Mavzusida tayyorlagan mustaqil ish


Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi



Yüklə 74,69 Kb.
səhifə5/7
tarix05.12.2023
ölçüsü74,69 Kb.
#173223
1   2   3   4   5   6   7
PROFESSIOGRAMMA

Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi

Kasbiy ta’limning muhim vazifalaridan biri kasbiy tayyorgarlik boʻlib, bunda tayyorgarlik ikki xil koʻrinishda amalga oshiriladi:


Mustaqil oʻrganish (qoʻshimcha ta’lim yoki mustaqil ta’lim)
Maxsus kasbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olish orqali. Kasbiy ta’limning muvaffaqiyatini belgilaydigan muhim psixologik jarayon ―ma’lum bir kasbga tayyorgarlik holati hisoblanadi. Bu holat emotsional va motivatsion tayyorgarlikni ham nazarda tutadi. Kasb tanlash inson hayotidagi muhim bir bosqich hisoblanib, bunda inson hayoti uchun muhim qaror qabul qiladi va u jamiyatda oʻz imkoniyatlarini roʻyobga chiqaradi. Bu jarayon inson tomonidan oʻz ichki imkoniyatlari tahlil qilish natijasida ma’lum kasbning talablariga uning imkoniyatlarining mos kelishiga qarab sodir boʻladi. Kasb tanlash ma’lum bir kasbni tanlayotgan inson (tanlov sub’yekti) bilan tanlanayotgan kasb (tanlov ob’yekti) munosabatlarini oʻzida aks ettiruvchi faoliyat hisoblanadi.
Tanlov sub’yekti va tanlov ob’yekti oʻrtasidagi munosabatlar xarakteristikasini oʻrganish davrimizning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ongli ravishda kasb tanlash insonning ijtimoiy mavqei bilan bogʻliq ravishda amalga oshadi. Agar inson uchun asosiysi ijtimoiy nufuz hisoblansa, unda kasb hozirda mavjud boʻlgan qoidalar, shuningdek, jamiyatdagi nufuzli kasblardan kelib chiqib tanlanadi. Koʻpchilik kasb tanlayotganda bu kasb ularga qanchalik moddiy ragʻbat keltirishiga tayanadi. Insonlar orasida qiziqishlari tufayli kasb tanlovchilar ham boʻladi va bu qiziqish kamdan-kam hollarda romantik xarakter kasb etadi. Kasb mansabga intilish asosida, haqiqiy tashqi taassurotlar zamirida, ota-ona, doʻstlarining maslahatlari orqali yoki omadga bogʻliq holda tanlashi mumkin. Lekin kasbdagi romantika odatda tezda yoʻqoladi va uning oʻrnida inson hali na hissiy, na jismoniy va na psixik jihatdan tayyor boʻlmagan ―ogʻir ish kunlari qoladi. Tanlagan kasbi oʻzi uchun qiyin boʻlib, koʻp hollarda turli toʻsiqlarni yuzaga keltiradi va ayrim hollarda oʻz kasbini oʻzgartirishiga toʻgʻri keladi. Bunday hollarda kasb tanlash koʻpgina sharoitlarga bogʻliq boʻlib qoladi. Lekin hammasidan oldin kasb tanlashga e’tiborni tortish kerak. Koʻpgina, tanlangan faoliyatlar insonning qobiliyat va moyiligiga muvofiq boʻladi. A.K.Baymetov pedagogik faoliyat motivlarini oʻrganib, ulardan 3 ta asosiylarini birlashtiradi:
a) muqarrarlik motivi (burchli);
b) oʻqitilayotgan predmetlarning qiziqarliligi va e’tiborni tortish;
v) bolalar bilan muloqatga kirishish.
Bu motivlarning ustunlik qilish xarakteriga koʻra mualliflar 4 guruhga mansub oʻqituvchilarni ajratadilar: Burch hissining ustunligi bilan (43 %); oʻqitilayotgan fanlarga qiziqishning ustunligi (39 %); bolalar bilan muloqotga kirishish ehtiyojining ustunligi (11 %); oʻzi hohishlarini ruyobga chiqarish motivi. Oʻrganilgan manbalarga koʻra motivasiya tiplari oʻqituvchilarning oʻquvchilarga boʻlgan pedagogik talablarining yoʻnalishi va xarakteriga ta’sir koʻrsatadi. Oʻqituvchining turli tomonli motivasiyasi oʻquvchilarning axloqiga va ularning oʻquv materialini oʻzlashtirishga talabning uygʻunligi bilan tavsiflanadi. Oʻqituvchilardagi majburiyat motivlarining ustunligi oʻquvchilarga faqatgina katta talablar qoʻyib qolmasdan, balki, qat’iy intizomni ham talab qiladi. Oʻquv faniga boʻlgan qiziqish motivlari ustun turuvchi oʻqituvchilarda oʻquv materialini oʻzlashtirishga boʻlgan talab koʻzga tashlanadi, chunki bunda eng koʻp talab oʻquvchi shaxsiga qaratilgan boʻladi.
A.K.Baymetov ta’kidlab oʻtganidek, avtoritarlikka moyillik motivining ustunligi avtoritar oʻqituvchilarda muloqat motivining ustunligi liberal oʻqituvchilar u yoki bu motivlardan hech birining ustun boʻlmasligi demokratik uslubli xos oʻqituvchilarga xos jihat hisoblanadi. Pedagog kasbini oʻzlashtirishda kasbiy bilimlarga boʻlgan ehtiyoj oshadi. V.N.Nikitenko va B.Fidlerlarning ma’lumotiga koʻra 25-30 yoshli oʻqituvchilarda oliy oʻquv yurtida oʻqiyotgan chogʻida unchalik ahamiyat bermagan pedagogik va psixologik bilimlarni egallashga boʻlgan extiyoj uygʻonar ekan N.V.Jurinim oʻqituvchilarning pedagogik faoliyatidagi turli xil omillarga munosabatini oʻrgangan.
Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, oʻqituvchilarning oʻz kasbi va ish joyidan qoniqishi ba’zilarda birinchi navbatda maktabning moddiy bazasiga bogʻliq boʻladi, boshqalarida esa pedagogik faoliyatda yaxshi natijalarga erishishga, uchinchi xilida ma’muriyat bilan oʻzaro aloqa oʻrnatishga, toʻrtinchi kishida oylik olish bilan bogʻliq boʻladi. Oʻquv faoliyati motivasiyasining xususiyatlarini oʻrganishda 2 jihatni farqlab olish lozim:
Birinchi jihat - oʻquv faoliyatini tanlash motivasiyasi.
Ikkinchisi nima uchun olim aynan shu mavzuni oʻrganib chiqishga qoʻl urgani sababini aniqlash.
Fan bilan shugʻullanish bir necha sabablarga bogʻliqligi bilan belgilanadi. Ularga yangilikka intilish va ularni yaratish, aniq fanlarga qiziqish va qandaydir aniq masalalarga qiziqish,oʻz kashfiyotlari bilan insoniyatga foyda keltirish, istagan yoki qandaydir xalq xoʻjaligiga doir masalalarni hal etish yoki shunchaki oʻz ishi bilan oʻzidan tarixda nom-nishon qoldirish; aniq bir ijtimoiy statusga intilish (ilmiy darajalariga ega boʻlish) mashhurlikka intilish kabilar bilan belgilanadi. Pedagogik faoliyatning muhim qismlari boʻlib, uning motivatsiyasida koʻrinadi. Pedagogik faoliyat oʻquv faoliyatidagi kabi motivasion orientasiyalarga ajratiladi. Ular tashqi motivlar boʻlib, bunga oʻz faoliyati natijasi va jarayonini orientasiya qilishni misol qilish mumkin. Aniq ta’lim muassasasidagi ish nufuzining tashqi motivlari, mehnatga xaq toʻlashdagi adekvatlik motivlari, koʻpincha kasbiy va shaxsning oʻsish motivlari bilan mos oʻzaro bogʻliq.
G.A.Myurrey hokimiyatga intilishning asosiy motivlarini ularning faoliyati bilan bogʻlagan holda ajratadi. Ehtiyojning belgi yoki samaralari quyidagi istaklarda namoyon boʻladi; 1. Oʻz ijtimoiy olamini boshqarish; 2. Boshqalar xulqiga ta’sir oʻtkazish va oʻz maslaqatlari bilan yoʻlga solish, buyurish, oʻz soʻziga ishontirish; 3. Oʻz e’tiqodiga yoʻnaltirish.
Motivatsiyaning barcha omillarini moddiy va nomoddiy stimullarga ajratish mumkin ―hayot faqat yeb ichishdan iborat emas. Boshqa soʻz bilan aytganda pul bilan xodimlarni jalb etishning oʻzi yetarli emas. Korxonada moddiy ragʻbatlantirishdan tashqari xodimlar jalb qilinadiganlar motivasiyasining qoʻshimcha, nomoddiy tizimi ishlab chiqilgan boʻlishi mumkin. Bu ularni psixologik tashqi iqtisodiy jihatlardan muhim ehtiyojlarni qondirishga moʻljallangan boʻlishi kerak. Tamoyilni amalga oshishi, yuqori natijalarga erishgan ishchilarning ragʻbatlantirilishiga qaratilgan ijobiy motivasiyalarning ishlab chiqilishi bilan belgilanadi. Motivlarning qaysi biri ustunlik qilishi ijobiymi yoki salbiymiq degan savolga javobni aniq bir korxonada ishlash va xodimlar bilan munosabatga kirishish jarayoniga bogʻliq holda hal qilish mumkin. Shunday ekan, motivasiya adekvat boʻlishi, korxona xodimining ish natijalariga mos boʻlishi kerak.. Agar rahbarning bahosi, rahbarlarning oʻz natijalarini baholashni shakllantirsa, bu yaxshi koʻrsatkich hisoblanadi. Bunda rahbarning tashqaridan beradigan bahosi va xodimlarning oʻz-oʻziga beradigan bahosi muvofiq keladi.
V.A.Krutetskiy oʻspirinlarda uchrash mumkin boʻlgan motivlardan quyidagilarni alohida ta’kidlab oʻtadi: - biror oʻquv faniga nisbatan oʻspirinning qiziqishi; - Vatanga foyda keltirish istagi; - shaxsiy qobiliyatini roʻkach qilib koʻrsatish; - oilaviy an’analariga rioya qilishi; - doʻstlari va oʻrtoqlaridan oʻrnak olganligi; - ish joyining va oʻquv yurtining uyga yaqinligi; - moddiy ta’minlanganlik; - oʻquv yurti koʻrinishining chiroyliligi yoki unga joylashishining osonligi singari motivlardir. Yuqoridagi fikrlardan koʻrinadiki, ilk oʻspirinlik davrida kasbiy motivlarning shakllanishi bir qator tashqi va ichki omillarga bogʻliq. Shuningdek, kasb tanlashga boʻlgan intilish ishtiyoqlar negizida kasbiy motiv va motivasiya shakllanadi. Aynan xorij psixologlari kasbiy motivlar tarkibini ishlab chiqishda kasb tanlashgacha boʻlgan va kasb tanlab boʻlgandan keyingi jihatlarini koʻrsatib oʻtadilar.

Yüklə 74,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin