2. Qadimgi sharq mamlakatlarda iqtisodiy g‘oyalarning shakllanishi.
Dastlabki quldorlik jamiyati sharqda sinfiy ajralish boshlagan joylarda, Mesopatomiya (Tigr va Yevfrat daryolari oraligida) va Misrda eramizdan avvalgi 1V ming yillikda yuzaga keldi. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob ro‘y berdi. Metall kurollar ishlatila boshlandi, qishloq xo‘jaligida intensif ko‘p xollarda sugorma dexqonchilikka o‘tildi. Shu asosda nisbatan turgun qo‘shimcha maxsulot olish imkoni tugilgan. Oqibatda jamiyatda mexnat taqsimotini rivojlantirishga, ko‘pgina xunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishiga turtki bo‘ldi. Bu davrda qo‘shimcha maxsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dexqonlarni ekspluatatsiya qilish yo‘li bilan renta soliq olish (Osiyo) bo‘lsa, qullarni (Davlat yoki xususiy) beayyov ishlatish bilan (Evropa) katta boylik ortirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasiga qarab, ayrim "Erkin" axolining axvoli qularanikidan deyarli farq qilmagan (umuman sharq mamlakatlarida qulchilik masalasi xali o‘zul-kesil xal etilgan emas). Akademik V.V.Struve uni tan oladi. Lekin ko‘pgina olimlarning fikricha, sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya’ni uy xo‘jaligida ustun bo‘lgan. Sharq, jumladan O‘rta Osiyo mamlakatlaridagi xo‘jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dexqonchilik, qurilish sohasida qullar mexnatidan foydalanilmagan.
Sharq, jumladan O‘rta Osiyo mamlakatlaridagi xo‘jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dexqonchilik, qurilish sohasida qullar mexnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (G‘arbiy Yevropadagi) ayrim regionallarda xalqaro savdoni olib borish bilan bog‘liq ravishda tovar-pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan, gretsiyaning ayrim 7 shaxarlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O‘z maxsulotini mo‘ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo‘jaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishi talab etilgan. Oqibatda klassik yoki antik qulchilik yuzaga kelgan (Gretsiya va Italiya). Qadimgi Misrdan farqli ravishda mesopatamiyada xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Bu-bobil (Vavilon) da podsholik qilgan hammurapi qonun to‘plamlari (jami 282ta) diqqatga sazovar. Bunda ishlab chiqarishni, birinchi navbatta qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab quvvatlash bo‘lgan, ya’ni mexnatsiz daromat topishga qarshi ko‘rashilgan. Qarzni qarz xisobiga uch yildan ortiq ushlab turish mumkin bo‘lmagan umuman, xususiy mulkchilik shu jumladan yerga ham tan olingan.
Qadimgi xindistonning "Manu qonunlari "da (e.a.1V-111 asrlar) ijtimoiy mexnat taxsimotining xukmronligi va buysunush institutlarining mavjudligi aytiladi. Xindistondagi iqtisodiy g‘oyalarni aks ettiruvchi Qadimgi yodgorlik "Artxashastra"dir (e.a.1V-III asrlar oraligida) unda qulchilikni mustaxkamlash asosiy vazifa qilib kuyilgan. Asarda "Buyumning qiymati" muammosi, qiymat miqdori, davlatning boshqarish bo‘yicha takliflar va bir qancha iqtisodiy g‘oyalar ilgari surilgan. Qadimgi Xindistonda yaratilgan "Veda"larda bir qancha muxim iqtisodiy g‘oyalar keltirilgan. Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g‘oyalari Konfutsiy yoki Kun-Szi (e.a. 551- 478 y y.) va boshqa iqtisodchilarning asarlarida jamlangan bo‘lib, tabiiy xuquq nazariyasi ilgari suriladi. Ularda mexnat taxsimoti, davlatning roli, xalq boyligi va xunarmandlar mulki o‘rtasidagi boglanish, iqtisod va qonun masalalariga bagishlanadi. Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra, zardushtiylik (Zaroastrizm) dinning (islomgacha) mukaddas kitobi bo‘lgan "Avesto" (asli "Ovesta")da ham muxim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan. Jumladan, sun’iy sugorish asosida dexqonlik yuritish, ona tabiatni ezozlash, xayvonlarni asrash, noo‘rin suymaslik, unga zulm qilmaslik, tuprok sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan avvalgi 11 ming yillik oxiri - 1 ming yillik boshlaridagi vokealarni aks ettiradi va juda qadimiy yodgorlikdir. Bu dinning ta’sir doirasi juda keng bo‘lib, xozirgi Eron, markaziy Osiyo Kavkaz orti yurtlari (ayniqsa Ozarboyjon) va boshqa joylarda tarqalgan.
|