan operatsiya hajmiga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq boʻladi.
Bank faoliyatini taʼminlash boʻyicha xarajatlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. personalga xarajatlar (ish haqi, premiya, moddiy yordam, xodimlarga har xil imtiyozlar berish, komandirovka xarajatlar!I, personalii izlash va oʻqitish boʻyicha xarajatlar, ishni qoʻriqlashga xarajatlar va boshqalar);
2.bino va inshootlarga xarajatlar (ijara, amortizatsiya, bipolar remonti va ekspluatatsiyasi, kommunal toʻlovlar, yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, binoni qoʻriqlashga xarajatlar va boshqalar)
3. ish joyini asbob-anjomlar bilan taʼminlashga xarajatlar (sotib olish, remont, bank uskunalarini xizmati va asranganligi: kompyuter, mebel, quriq signalizatsiya, seyf, hisob mashinalari, valyuta detektor lari va boshqalar);
4.reklamaga xarajatlar;
bank faoliyatini informatsion taʼminlashga xarajatlar (vaqtivaqti bilan boʻlib turadigan nashrlar, maxsus adabiyotlarni sotib olish va yozilish, informatsion mahsulotlar va tashqi agentlar xizmatiga toʻlovlar, marketing izlanishlariga xarajatlar);
aloqa vatelekommunikatsiyaga xarajatlar (aloqa kanallarini oʻtkazish va ijarasi, telefon va Internet xizmatiga toʻlovlar va boshqalar);
transport xarajatlari;
bank faoliyatini taʼminlash boʻyicha boshqa xarajatlar (auditorlik tekshiruvlariga xarajatlar, aksionerlar yigʻilishini tashkil etishga, notarial va yuridik xizmatlarga toʻlovlar).
Bank faoliyatini taʼminlash boʻyicha xarajatlarni har xil mezonlar boʻyicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
joriy xarajatlar va kapital xarakterdagi xarajatlar (asosiy vositalarni sotib olish);
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlar;
chiqimlarga tegishli xarajatlar va sof foydadan amalga oshirilgan xarajatlar;
me’yoriy va nome’yoriy xarajatlar.
Tijorat banklari faoliyatining asosiy maqsadi - bozordagi mustahkam mavqe va barqaror uzoq funksionallashtirishni taʼminlagan holda maksimal foyda olishdir. Hamma aktiv va passiv operatsiyalar natijasida bankning olgan foydasi yoki zararining miqdori yigʻilgan holda aks etadi. Shu sababdan ham, passiv boʻyicha majburiyatlar va aktiv boʻyicha talablarni boshqarish masalasi bankning muhim vazifasi boʻlib hisoblanadi.
Passivlarni boshqarishning asosiy vazifalariga:
bank ishonchligini taʼminlash hamda uning aktiv operatsiyalari hajmini kengaytirish (foydalilik maqsadiga erishish) uchun zarur va yetarli miqdorda oʻz kapitali hajmini aniqlash (likvidlilik maqsadiga erishish). Kapital hajmiga banklarning oʻzi va har bir mamlakatning muvofiqlashtiruvchi organlari hamda xalqaro tashkilotlarning oʻsib borayotgan talablari nafaqat barqarorlik va ishonchlilik nuqtayi nazaridan, balki moliya bozoridash ishtirokining kengayishi, boshqa hamkorlar biznesi bilayi birlashish yoki qoʻshilib ketish bilan ham asoslangandir;
banklarga mijozlar oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarish (likvidlik maqsadiga erishish) va aktiv operatsiyalar rivoji (foydalilik maqsadiga erigashish ) uchun zarur boʻlgan resurslarni qidirib topish,
bank likvidligini taʼminlash hamda «arzon» resurslardan foydalanish hisobiga foyda olish maqsadida muddatli omonatlar va talab qilib olinguncha depozitga pul mablagʻlarini jalb etish kiradi.
Agrobank passiv operatsiyalarida harajatlarni kamaytirish bugungi kunda bankning eng dolzarb masalalaridan biri boʻlib turibdi va buning ijobiy hal etilishi bankka ijobiy samara olib kelish bilan birga resurslar samaradorligi oshishini ham taʼminlaydi.