E’tirof qaysi hukmdor haqida?
A) Doniyolbiy otaliq B) Muhammad Rahimbiy
C) Muhammad Hakimbiy D) Amir Shohmurod
13. Manbalarda bunday deb yozilgan: „Samarqandning hozirgi obodonchiligi … yil, ya ’ni Shohmurod davridan boshlangan bo‘lib, … yillarda bir shahar yo‘siniga kirgizildi". Nuqtalar o’rniga mos yillarni qo’ying.
A) 1785-yil, 1809-yillar B) 1780-yil, 1810-yillar
C) 1780-yil, 1809-yillar D) 1785-yil, 1809-yillar
14. Qachon Samarqand shahri baland devor bilan o‘raldi?
A) XIX asr boshlarida B) XIX asr o’rtalarida
C) XIX asr oxirida D) XX asr boshlarida
15. Samarqand shahriga nechta darvozadan kirilardi?
A) 4 ta B) 6 ta C) 10 ta D) 12 ta
16. Amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari tufayli tez orada Samarqand shahri aholisi soni qancha kishiga yetgan?
A) 15-20 ming B) 20-25 ming
C) 25-30 ming D) 20-30 ming
17. Hunarmandchilik sohasida Buxoro o`zining nimasi bilan mashur edi?
A) olachasi, bo`zi va to`q qizil rangli baxmali bilan
B) olachasi, bo`zi, bo`zga gul bosish yo`li bilan tayyorlanadigan chiti, shoyisi bilan
C) to`q qizil rangli baxmali bilan
D) ro`mol, choyshab, olachasi bilan
18. Hunarmandchilik sohasida Samarqand o`zining nimasi bilan mashur edi?
A) olachasi, bo`zi va to`q qizil rangli baxmali bilan
B) olachasi, bo`zi, bo`zga gul bosish yo`li bilan tayyorlanadigan chiti, shoyisi bilan
C) to`q qizil rangli baxmali bilan
D) ro`mol, choyshab, olachasi bilan
19. Buyuk ipak yo‘li o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa-da, amirlikning tashqi savdo aloqalari to’xtab
qolgani yo‘q. Buxoro qaysi davlatlar bilan savdo
aloqalari olib bordi?
1. Hindiston 2. Afg‘oniston
3. Eron 4. Xitoy
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2,3,4
20. Amirlikda asosiy savdo transporti nima edi?
A) Ot B) Tuya
C) Kema D) Temiryo’l
21. Buxoro amirligining qaysi shaharida hind savdogarlari va sudxo`rlari yashaydigan alohida mahallalar mavjud edi?
A) Toshkent B) Samarqand
C) Buxoro D) Andijon
Dostları ilə paylaş: |