15
tadqiqot muassasalarida olish mumkin. Oliy oʻquv yurtidan keyingi
taʼlim dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat
attestatsiyasi natijalariga koʻra fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi. Oliy o‗quv
yurtidan keyingi ta‘limni qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirish tadbirlari
quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonunga hamda mamlakatni ijtimoiy va
iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq oliy malakali ilmiy va
ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‗tkazish
tizimini takomillashtirish;
kasb ta‘limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni
hamda ilg‗or pedagogik texnologiyalar sohasida ilmiy kadrlarni
ustuvor ravishda tayyorlash;
rivojlangan mamlakatlarning ilg‗or ta‘lim muassasalari va ilmiy
markazlarida ustuvor yo‗nalishlar bo‗yicha oliy malakali ilmiy va
ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanishi uchun sharoitlar yaratib berish;
Fan, texnologiya va ta‘lim sohasida rivojlangan mamlakatlar
bilan xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish. Kadrlar malakasini oshirish
va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb bilimlari va
ko‗nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Kadrlar
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta‘lim muassasalaridagi
o‗qish natijalariga ko‗ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi
guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi.
Dostları ilə paylaş: