8.6. Davlat sektori tushunchasi. davlat operatsiyalarini o‘lchash. davlat moliyasi statistikasi tizimi Soliq-budjet sohasi va soliq-budjet siyosatidagi o‘zgarishlar xo‘jalik
rivoji va iqtisodiy siyosatida muhim rol o‘ynaydi. Soliq-budjet siyosati
yalpi iqtisodiy resurslardan foydalanish va yalpi taklif darajasiga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Pul-kredit va valuta siyosatlari kabi, u to‘lov balansining
holati, qarzdorlik darajasi, inflatsiya sur’atlari va iqtisodiy o‘sishni
belgilaydi.
Soliq sohasi, davlat xarajatlari va qarz olish siyosati ishlab
chiqaruvchilar va iste’molchilar hulqi, mamlakat daromadlari va
boyliklarini
taqsimlashga
ta’sir
ko‘rsatadi.
Ko‘pincha
makroiqtisodiyotning ichki va tashqi sektorlaridagi jiddiy disbalans, turli
choralarni qo‘llashga qaramasdan, bartaraf qilinmagan budjet kamomadi
sababli kelib chiqadi.
Mamlakatning soliq-budjet sohasidagi umumiy holatiga baho berish,
uni barqarorlashtirish va tizimiy islohotlar bilan birgalikda qarab chiqish
uchun budjet operatsiyalarini hisobga olish va tahlil qilishning asosiy
tamoyillari to‘g‘risida tushuncha bo‘lishi talab qilinadi.
”Davlat moliyasi statistikasi bo‘yicha ko‘rsatmalar” (DMS
ko‘rsatmasi)da davlat boshqaruv idoralarining bir nechta darajalari
aniqlangan: markaziy hukumat, shtat va mintaqa darajasidagi idoralar,
mahalliy idoralar va milliydan yuqori bo‘lgan idoralar.
Davlat sektori – keng ma’noda davlat boshqaruv sektori bo‘lib, unga
davlat boshqaruv sektori va davlat temir va havo yo‘llari yoki davlat
kommunal korxonalari kabi davlat nomoliyaviy korxonalar kiritiladi.
Markaziy hukumatning ba’zi daromad va xarajatlari odatda markaziy
hukumatning mahalliy idoralar va davlat korxonalariga transfertlari va o‘z
navbatida davlat korxonalarining markaziy hukumatga transfertlarini
ifodalaydi.