Vazifalar: O‘quvchilarda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish, geografik atlas va xaritalar bilan ishlashga qiziqish o‘yg‘otish.
O‘quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg‘ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi.
Uslub: “Aqliy hujum”,“Guruhlar bilan ishlash”, “B.B.B”
Shakl: Savol-javob, jamoa, juftlik va yakka tartibda ishlash.
Vosita: Tarqatma materiallar, o‘quv filmi, klasterli tarqatmalar, savol va topshiriqlar.
Usul: Tayyor yozma materiallar, mavzuga oid xaritalar va o‘quv atlaslari asosida.
Nazorat:Savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat qilish.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ball tizim asosida baholash.
O‘qituvchi: Mavzu belgilangan vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning darsda faolligi oshadi. Ularda fanga nisbatan qiziqish o‘yg‘onadi. Amaliy mashg‘ulot davomida barcha o‘quvchilar baholanadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga o‘rgatiladi.