Iqtisodiyotga oid bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi.
1. "Iqtisodiy bilimlar tarixi" ning predmeti, uslubi (metodi) va ilmiy davrlash. 2. Qadimiy sharq mamlakatlarida iqtisodiy g‘oyalarning shakllanishi. 3. Antik dunyo davlatlaridagi dastlabki iqtisodiy qarashlar. 4. Arab va g‘arbiy yevropa davlatlarida feodalizm davridagi iqtisodiy g‘oyalar. 5. IX-XV asrlarda o‘rta osiyodagi iqtisodiy fikrlar.
"Iqtisodiy bilimlar tarixi" ning predmeti, uslubi (metodi) va ilmiy davrlash.
"Iqtisodiy bilimlar tarixi" fanning predmeti bo‘lib, ma’lum davrlardagi u yoki bu sinflar ijtimoy qatlamlar insonlar manfaatlarini ifoda etuvchi iqtisodiy g‘oyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashuvining tarixiy jarayoni xisoblanadi. "Iqtisodiy bilimlar tarixi" mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab, to xozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g‘oya, qarash nazariya va bilimlarni o‘z ichiga oladi. Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa iqtisodiy nazariyasi fani bilan bevosita bog‘liq. Iqtisodiy tarix ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil xarakterga ega. Bu fanni o‘rganish orqali ekonomiks, xalq xo‘jaligi tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalari hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o‘zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‘zgarishlarni shart-sharoitlari va oqibatlarini taxlil etishga katta ko‘mak beradi.
Bizga bugun yangidek tuyilgan bozor iqtisodiyoti to‘g‘risidagi fikrlar adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan "Xalqlar boyligi" asarida asosan to‘la taxlil etib berilgan. Ba’zi iqtisodiy g‘oyalar esa qadimdan ma’lum, ularni o‘rganishda eng muximi xayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi, ko‘p xollarda Amerikani yangidan kashf etishga xojat q‘olmaydi. 6 Bu fanni o‘rganish metodologiyasi asosida tarixiylik, ob’ektivlik va dialektik usuli yotadi. "Iqtisodiy bilimlar tarixi" ni o‘rganishda ma’lum davrlash tizimidan foydalaniladi. Xozircha eng makbo‘l usul ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalarning o‘zgarishiga qarab ish yuritishdir