36. Qachon Qo`qon xoni Madalixon o`z ukasi Sulton Maxmudxon foydasiga taxtdan voz kechadi? A) 1840-yil B) 1841-yil
C) 1842-yil D) 1843-yil
37. Qo`qon xoni Madalixondan norozi bo’lgan kuchlar kimdan yordam so’raydilar? A) Buxoro amiri Amir Nasrullo
B) Xiva xoni Olloqulixon
C) Afg`oniston amiri Ahmadshoh
D) Eron shohi Nodirshoh
38. Buxoro Amiri Nasrullo qachon o`z qo`shinlarini Qo`qonga qarshi safarbar etdi va Qo`qon xonligini bosib oldi? A) 1840-yil B) 1841-yil
C) 1842-yil D) 1843-yil
39. Buxoro amiri Amir Nasrullo buyrug’i bilan qatl qilingan shaxslar xato berilgan javobni toping A) Madalixon B) Sulton Mahmudxon
C) Nodirabegim D) Murodxon
40. Amir Nasrullo Qo`qonni bosib olganidan kеyin u yerga kimni noib qilib qoldirgan edi? A) Ibrohim dodxohni
B) Avazbek dodxohni
C) Muhammad Amin dodxohni
D) Qoracha dodxohni
41. Qo`qon xonligida Amir Nasrullo zulmiga qarshi qachon qo`zg`olon ko`tarildi? A) 1840-yil B) 1841-yil
C) 1842-yil D) 1843-yil
42. Qo`qon xonligida Amir Nasrulloga qarshi nima uchun qo`zg`olon ko`tariladi? A) Chunki, amirning Qo`qondagi noibi Qo`qon xonligi aholisini avval undirib kelinga soliqqa qo`shimcha ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlarni ham to`lashga majbur qilgan
B) Chunki, amirning Qo`qondagi noibi Qo`qon xonligi aholisini Buxoro amirligi qo`shinlariga majburiy jalb qilgan
C) Chunki amirning Qo`qondagi noibi Qo`qon xonligi aholisini majburiy hasharlarga jalb qilgan
D) A va C
43. Buxoro amiri hukmronligiga qarshi qo‘zg‘olonni tashkil etgan mahalliy kuchlar kimlarning madadiga tayangan edilar? A) Qozoqlar B) Qipchoqlar
C) Qirg’izlar D) Qalmoqlar
44. Qo`qon xonligida Amir Nasrulloning hukmronligi tugatilganidan kеyin taxtga kim o`tqazildi? A) Hojibеkning o`g`li Sherali
B) Norbo`tabiyning ukasi Sherali
C) Hojibеkning o`g`li Murodbеk
D) Olimxoning o`g`li Murodbek