Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat Muxandis xodimlarining kasbiy qobiliyati va mahoratini takomillashtirishning
yetakchi omillaridan biri xodimlarni psixologik jihatdan tayyorlashdir.
Kasbiy faoliyat - bu ijtimoiy muhim faoliyat bo’lib, uni bajarish maxsus bilimlar,
ko’nikma va malakalar, shuningdek, shaxsning kasbiy shartlangan sifatlarini talab
etadi. Kasbiy faoliyat - bu mehnat faoliyati (E. F. Zeer).
Muxandis xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini oshirishda
shaxsiy xislatlariga alohida talablar qo’yiladi. Ushbu faoliyat xodimlarda hissiy-
irodaviy barqarorlikni rivojlantirish, zo’riqishni vujudga keltiruvchi omillar ta’siriga
qarshi psixologik tayyorgarlikni shakllantirishni talab etadi.
5. Xodimlarning psixologik tayyorgarligi ularning faoliyat tizimi va kasb mahoratining
kompleks tarkibiy qismidir. U xodimning shakllangan va rivojlangan psixologik
xususiyatlari majmui bo’lib, tergov, operativ xizmat va profilaktik faoliyatning o’ziga
xos muhim psixologik xususiyatlariga javob beradi, ularni amalga oshirishning zarur
shart-sharoitlari hisoblanadi.
xodimning psixologik jihatdan kasbiy faoliyatga yo’naltirilganligi va his- tuyg’ulari (o’zi ishlayotgan vaziyatlarni psixologik jihatlarini va kishilarni tushunishga intilishi,
qiziqishlari va ularni tushuna olishi);
— xodimning kasbiy mahorat va taktik faoliyat samara- dorligini oshirishga oidpsixologik tayyorgarligi. Ushbu tayyorgarlik kasbiy mahorat samaradorligini
oshirishda, kasbiy faoliyat tizimida psixologik sharoitlarni tushunish va ularni yarata
olishda, kasbiy (nutqli va nutqsiz) harakatlarni amalga oshirishning psixologik
vositalaridan mahorat bilan foydalanish, operativ xizmat vazifalarining samarali hal
etilishini ta’minlovchi psixologik usullarning butun kompleksini mohirlik bilan qo’llay
olishda namoyon bo’ladi;
xodimning rivojlangan kasbiy kuzatuvchanligi va xotirasi (kasbiy kuzatish
samaradorligini oshirish uchun psixologik asoslangan usul va qoidalarni qo’llash
mahoratini o’z ichiga oladi) rivojlangan kasbiy diqqatlilik, sezgi va tasavvur
organlarining mashq orqali rivojlanganligi, hal etilishi kerak bo’lgan vazifalar uchun
muhim bo’lgan ma’lumotlarni tez, to’liq va aniq esda olib
qolish, xotirada yaxshi saqlash va to’g’ri bayon etish bo’yicha mashq qilganlik;
psixologik barqarorlik (xodimning tergov, operativ xizmat faoliyatining psixologik
jihatdan murakkab, hissiy jihatdan tarang, xavfli va mas’uliyatli vaziyatlarda xotirjam
va ishonch bilan harakat qilish qobiliyatida namoyon bo’ladi).
Xodimning kasb mahoratini oshirishda uning psixologik bilimlarga egaligi muhim
ahamiyatga ega. Ilmiy dalillar va mavjud ijobiy tajriba professional ta’lim tizimiga
psixologik tayyorgarlikni maqsadga yo’nalgan tarzda oshirib borishning maxsus
vazifalari, shakl va usullarini kiritish zarurligini ko’rsatmoqda. Bugungi kunda kasbiy
mahorat - ichki ishlar organlarining faoliyat samaradorligini oshiruvchi muhim
omillardan biridir.
Shu ma’noda muxandis xodimlarining kasbiy mahorati, xodimlarda operativ xizmat
vazifalarini muvaffaqiyatli va samarali bajarish uchun zarur bo’lgan xislatlarni
shakllantirish, rivojlantirish va faollashtirish bo’yicha maxsus tashkil etilgan maqsadga
muvofiq ta’sir ko’rsatish jarayonidir.
Xodimlarning kasbiy faoliyati samaradorligini oshirish va kasbiy qobiliyat hamda
mahoratini rivojlantirishda ular ma’lum bir kasbiy yo’nalishga ega bo’lmog’i lozim.
6 Xodimlar kasbiy mahorati mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin:
kasbiy jihatdan muhim bo’lgan bilish xislatlarini shakl- lantirish va rivojlantirish;
hamkasblar bilan psixologik aloqa o’rnatish ko’nikmalarini takomillashtirish va
rivojlantirish;
operativ xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga kirishish ko’nikmalarini
shakllantirish;
fuqarolar bilan muloqotga kirishning murakkab, nizoli vaziyatlarida ta’sir etishning
psixologik usullarini qo’llash mahoratini takomillashtirish;
og’ir vaziyatlarida o’zini tuta bilish, psixologik barqarorlikni shakllantirish;
shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlan- tirish, xodimlarga o’zini tutish va
boshqarish usullarini o’rgatish;
irodaviy faollik va irodaviy harakat ko’nikmalarini shakllantirish;
ishdagi ruhiy zo’riqishlarga tayyor turish.
Kasbiy jihatdan muhim bo’lgan bilish xislatlarini shakl- lantirish va rivojlantirish xodimlar faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi. Ularga kasbiy ziyraklik, idrok,
kuzatuvchanlik, xotira, tafakkur va tasavvur kiradi. Ushbu xislatlarni rivojlantirishga
qaratilgan maxsus mashqlar xodimlarning kasbiy jihatdan muhim ma’lumotlarni esda
olib qolish, esda saqlash va qayta esga tushirish samaradorligini oshiradi, mantiqiy
fikrlash va ijodiy tasavvurlarini rivojlantiradi.