18-modda. Litsenziyalashdan oldin boshqa organlar bilan maslahatlashish Markaziy bank litsenziyalashdan oldingi tartib-taomillar doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan maslahatlashishga haqlidir.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari Markaziy bank tomonidan so‘ralgan, tegishli qarorni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni taqdim etishi kerak.
Markaziy bank chet davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish to‘g‘risida so‘rovnomalar yuborishga haqli.
19-modda. Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Oldingi tahrirga qarang. ushbu Qonun 16 va 17-moddalarida ko‘rsatilgan taqdim etilgan hujjatlarning banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq emasligi;
(19-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) baholanishi ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq amalga oshirilgan muassislarning, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarning mazkur modda talablariga muvofiq emasligi;
bankning biznes-rejada ko‘rsatilgan maqsadlarga erishishga qodir emasligi;
Oldingi tahrirga qarang. tashkil etiladigan bank bilan yaqin aloqalarga ega bo‘lgan bir yoki bir necha shaxsning faoliyatini tartibga soluvchi boshqa mamlakat qonunlarida yoki normativ hujjatlarida ushbu shaxslarga nisbatan boshqa mamlakat vakolatli organlarining talablari mavjudligi yoxud ular tomonidan qo‘llanilgan, Markaziy bankning nazorat qilish vazifasini amalga oshirishiga to‘sqinlik qiluvchi taqiqlar hamda cheklovlar qo‘llanilganligi yoki O‘zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligiga rioya etish borasida boshqa moneliklarning mavjudligi;