Savolning ikki xil turi mavjud
(interaktiv o‗qitish nuqtai nazaridan).
•
o„quvchining fikr
doirasini chegaralab, uni bilganlarni oddiy qayta
tiklashga keltirib qo‗yadigan savollar. Bunday savollar fikrlash
jarayonini to‗xtatib turishga xizmat qilib, o‗quvchiga uning fikri hech
kimni qiziqtirmasligi tushunib yetishiga olib keladi;
•
fikr yuritish,
o‗ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil
etishga undovchi savollar. Bunday savollar fikrlash darajasini ko‗tarish
bilan birga, o‗quvchilarda ularning ham fikri qimmatga ega ekanligiga
ishonch uyg‗otadi.
Interfaol usullar bo‗yicha o‗qitish tashkil etilganda e‘tibor berilishi
kerak bo‗lgan yana bir holat, bu vazifaning mazmuni masalasidir.
Vazifaning mazmuni o‗qitishning an‘anviy shakllariga qaraganda
boshqacharoq xarakterga ega bo‗lishi lozim. Masalan, guruhga
darslikdagi ma‘lum bir mavzuni konspektini olish vazifa sifatida berish
maqsadiga muvofiq emas, chunki har bir o‗quvchi bu ishni o‗zi,
mustaqil bajarishi mumkin. Amaliyot shuni ko‗rsatmoqdaki, muammoni
nostandart qo‗yilishigina, o‗quvchilarni bir-biridan yordam olishga,
boshqalarning ham fikrini bilishga, natijada esa, guruhning umumiy
fikrini shakllantirishga undaydi.
O‗quvchilarga o‗quv materialini bildirishning asosiy metodlaridan
biri o‗z ichiga : so‗zlab berish, tushuntirish, ma‘ruzani og‗zaki bayon
etishdir. Bularning xammasida ta‘lim berishning faqat bir vositasidan–
o‗qituvchi so‗zidan foydalaniladi.
So‗zlab berish o‗quv materialini xikoya tarzida bayon etishni ko‗zda
tutadi. Bu metod o‗quv materiali, asosan, tavsifi xarakterda bo‗lib,
mantiqiy izchilligi bilan farq qiladigan xollarda qo‗llaniladi.
Tushuntirish. O‗quv materialini og‗zaki bayon etishning ko‗zda tutadi.
Tushuntirish jarayonida o‘qituvchi solishtirish, taqqoslash, deduksiya,
induksiya, asoslash, qonuniyatlar chiqarish va shu kabilardan
foydalaniladi. Tushuntirish, asosan, xususiy va aniq ma‘lumotlarni
bildirishda qo‗llaniladi.
Ma‘ruza, so‗zlab berish va tushuntirishdan farqli o‘laroq, ancha aniq
tuzilgan bo‘ladi. Ma‘ruzalar, odatda o‗quv dasturining yirikroq,
prinsipial muxit masalalari yuzasidan o‘qiladi. Ma‘ruzada o‗quv
99
materiali yaxlit va izchillik bilan bayon etiladi, o‗zaro bog‗langan
tushunchalar, qonuniyatlar sistemasi ochib beriladi, kursning turli
mavzulari orasida ichki bog‗lanishlar o‘rnatiladi.
Ma‘ruza so‗zlab berishga qaraganda uzoq davom etadi va
o‗quvchilarning yozib borishini ko‗zda tutiladi. Ma‘ruzani eshitish
so‗zlab berishni eshitishga qaraganda qiyinroq, chunki ko‗prok diqqat
e‘tiborni talab etadi. Metodik usul nuqtai nazaridan olganda so‗zlab
berish, tushuntirish xamda ma‘ruza juda ko‗p umumiylikka ega, shu
sababli umuman og‗zaki bayon metodikasini ko‗rib chiqamiz va xar
qaysi metodning o‗ziga xos xususiyatlarini qayd etamiz.
Og‗zaki bayon etishga tayyorgarlik ko‘rishda shuni nazarda tutish
zarurki, o‗quvchilar yangi materialni, odatda, u tegishli mantiqiy
izchillikda qism – taqsimlab bayon etilgan taqdirdagina ancha samarali
o‗zlashtiradilar. O‗quv materialining xar bir qismi nisbatan tugal
mazmunga ega bo‘lishi kerak. Bayonni rejalashtirishda materialni asosiy
masalalar mumkin qadar kam bo‘ladigan tarzda tuzishga xarakat qilish
zarur. Tajribadan ma‘lumki, o‗quvchilar 2-3 ta asosiy fikrni oson, to‘rt
yoki beshta asosiy fikrni qiyinroq idrok etadilar, agar asosiy fikrlar 8-10
ta bo‘lsa o‗quvchilar ancha qiynaladi.
Bayon etishda eng qiyini boshlang‗ich qismdir, shuning uchun
o‘qituvchi uni juda puxta mashq qilishi zarur. Xamma vaqt ma‘lum va
aniqroq materialdan boshlab, sekin asta yangi materialga o‗tishi lozim.
Deduktiv usulda bayon etishga vaqt ancha kam sarflanadi, ammo bu
usulni qo‗llash uchun o‗quvchilarda dastlabki bilimlar va abstrakt
fikrlash borasida ma‘lum tajriba bo‘lishi zarur.
Bayon etishning induktiv yoki deduktiv usulining qo‗llanilishi
o‘rganiladigan materialning mazmuniga bog‗lik. Xikoya xarakteridagi
materialni induktiv asoslashlar ko‗p bo‗lgan material ko‗pincha deduktiv
usulda bayon etiladi.
Shuni ta‘kidlab o‘tish zarurki, tushuntirishning induktiv va deduktiv
usullari «sof» xolda kam qo‗llaniladi. Odatda, o‘qituvchilar o‗quv
materialini bayon etishda, o‘rganiladigan masalalarning murakkabligi va
muximligiga qarab bu usullardan kompleks tarzda foydalaniladi.
Bayon etishning g‗oyaviy–siyosiy yo‗nalganligi nixoyatda muxim
ahamiyatga ega. Darsda ta‘lim masalalarigina emas, balki tarbiya
masalalar ham xal qilinadi.
|